www.ziyouz.com kutubxonasi
29
— Annushka... Annushka?.. — g‘o‘ldiradi shoir atrofiga olazarak bo‘lib qararkan. — Ie, shoshma,
shoshma-chi...
«Annushka» so‘ziga «pista yog‘i» degan so‘z kelib ulandi, undan keyin, negadir «Pontiy Pilat»
so‘zlari ham kelib qo‘shildi. Shoir Pilatni xotiradan chiqarib tashlab, so‘zlar zanjirini «Annushka»
so‘zi-dan boshladi. Natijada, bu zanjir juda tez ulanib, bir zumda uni telba professorga ro‘para qildi.
Darvoqe! «Majlis bo‘lmaydi, chunki Annushka yog‘ to‘kib yubordi», deb shu nemis aytgan ediku.
Mana, marhamat, majlis bo‘lmasligi aniq! Bundan tashqari: Berliozning kallasini ayol kishi oladi, deb
u aniq gapirgandi-a?! Ha, ha, ha! Axir tramvay haydovchi ayolmidi? O‘zi nimalar bo‘lyapti, a?
Berliozning mudhish o‘limi tafsilotini maxfiy konsultant oldindan aniq bilganligiga endi zig‘ircha
ham shubha qolmagan edi. Shunda shoirning miyasini ikkita mulohaza band etdi. Birinchi mulohaza:
«Nemis hech ham jinni emas! Hammasi bema’nilik!» Ikkinchi mulohaza: «Bu falokatni uning o‘zi
uyushtir-madimikin ?!»
Lekin, afv etasiz, qanday qilib uyushtirishi mumkin?
— E, yo‘q! Buni biz aniqlaymiz!
Ivan Nikolaevich butun kuchini ishga solib, skameykadan zo‘r-bazo‘r turdi, turdiyu orqaga —
professor bilan suhbatlashgan yeriga otiddi. Xayriyat, u hali ketib qolmagan ekan.
Bronnaya ko‘chasidagi chiroqlar endi yoqilgan, Patriarx ko‘li uzra esa oltinrang oy shu’la sochardi,
ana shu, hamisha ko‘zni chalg‘ituvchi oy nurida professor qo‘ltig‘iga hassa emas, qilich qistirib
turganday tuyuldi Ivan Nikolaevichga.
Iste’fodagi shilqim regent esa hali yaqinginada Ivan Nikolaevich o‘tirgan joyning o‘zginasida
o‘tirardi. Endi regent burniga, behojatligi yaqqol ko‘rinib turgan pensne qo‘ndirgan ediki, uning bir
ko‘zi shishasiz, ikkinchi ko‘zidagi shisha esa darz ketgan edi. Berliozni tramvay izi tomon
yo‘llagandayoq razil ko‘ringan bu katak shimli odam endi — psnsne taqqach — battar razillashgan edi.
Ivan professorning oldiga yuragi taka-puka bo‘lib yaqinlashdi, so‘ng uning chehrasiga tikilib qarab,
hech qanday tslbalik alomati yo‘kliligiga va hech qachon bo‘lmaganligiga iqror bo‘ldi.
— Qapi, rostipi aytipg, kimsiz o‘zi? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Ivan.
Chet ellik shoirni go‘yo birinchi marta ko‘rib turgandek unga o‘shshayib qaradi va sovuqqina javob
qildi:
— Meniki tushunmaydi... ruscha gapirish...
— U tushunmaydi! — deb gapga aralashdi regent o‘tirgan yerida, holbuki, hech kim undan chet
ellikning gapini izohlashni so‘ramagan edi.
— Mug‘ambirlik qilmang! — deb do‘q qildi Ivan va birdan yuragi shuv etib ketganini his qildi. —
Siz hali shu yerda rus tilida juda yaxshi gapirgan edingiz. Siz nemis ham, professor ham emassiz! Siz
— qotil va josussiz! Hujjatlaringizni ko‘rsating! — g‘azab bilan qichqirdi Ivan.
Shubhali professor shundoq ham qiyshiq og‘zini jirkanch bilan burdi, yelkalarini uchirib qo‘ydi.
— Grajdanin! — deb yana oraga suqildi turqi sovuq regent. — Nega siz inturistni bezovta
qilyapsiz? Bu ishingiz uchun qattiq javobgarlikka tortilasiz! — Shubhali professor esa takabburona
chehra bilan orqasiga o‘girildiyu indamay ketaverdi.
Ivan esankiray boshlaganini sezdi. Nafasi og‘ziga tiqilib regentga yuzlandi:
— Xoy grajdanin, jinoyatchini tutishga yordamlashish! Albatta yordam berishingiz kerak.
Regent birdai g‘ayratlanib, sapchib o‘rnidai turdi va baqirdi:
— Kim jinoyatchi? Qani u? Chet ellik — jinoyatchi? — regentning ko‘zlari sho‘x chaqnab ketdi.
— Anavimi? Agar jinoyatchiligi rost bo‘lsa, birinchi navbatda: «Voydod!» — deb baqirish kerak.
Bo‘lmasa, qochib ketadi. Qani, keling, ikkalamiz baravar qichqiramiz! Faqat baravar! — Shunday deb
regent og‘zini ochdi.
Esankirab qolgan Ivan hazilkash regentning gapiga ishonib, «Voydod!» — deb qichqirdi, lekin
regent uni laqillatib «churq» etmadi.
Ivanning hirqiroq ovozi yaxshi samara bermadi. Xiyobondan o‘tib ketayotgan ikki qiz cho‘chib