Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
23
rovonga qaytdi va uni kutib turgan kotibga legion sarkardasini, kohorta tribunini, shuningdek
Sinedrionning ikki a’zosini va jome soqchilari sardorini chaqirishni amr etdi. Ular bog‘ning pastki 
peshayvonida, favvorali doira suhbatgohda prokuratorning taklifini kutib o‘tirishardi. Pilat kotibga: 
hozir orqangdan yetib boraman, deb o‘zi qasr ichkarisiga yo‘l oldi. 
Kotib kengash ahlini yig‘ish bilan band bo‘lgan paytda prokurator qora darpardalar bilan oftobdan 
to‘silgan xonada qandaydir bir odam bilan uchrashdi; garchi xonaga quyosh shu’lasi tushmayotgan 
bo‘lsa ham, begona odamning yarim yuzi boshidagi qaytarma qalpoq bilan to‘silgan edi. Bu uchrashuv 
nihoyatda qisqa bo‘ldi. Prokurator bu odamga pichirlab bir-ikki og‘iz so‘z aytdi, shundan keyin u 
xonadan g‘oyib bo‘ldi, Pilat esa ustunlar orasidan o‘tib boqqa chikdi. 
Bu yerda prokurator hamma taklif qilingan odamlar ishtirokida, Ieshua Ha-Notsri ustidan 
chiqarilgan o‘lim hukmini tasdiqlaganini tantanavor ohangda, ammo quruqqina qilib ta’kidladi va 
rasmiyatchilik yuzasidan, jinoyatchilardan qay birini o‘limdan asrab qolishni ma’qul ko‘rasizlar, deb 
savol berdi Sinedrion a’zolariga. «Var-ravvan-ni», degan javobni eshitib: 
— Juda yaxshi, — dedi prokurator va kotibga darhol buni qayd qilib qo‘yishni buyurdi, so‘ng kotib 
yerdan olib bergan ridosining tasmasini g‘ijimlagancha tantanali ohangda dedi: — Vaqt bo‘ldi! 
Shundan keyin, bu yerda hozir bo‘lganlarning hammasi ikki tomoniga odamning hushini olgudek 
o‘tkir hid taratuvchi atirgul butalari zich o‘tqazilgan keng marmar zinadan pastga — qasr darvozasi 
sari tusha boshladilar. Bu darvozadan sahni tep-tekis keng maydonga chiqilardi. Maydonning narigi 
boshidagi Yershalaim janggohiga o‘rnatilgan mahobatli ustunlar va marmar haykallar bu zinadan 
yaqqol ko‘rinib turardi. 
Akobirlar guruhi maydonga chiqib, hammayoqdan ko‘zga birday yaqqol tashlanuvchi sahni keng 
tosh supaga ko‘tarildi. Pilat suzuk ko‘zlari bilan atrofga nazar tashlab chiqib, darhol vaziyatga 
tushundi. U hozirgina bosib o‘tgan masofa, ya’ni qasr darvozasidan to tosh supagacha bo‘lgan oraliq 
bo‘m-bo‘sh edi, lekin supaning old tomonidagi maydon sahni Pilatga ko‘rinmadi — uni olomon bosib 
ketgan edi. Agarda Pilatning chap tomonida Sebastiya askarlari uch qator bo‘lib, o‘ng tomonda 
itureyalik ko‘makchi kohorta navkarlari saf tortib, tosh supa bilan uning ortidagi bo‘sh masofani 
qo‘riqlab turishmaganda, olomon bu joylarni ham qamrab olgan bo‘lardi. 
Shunday qilib, Pilat nokerak to‘qani mushtida siqib, qisiq ko‘zlari bilan atrofga olazarak bo‘lib 
qaragancha supaga ko‘tarildi. Lekin uning ko‘zlari oftob shu’lasidan qisilmagan edi, yo‘q! Prokurator, 
negadir, o‘limga mahkum etilganlarni ko‘rishni xohlamas edi: bilardiki, hozir uning orqasidan o‘sha 
jinoyatchilarni ham supaga chiqara boshlashgan. 
Ulkan toshqoya boshida, odamlar dengizi qirg‘og‘ida to‘q-qizil astarli oq rido paydo bo‘lishi bilan, 
ko‘zi hech narsa ko‘rmayotgan Pilatning qulog‘iga «A-a-a...» degan tovush to‘lqini kelib urildi. 
Hiipodrom yokda dunyoga kelgan bu sado avvaliga bazo‘r eshitildi, so‘ng momaqaldiroq singari bir 
necha soniya guddirab tur-di-da, keyin yana pasaya boshladi. «Meni ko‘rishdi», — deb o‘yladi 
prokurator. Shovqin to‘lqini susayib, tinish darajasiga yetganda to‘satdan yana kuchaya boshla-di va 
bu gal avvalgisidan ham balandroq avjga chiqdiki, xuddi dengiz dolg‘asi sathida ko‘piklar paydo 
bo‘lgani kabi bu suron orasidan hushtak sadosi va gul-diros shovqin orasidan elas-elas quloqqa 
chalinuvchi ayollar fig‘oni eshitildi. «Mahbuslarni supaga olib chiqishdi... — deb ko‘nglidan o‘tkazdi 
Pilat, — olomon men sari talpinganda bir necha ayolni bosib, yanchib yuborgan bo‘lsa kerak, bu — 
o‘shalarning nolasi». 
U sukut saqlab bir oz kutib turdi, zero olomon yuragidagi butun hovurni to‘kib solib, o‘zi 
tinchimaguncha, uni hech qanday kuch tinchita olmasligini Pilat bilardi. 
Nihoyat shunday fursat keddi. Prokurator o‘ng qo‘lini yuqori ko‘targan edi, olomonning oxirgi sasi 
ham o‘chdi. 
Shunda Pilat ko‘kragiga imkoni boricha ko‘proq issiq havo olib shunday chinqirdiki, uning 
xirillagan ovozi ming-minglab odamlarning boshi uzra yangradi: 
— Qaysar imperator nomi bilan! 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin