www.ziyouz.com kutubxonasi
21
— Sinedrion hukmnomani diqqat bilan o‘rganib chiqdi, shunga ko‘ra Var-ravvanni ozod qilishga
ahd qilganini ikkinchi marta xabar qiladi.
— Nahotki? Hatto mening iltimosimdan keyin ham-a? Rim hokimiyati nomidan gapiruvchi
shaxsning iltimosi ham vojib bo‘lmaydimi? Hazrati buzruk, uchinchi marta takrorla javobingni?
— Uchinchi marta ham, Var-ravvanni ozod qilamiz, deb ma’lum qilamiz, — dedi ohista Kaifa.
Masala hal bo‘lgan, gapiriladigan boshqa gap qolmagan edi. Ha-Notsri endi dorilbaqoga ketayotgan
edi, demak, prokuratorning mudhish va alamli bosh og‘rig‘isini endi hech kim davolay olmasdi; bu
dardga o‘limdan boshqa davo yo‘q. Ammo hozir Pilatni hayratga solayotgan narsa bu fikr emas edi.
Boya rovonda sodir bo‘lgan o‘sha mubham diqqinafaslik tuyg‘usi uning butun vujudini hamon
iztirobga solardi. Shu zahotiyoq u o‘zining bu ahvolini izohlashga urinib ko‘rdi, lekin izoh juda alomat
bo‘lib chikdi: prokurator o‘limga mahkum etilgan Ha-Notsri bilan hali nimanidir gaplashib
ulgurmagandek, hattoki uning qaysiyam bir fikrini oxirigacha eshita olmagandek his qildi o‘zini.
Pilat bu fikrni xayolidan faromush qildi, u qanday tez paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday tez g‘oyib
bo‘ldi. Fikrku g‘oyib bo‘ldi, ammo diqqinafaslik hamon mubhamligicha qoldi, zero chaqmoqdek bir
chaqnab shu zumda o‘chgan: «Boqiylik... boqiylik boshlandi...» degan boshqa bir qisqagina fikr ushbu
holni izohlay olmas edi. Kimning boqiyligi boshlandi? Buni prokurator tushunolmadi, ammo mavhum
boqiylik haqidagi mana shu fikr shu jazirama oftob tig‘ida ham uni jun-juktirib yubordi.
— Yaxshi, — dedi Pilat, — shunday bo‘la qolsin.
Endi u atrof-muhitga ko‘z tashlab, yuz bergan o‘zgarishdan taajjubda qoldi. G‘unchalari g‘arq
ochilgan atirgul butasi va yuqori peshayvon atrofida qator tizilib turgan sarv daraxtlari g‘oyib bo‘lgan
edi, anor daraxti ham, yam-yashil maysazordagi oq haykal ham, maysazorning o‘zi ham ko‘zdan
yo‘qolgan edi. Bu manzaralar o‘rnini qandaydir qirmizi quyqa qoplab, bu quyqada suv o‘tlari
mavjlanib, qayoqlargadir siljiy boshlagan, Pilatning o‘zi ham shu o‘tlar bilan birga keta boshlagan edi.
Endi eng mudhish alam — ojizlik alami uni o‘t bo‘lib yondirib, qalbini iskanjaga olib, yeldek uchirib
borardi.
— Siqilib ketyapman, — dedi Pilat, — siqilib ketyapman!
U sovuq va nam qo‘li bilan ridosi yoqasidagi to‘qani yechib yuborgan edi, rido sirg‘alib qumloq
yo‘lkaga tushdi.— Bugun havo dim, qaerdadir momaqaldiroq bo‘lyapti, — dedi Kaifa prokuratorning
qon quyulgan yuzidan ko‘zini uzmay va uning hali yana yuz berajak barcha iztiroblarini ko‘z oldiga
keltirib. «O, bu yil iyun oyi g‘oyat mudhish keldi!»
— Yo‘q, — dedi Pilat, — havoning dimligidan emas, sen bilan, Kaifa, turganimdan siqilib ketdim,
— so‘ng u ko‘zlarini suzib jilmaydida, ilova qildi: — O‘zingni ehtiyot qil, hazrati buzruk.
Kaifaning timqora ko‘zlari chaqnab ketdi, boya prokuratorning chehrasida qanday taajjub alomati
nujudga kelgan bo‘lsa, endi Kaifaning ham yuzida shunday ajablanish paydo bo‘ldi.
— Nimalar deyapsan, prokurator? — mag‘rur va xotirjam ohangda dedi u, — hukm chiqarilgandan
keyin tahdid qilyapsanmi menga? Axir uni o‘zing tasdiqlab berding-ku! Quloqlarimga
ishonmayapman! Biz Rim prokuratorining avval puxta o‘ylab, so‘ng o‘z fikrini bayon qilishiga
ko‘nikib qolganmiz. Ishqilib, suhbatimizni biron kimsa eshitmadimikin, igemon?
Pilat hazrati buzrukka o‘lik ko‘zlarini tikdi, tishining oqini ko‘rsatib, jilva qilganday bo‘ldi.
— Qo‘ysang-chi, hazrati buzruk! Shu topda, bu srda bizni gapimizni kim ham eshitardi? Nahot men
bugun qatl etiladigan anavi sayoq devona yigitga o‘xshasam? Yo go‘dakmidim men, Kaifa? Men
qaerda nima deyishimni bilaman. Bog‘ ihota qilin-gan, butun qasr qo‘riqlanmoqda, demak, hatto
sichqon ham biron kavakdan kirolmaydi buyoqqa! Naiiki sichqon, hatto anavi, oti pima edi... Kiriaf
shahridai chiqqan ham. Aytganday, sen uni taniysanmi, hazrati buzruk? Ha... agar bu yerga o‘shanaqa
odam kirib qolgudek bo‘lsa, kirganiga xam ming pushaymon yegan bo‘lardi, bu gapimga endi
ishonsang kerak albatta? Xullas, hazrati buzruk, qulog‘innga quyib ol, bugundan e’tiboran sen
oromingni yo‘qotasan! Sen ham, qavmlaring ham, — Pilat shunday deb qo‘li bilan o‘ng tomonda,
ancha olisdagi do‘nglikda qad ko‘targan ibodatxonaga ishora qildi. — Buni senga men — pontiylik