Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   244
Usta va Margareta

Uchinchi bob 
 
YeTTINCHI DALIL
— Ha, ertalabki soat o‘nlar edi, muhtaram Ivan Nikolaevich, — dedi professor 
Shoir endigina uyqudan uyg‘ongan odamdek, qo‘li bilan yuzini siladi va shundagina Patriarx ko‘li 
bo‘yida qosh qoraya boshlaganini sezdi. 
Hovuz suvi qoramtir tusga kirgan, uning sathida yengil qayiq suzardi, eshkaklarning suvni 
shapillatgani, qayiqda o‘tirgan ayolning hiringlab kulgani eshitilardi. Xiyobonlardagi skameykalarda 
odamlar paydo bo‘lipti, lekin ular ko‘lning ham-suhbatlarimiz o‘tirgan tomonidagi xiyobonlardagina 
ko‘rinishardi. 
Moskva osmoni xiyla oqargan, samodagi to‘lin oy yaqqol ko‘zga tashlanib turardi, ammo u hali 
zarrin libos kiymagan, ogshoq edi. Nafas olish ancha yengil-lashdi, jo‘ka ostida o‘tirganlarning ovozi 
oqshomona, mayin eshitila boshladi. 
«Butun boshli qissa to‘qib tashlapti-yu, men qanday qilib sezmay qoldim-a?.. — deb o‘yladi 
Bezdomniy hayratlanib. — Ana, kech ham kiripti! Balki qissani u aytmagandir, ehtimol uxlab 
qolgandirmanu tushimga kirgandir?» 
Biroq qissani professor hikoya qildi deb faraz qilishga to‘g‘ri keladi, aks holda, bu qissa 
Berliozning ham tushiga kirgan deb o‘ylash kerak bo‘ladi, negaki u ajnabiy odamning yuziga diqqat 
bilan tikilib turib bunday dedi: 
— Qissangiz nihoyatda maroqli, professor, garchi u «Injil» rivoyatlarining birontasiga ham mutlaqo 
to‘g‘ri kelmasa-da. 
Afv etasiz, — dedi professor ko‘ngilchanlik bilan jilmayib. — Injilda yozilgan hikoyatlarning 
hech biri, hech qachon bo‘lmagan ekanligini boshqalar bilmaganda ham, siz bilishingiz lozim, 
binobarin, agar biz «Injil»ga tarixiy manba sifatida yondashadigan bo‘lsak... — deb u yana jilmaydi, 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
26
shunda Berliozning dami ichiga tushib ketdi, chunki boya Bronnaya ko‘chasi bo‘ylab bu yerga 
kelishayotganda Bezdomniyga o‘zi ham aynan shu ganlarni aytgan edi. 
— Buku to‘g‘ri, — dedi Berlioz, — ammo hozir siz aytib bergan voqeaning ham bo‘lganligini hech 
bir kimsa tasdiqlay olmasa kerak, deb qo‘rqaman. 
— E, yanglishasiz! Buni hamma tasdiqlashi mumkin! — deb professor yana tilni buzib, ammo 
qat’iy ishonch bilan gapira boshladi, so‘ng kutilmaganda, bir sirni oshkor etmoqchi bo‘lganday, ikki 
do‘stni o‘ziga yaqinroq imladi. 
Ular professorning ikki tomonidan unga engashib quloq tutdilar, endi u yana betalaffuz gapira 
boshladiki, uning nega goh betalaffuz, goh talaffuz bilan gapirishini xudoning o‘zi bilardi: 
— Gap shundaki... — professor u yoq-bu yoqqa olazarak bo‘lib qarab qo‘ydi, — men shaxsan 
o‘zim shohid bo‘lganman bu voqealarga. Pontiy Pilatning huzurida rovonda ham, u Kaifa bilan 
gaplashayotganida bog‘da ham, shohsupada ham bo‘lganman, faqat maxfiy tarzda, ya’ni inkognito
5
desayam bo‘ladi, shu bois o‘tinaman sizlardan — bu haqda hech kimga lom-mim demay, sir 
saqlasangiz!.. Tss! 
Jim bo‘lib qolishdi, Berliozning rangi oqarib ketdi. 
— Siz... siz qachon keldingiz Moskvaga? — titroq ovoz bilan so‘radi u. 
— Men Moskvaga hozirgina, shu daqiqada kirib keldim, — esankirabroq javob qildi professor, shu 
gapdan keyingina ikki o‘rtoq uning ko‘zlariga tikilibroq qarashdi va uning chap ko‘zi ko‘k va butkul 
jununvash, o‘ng ko‘zi esa — qora, beziyo, o‘lik ekanligiga shohid bo‘lishdi. 
«Mana, hamma narsa oydinlashdi-qoldi! — deb o‘yladi Berlioz yuragi bejo urib, — jinni nemisni 
yuborishipti yo bo‘lmasa, hozir shu yerda jinni bo‘lib qolgan. Ana xolos!» 
Ha, darhaqiqat, hamma narsa: marhum faylasuf huzuridagi g‘oyat antiqa nonushtayu pista moyi va 
qandaydir Annushka haqidagi tuturiqsiz gaplaru Berliozning boshi uzilishi haqida aytilgan bashoratu 
hokazo va hokazolar sababi oydinlashgan edi — professor telba edi. 
Berlioz nima ish qilishi kerakligini darhol tushundi. U skameykaga suyanib, professorning 
orqasidan Bezdomniyga, o‘chakishma, demoqchi bo‘lganday ko‘z qisdi, ammo dovdirab qolgan shoir 
do‘stining imosiga tushunmadi. 
— Ha, ha, ha, — to‘lqinlanib derdi Berlioz, — lekin bo‘lishi mumkin! Hatto judayam bo‘lishi 
mumkin, Pontiy Pilat ham, rovon ham, qolgan gaplar ham... Siz yolg‘iz keldingizmi yo rafiqangiz 
bilanmi ? 
— Yolg‘iz, yolg‘iz o‘zim, men hamisha yolg‘izman, — hasrat bilan dedi professor. 
— Buyumlaringiz qaerda, professor? — mug‘ambirlik bilan luqma tashladi Berlioz. — 
«Metropol»dami? Qaerga qo‘ndingiz? 
— Menmi? Hech qaerga, — deb javob qildi telba nemis, ko‘k ko‘zini o‘ynatib, Patriarx ko‘liga 
ma’yus va vahshiyona nazar tashlarkan. 
— Ie! Unda... qaerda yashamoqchisiz? 
— Sizning kvartirangizda, — deb surbetlik bilan javob qildi telba va ko‘z qisib qo‘ydi. 
— Ba... bajonu dil... u... — deya g‘o‘ldiradi Berlioz, — lekin menikida turish sizga o‘ng‘aysiz 
bo‘ladi-da... «Metropol»da esa xonalar g‘oyat shinam, u eng yaxshi mehmonxona... 
— Shayton ham yo‘q deng? — dabdurustdan quvnoq ohangda savol berdi telba Ivan 
Nikolaevichga. 
— Shayton ham... 
— Ra’yini qaytarma! — pichirladi Berlioz, professorning orqasidan unga imo-ishora qilarkan. 
— Hech qanaqa shayton yo‘q! — deb tuturiqsiz gaplardan gangib qolgan Ivan Nikolaevich 
chinqirib o‘rinsiz gaplarni aytib yubordi. — Qayoqdan keddi bu dardisar?! Bas qiling jinnilikni... 
Shu payt telba qah-qah urib kulib yuborgan edi, tepalaridagi jo‘ka shoxiga qo‘nib o‘tirgan 
5
Inkognito 
(lot.) 
— sirli, maxfiy ravishda.


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin