Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
222
bergan sho‘rlik boshing. Qara, ko‘zlaring juda boshqacha-yu! Ko‘zlaripgda faqat bo‘shliq namoyon... 
Yelkalaring, yelkalaring esa xuddi og‘ir yuk ko‘targandek cho‘kkan... Mayib, majruh qilib qo‘yishipti 
seni, — Margaritaning gaplari bir-biriga qovushmas, u yig‘idai entikib-entikib qo‘yardi. 
Shunda usta ko‘zyoshlarini artdi-da, tiz cho‘kkan Margaritani oyoqqa turg‘azdi, o‘zi ham o‘rnidan 
turib, qat’iy ohangda dedi: 
— Bo‘ldi, yetar! Meni yomon izza qildiig. Endi hech qachon irodasiz bo‘lmaymap, bu xmasalaga 
boshqa qaytmayman ham, ko‘ngling to‘q bo‘lsin. Bilaman, ikkovimiz ham o‘z ruhiy kasalligimiz 
qurboni bo‘lganmiz, bu dardni senga men yuqtirdim... Nachora, bu dard azobini birgalikda tortamiz 
endi. 
Margarita og‘zini ustanipg qulog‘iga yaqin olib borib pichirladi: 
— Sening hayoting haqqi, sen kashf etgan o‘sha munajjimzoda haqqi ont ichib aytamanki, 
turmushimiz yaxshi bo‘ladi. 
— Yaxshi bo‘lsa, yanayam yaxshi, — dedi usta va kulib turib ilova qildi: — Albatta-da, agar 
odamlar senu menga o‘xshab butkul toroj etilgan bo‘lsa, turgan gap-ki, ular u dunyo quvvasidan panoh 
izlaydilar. Yaxshi, men ham o‘sha yoqdan panoh qidirishga roziman. 
— Mana, mana, nihoyat avvalgi holingga qaytding, kulyapsan ham, — dedi Margarita, — ammo 
qurib ketsin o‘sha ilmiy so‘zlaring. U dunyomi yo bu dunyomi — bari bir emasmi? Mening qornim 
ochdi. 
Shunday deb u ustaning qo‘lidan yetaklab stol tomon yurdi. 
— Bu taomlar hozir yer qa’riga kirib ketsa yoki deraza orqali uchib chiqib ketsa, hech 
ajablanmasdim, — dedi tamoman xotirjam kayfiyatga o‘tgan usta. 
— Qo‘rqma, uchib ketmaydi! 
Ayni shu payt darcha ortidan bir manqa ovoz eshitildi: 
— Salomlar bo‘lsin. 
Usta bir seskanib tushdi, lekin har xil g‘ayrioddiy voqealarga ko‘nikib qolgan Margarita chinqirib 
yubordi: 
— Voy, Azazello-ku! O, qanday yaxshi bo‘ldi kelgani! — keyin ustaga pchirladi: — Ko‘rdingmi, 
ana, bizni unutishmapti! — shunday deb eshik ochgani yugurdi. 
— Hech bo‘lmasa etagingni berkitsang-chi, — deb qichqirib qoddi usta uning orqasidan. 
— Bo xudo... — deb javob qiddi Margarita dahlizdan. 
— Mana, xonaga kirgan Azazello endi g‘ilay ko‘zini ustaga tikkancha ta’zim bajo qilib u bilan 
salomlashdi, Margarita esa bunday dedi: 
— Voy, boshim osmonga yetdi! Umrimda hech qachon bunchalik xursand bo‘lmagandim! Lekin 
yalang‘ochligim uchun meni afv eting, Azazello! 
— Aslo aziyat chekmang, — dedi Azazello, — kamina umrimda nafaqat yalang‘och ayollarni, 
hattoki boshdan-oyoq terisi shilingan ayollarni ham ko‘rganman, — shunday deb u qora matoga 
o‘ralgan bir tugunchakni pechka yoniga qo‘ydi-da, darrov mezbonlar davrasiga kelib o‘tirdi. 
Margarita konyak quyib uzatdi, Azazello uni huzur qilib ichib yubordi. Usta undan ko‘z uzmay 
o‘tirarkan, ahyon-ahyonda stol ostida sekingina o‘zining chap bilagini chimchilab qo‘yardi. Lskin bu 
chimchilashlar Azazelloga ta’sir qilmadi. U havoda erib ketmadi, undan keyin, sirasini aytganda, 
bunga hech qanday ehtiyoj ham yo‘q edi. Chunki bu pakana malla odamning, agar ko‘ziga oq 
tushganini va libosining sal g‘alatiroq (ridonamo plash) ekanligini hisobga olinmasa, hech qanaqa 
qo‘rqinchli jihati yo‘q edi. Vaholanki, jodugarlikdan yiroq bo‘lgan oddiy odamning ham ko‘ziga oq 
tugagan bo‘lishi mumkin, agar jiddiy o‘ylab ko‘riladigan bo‘lsa, har qanday odam ham ridonamo plash 
kiyib yurishi mumkin edi. Konyakni ham u hamma odamlar singari, mohirlik bilan bir ko‘tarishda 
ichib, gazak qilmadi. Lekin ustaning boshi epdi konyakdan g‘uvullay boshladi va u: 
«Yo‘q, Margarita haq! Chindan ham ro‘paramda iblisning elchisi o‘tiripti. Axir o‘zim ham o‘tgan 
kuni tunda Ivanga, Patriarx ko‘li bo‘yida shaytonni uchratgansiz, deb uqdirgan edim-ku, endi bo‘lsa, 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin