Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
230
yopdi! 
Tun Begemotning baroq dumini ham uzib, badanining tukini ham yulib oldi va ularni xuddi 
savag‘ichday titkilab, botqoqliklarga sochib yubordi. Zulmat sultonining masxarabozi bo‘lgan mushuk 
qotmagina yigitchaga, shayton-mahramga, dunyoda qiyosi yo‘q qiziqchiga aylangan edi. Endi u ham 
sho‘xlikni tashlab, navqiron yuzini oy shu’lasiga tutgancha jimgina tikilib borardi. 
Hammadan chetda Azazello po‘lat aslahalarini yaraqlatib uchib borardi. Oy uning ham chehrasini 
o‘zgartirgan edi. Uning beso‘naqay, xunuk-bedavo so‘yloq tishi g‘oyib bo‘lgan, ko‘zining g‘ilayligi 
ham qalbaki bo‘lib chiqqan edi. Uning ikkala ko‘zi ham bir xil, bo‘m-bo‘sh va qop-qora, yuzi esa 
oppoq va sovuq edi. Endi Azazello o‘zining asl qiyofasiga — qaqragan sahro iblisi, qattol azroil 
qiyofasiga kirgan edi. 
Margarita o‘zini ko‘ra olmasdi, lekin ustaning qanchalik o‘zgarib ketganini aniq ko‘rayotgan edi. 
Ustaning sochlari endi oy nurida oqarib, ensasida bir o‘ram sochga aylangan va shamolda hilpirab 
borardi. Shamol uning ridosini uchirgan paytda, baland qo‘njli etigining yulduzsimon shporlari goh 
so‘nib, goh porlardi. Usta xuddi navjuvon shaytonga o‘xshab ko‘zini oydan uzmay borarkan, unga 
qarab o‘ziping eng yaxshi, ardoqli tanishidek jilmayar va 118-xonada o‘rgangan odatiga ko‘ra, o‘zicha 
bir nimalarni g‘o‘ldirardi. 
Va nihoyat, Voland ham o‘zining haqiqiy qiyofasiga kirgan edi. U mingan otning jilovi nimadan 
yasalgan deb so‘ralsa, Margarita aytib bera olmasdi, shu bois uni oy shu’lasidan yasalgan zanjir bo‘lsa 
kerak deb o‘ylardi, otni esa — quyuqlashgan zulmat, uning yolini — bulut, suvori oyog‘idagi 
shporlarni — yudduzlarning oq dog‘i deb hisoblardi. 
Ular shu zaylda teran sukutda uzoq uchdilar, nihoyat ularning poyi ostidagi zamin ham o‘z 
qiyofasini o‘zgartira boshladi. Shumshuk o‘rmonlar zulmat qa’riga g‘arq bo‘larkanlar, shamshirning 
damini eslatib, ko‘zga g‘ira-shira tashlangan daryolarni ham o‘zlari bilan olib ketdilar. Pastda 
mahobatli dumaloq toshlar yaltirab ko‘rindi, ularning oralari oy yog‘dusi tushmaganligidan zim-ziyo 
edi. 
Voland ot jilovini tortib, uni usti yassi toshtepaga qo‘ndirdi, boshqa suvorilar ham unga 
ergashishdi; ularning qulog‘iga ot taqalarining tosh va chaqmoqtoshlarga urilgani eshitilardi. Oy bu 
maydonchani och-yashil shu’la bilan charog‘on qilgan edi, shunga ko‘ra, Margarita bir lahzadan so‘ng 
bu huvillagan xilvatgohda tosh kursini va upda o‘tirgan boshdan-oyoq oppoq kiyingan odamni ko‘rdi. 
Bu odam yo kar, yoki juda teran o‘yga tolgan bo‘lsa kerak. Negaki, otlarning poyi ostida toshtepaning 
larzaga kelganini ham eshitmadi, natijada suvorilar uni hech bezovta qilmay istiqboliga yetib bordilar. 
Oy eng yaxshi elektr fonaridan ham yorug‘roq shu’la sochayotgani sababli Margarita kursida 
o‘tirgan odamning hadeb kaftlarini bir-biriga ishqayotganini, uning so‘qirga o‘xshagan ko‘zlari tikka 
to‘linoyga qadalganini ko‘rdi. Endi Margarita oy shu’lasidan u yer-bu yeri miltillayotgan zalvarli tosh 
kursi yonida yotgan quloqlari uchli juda bahaybat bir itni va uning ham o‘z egasi singari oyga bezovta 
bo‘lib tikilayotganini ko‘rdi. 
O‘tirgan odamning oyog‘i ostida singan ko‘zaning sopalaklari sochilib yotar, to‘q-qizil ko‘lmak 
hanuz qurimagan edi. 
Suvorilar otlarini to‘xtatishdi. 
— Romaningizni o‘qib chiqishdi, — deb gap boshladi Voland ustaga o‘girilib, — faqat bitta fikr 
aytishdi: taassufki, roman tugallanmagan. Xullas, men sizga o‘z qahramoningizni ko‘rsatgim keldi. 
Mana, sal kam ikki ming yildirki, u shu maydonchada uxlab o‘tiradi, lekin ko‘kka to‘linoy qalqqan 
paytlarda, ko‘rib turibsiz, uyqusizlikdan iztirob chekadi. Uyqusizlik nafaqat uni, shuningdek, sadoqatli 
soqchisi — itga ham azob beradi. Qo‘rqoqlik — eng og‘ir illat, deganlari agar to‘g‘ri bo‘lsa, bu borada 
itda gunoh yo‘q. desak bo‘ladi. Zero bu dovyurak ko‘ppak dunyoda faqat bir narsadan — 
momaqaldiroqdan qo‘rqar edi. Hay, nachora, sevgan odam o‘z sevgilisining qismatiga sherik 
bo‘lmog‘i lozim. 
— U nima deyapti? — deb so‘radi Margarita va xotirjam chehrasida achinish ifodasi namoyon 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin