www.ziyouz.com kutubxonasi
28
ko‘chasiga burildi. U muyulishda qattiq bir chiyillab, to‘g‘ri yo‘lga chiqib oldi-yu, birdan ichi elektr
shu’lasidan yaraqlab ketib, tezligi oshdi.
Ehtiyotkor Berlioz, garchi bexavotir yerda turgan bo‘lsa ham, qayta turniket g‘altagi orqasiga o‘tib
turmoqchi bo‘ldi va uning bandini ushlab, orqasiga bir qadam qo‘ydi. Xuddi shu payt, qo‘li sirg‘alib,
g‘altak bandini qo‘yib yubordi, oyog‘i tramvay iziga qiyalab tushgan tosh yo‘ldan xuddi yaxmalak
otgandek sirpanib ketdi, ikkinchi oyog‘i yuqoriga ko‘tarilib ketdi-yu, Berlioz tramvay iziga borib
tushdi.
U biron nimani ushlab olishga urinib chalqanchasiga yiqildi, ensasi bilan toshga xiyol zarb bilan
urildi va shu choq balandda (lekin chap tomopdami yo o‘ngdami — fahmiga bora olmadi) zarrin tusga
kirgan oyni ko‘rdi. Shu zahoti u g‘ay-ritabiiy tezlik bilan g‘ujanak bo‘lib yonboshiga o‘girildi,
o‘girildiyu o‘zi tomonga nihoyatda zo‘r shiddat bilan o‘qday uchib kelayotgan tramvay haydovchi
ayolnipg dokadek oqargan yuzini va boshidagi qizil durrasini ko‘rdi. Berlioz chinqirmadi, ammo butun
ko‘cha asllar ovozi bilan jonholatda chinqirib yubordi. Tramvay haydovchi ayol elektr tormozni shaxt
tortdi, vagon tumshug‘i bilan yerga enkaydi, bir zumda silkindi, vagon derazalarinipg oynalari
dahshatli ovoz bilan chil-chil sipdi. Shu chog‘ Berliozning miyasida kimdir jon achchig‘ida
«Nahotki?..» — deb qichqirib yubordi. Uning ko‘zi oldida oy yana bir bor, oxirgi marta lip etib
ko‘rindi, lekin u bo‘lak-bo‘laklarga bo‘lina boshlagan edi, so‘ng hammayoq qop-qorong‘i bo‘ldi.
Tramvay kelib Berliozni bosdi, shunda xiyobon atrofini o‘ragan panjara ostiga, tosh terilgan qiyalik
tomonga dum-dumaloq qora bir narsa dumalab ketdi. U narsa shu qiyalikdan tushib, Bronnaya
ko‘chasiga terilgan toshlar ustidan dumalab ketdi.
Bu Berliozning tramvay uzib yuborgan kallasi edi.
To‘rtinchi bob