www.ziyouz.com kutubxonasi
224
bo‘ldi. U chalqancha yiqilarkan, chakkasi bilan yozuv stolining qirrasiga urilib jarohatlandi.
Zaharlanganlar tinchib qolgach, Azazello ishga kirishdi. Birinchi galda, u derazadan uchib chiqib,
bir zumda Margarita Nikolaevna yashagan uyga yetib bordi. Hamisha ishni puxta va ehtiyotkorlik
bilan bajarishga odatlangan Azazello, hamma ish bekamu ko‘st bajarildimikin, deb tekshirib
ko‘rmoqchi edi. Darhaqiqat, hamma narsa ko‘ngildagidek bajarilgan edi. Ana, erining ishdan
qaytishini kutayotgan mahzuna ayol o‘z xobxonasidan chiqdi-yu, birdan rangi bo‘zdek oqarib, yuragini
changallagancha zaifona chinqirdi:
— Natasha! Hoy, kim bor... bu yoqqa!.. — shunday deb u kabinetga yetib borolmay, mehmonxona
o‘rtasida yerga «gurs» yiqildi.
— Hammasi jobajo bo‘ldi, — dedi Azazello. U yana bir lahzadan keyin mahv bo‘lgan oshiq-
ma’shuqlar tepasiga keldi. Margarita gilamchaga muk tushib yotardi. Azazello o‘zining temir qo‘llari
bilan Margaritani, xuddi qo‘g‘irchoqni ag‘dargandek osongina o‘ziga qaratib, uning yuziga qattiq
tikildi. Zaharlangan ayolning chehrasi o‘zgara boshladi. Momaqaldiroq arafasida kun xiyla
qorong‘ilalgan bo‘lishiga qaramay, Margaritaning jodugarona muvaqqat g‘ilayligi ham, chehrasidagi
badqahrlik va avboshlik alomatlari ham g‘oyib bo‘layotgani yaqqol ko‘zga tashlandi. Marhumaning
chehrasi yorishib, nihoyat, mayinlik kasb etdi, uning vahshiyona irjayishi o‘zgarib, oddiy zaifona
dardli irshayishga aylandi. Shunda Azazello uning oppoq tishlari orasini ochib, og‘ziga boyagi zahar
vinodan bir necha tomchi tomizdi. Margarita chuqur bir xo‘rsinib, Azazelloning yordamisiz o‘zi
o‘rnidan turib o‘tirdi va xasta ovoz bilan so‘radi:
— Qay gunohim uchun, Azazello, nechun? Meni nima qilib qo‘ydingiz?
U uzala tushib yotgan ustani ko‘rib, seskanib ketdi va pichirlab dedi:
— Sizdan hech kutmagan edim buni... qotil!
— Yo‘q, unday emas, — dedi Azazello, — u hozir turadi. Axir, muncha tajang bo‘lmasangiz!
Malla iblisning ovozi shu qadar samimiy ediki, Margarita unga darrov ishona qoldi. U tetik va
bardam bo‘lib shaxt o‘rnidan turdi-da, ustaning og‘ziga vino tomizishda ko‘maklashdi. Usta ko‘zini
ochib, atrofga ma’yus boqdi va boyagi oxirgi so‘zini nafrat bilan takrorladi:
— Og‘ukash qattol...
— Evoh! Yaxshilik qilganni hamisha haqorat bilan taqdirlasharkan, — dedi Azazello, — nima,
ko‘rmisiz? Tezroq ochsangizchi ko‘zingizni.
Shunda usta boshini ko‘tarib, jonli va nurli ko‘zlari bilan atrofga bir-bir qarab chikdi va so‘radi:
— Bu yangilikning ma’nisi nima?
— Buning ma’nisi shuki, — deb javob qildi Azazello, — safarga jo‘nash paytingiz keldi. Ana,
eshityapsizmi, momaqaldiroq gumburlamoqda? Qorong‘i tushdi. Otlar betoqat yer teninishmoqda,
kichkina bog‘cha larzaga kelmoqda. Bu makoningiz bilan vidolashing, bo‘ling, tezroq vidolashipg.
— Eha-ha, tushundim, — dedi usta, atrofiga alanglab qarab. — Siz bizni o‘ldirgansiz, bizlar
murdamiz. O, bag‘oyat dono ish bo‘lipti! Ayni payti! Endi men hammasiga tushundim.
— Ie, kechirasiz, — dedi Azazello, — shu gap sizdan chiqyaptimi? Mahbubangiz sizni usta deb
ataydi-yu, siz axir fikr yurityapsiz-ku, qanaqasiga murda bo‘lishingiz mumkin? Nahotki kishi o‘zini
tirik deb hisoblashi uchun, albatta, podvalda va kasalxonaning ichki ko‘ylak-ishtonida o‘tirishi shart
bo‘lsa? Tavba!
— Hamma gaplaringizga tushundim, — deb chinqirib yubordi usta, — bo‘ldi, u yog‘ini gapirmang!
Siz ming karra haqsiz!
— Butok Voland! — dedi Margarita ustaga jo‘r bo‘lib, — buyuk Voland! U mepdan ko‘ra teranroq
fikr yuritipti. Lekin albatta romanni, romaningni, —
deb qichqirardi u ustaga, — qayoqqa parvoz qilsang ham romaningni olvol.
— Keragi yo‘q, — deb javob qildi usta, — men uni boshdan-oyoq yod bilaman.
— Bironta ham... birota ham so‘zni unutmaysanmi? — deb so‘rardi Margarita mahbubining pinjiga
kirib, chakkasining qonini artarkan.