www.ziyouz.com kutubxonasi
228
nazarida, juda teran va qattiq ranjga aylangandek tuyuldi. Lekin bu ranj beqaror bo‘lib chiqdi, u zumda
g‘oyib bo‘lib, takabburona loqaydlik bilan o‘rin almashdi, loqaydlik esa mangu orom tuyg‘usiga
aylandi.
Suvorilar ustani sukut saqlab kutib turishardi. Ular qora kiygan bu daroz odamning jar yoqasida
turib qilayotgan har xil qo‘l ishoralarini, goh butun shahar osha nigoh tashlab, uning ufq ortidagi
tomonni ko‘rmoqchi bo‘lganday boshini adl ko‘tarishini, goh o‘z oyog‘i ostidagi payhon qilingan,
qovjiragan giyohlarni o‘rganmoqchi bo‘lganday boshini xam qilishini kuzatardilar.
Nihoyat, yuragi ziq bo‘lgan Begemot sukutni buzdi.
— Ijozat bersangiz, metr, — deb gap boshladi u, — parvoz oldidan vidolashuv hushtagini men
chalsam.
— Xonimni cho‘chitib yuborishing mumkin, — dedi Voland, — undan keyin shuni unutmaki, sen
bugungi noma’qulchiliklaringni barini qilib bo‘lding.
— O, yo‘q, yo‘q, messir, — dedi egarda amazonkalardek qo‘lini beliga tirab, uzun etagini yergacha
tushirib o‘tirgan Margarita, — ruxsat bering unga, mayli, chalsin. Olis safar oldidan ko‘nglimga xiyla
g‘ash oraladi. Garchi inson bu safar nihoyasida baxtga mugdarraf bo‘lishini bilsa ham, shunday
ko‘ngilg‘ash-lik bo‘lishi tabiiy, to‘g‘rimi, messir? Mayli, bir ko‘nglimni chog‘lasin, bo‘lmasa, safar
oldidan yig‘lab yuborib, kayfiyatinglarni buzib qo‘yishim mumkin.
Voland bosh irg‘ab Begemotga ishora qiddi, mushukning ko‘ngli ko‘tarilib, otdan sakrab tushdi va
barmoklarini og‘ziga tiqib, lunjini shishirdi-da, hushtak chaddi. Margaritaning qulog‘i shang‘illab
ketdi. Uning oti hurkib, ikki oyog‘ini ko‘tardi, o‘rmondagi daraxtlardan quruq shox-shabbalar to‘kiddi,
qarg‘a va chumchuqlar gala-gala bo‘lib osmonga ko‘tarildi, burqirab ko‘tarilgan to‘zon daryo tomon
uchdi, bandargoh yonidan suzib o‘tayotgan daryo tramvayidagi bir nechta yo‘lovchining boshidan
kepkasi uchib suvga tushdi. Usta hushtak ovozidan seskanib ketdi, lekin orqasiga o‘girilmadi, balki
qo‘llarini yuqori ko‘tarib, xuddi shaharga tahdid solayotgandek, ularni yana ham jadalroq silkita
boshladi. Begemot atrofga mag‘rurona nazar tashladi.
Etirof etaman, hushtak chalindi, — muruvvat ichishdek dedi Korovyov, — darhaqiqat hushtak
chalindi, lekin xolisanillo gapiradigan bo‘lsak, o‘rtamiyona hushtak bo‘ldi!
Axir men regent emasman-da, — deb javob qildi Begemot viqor bilan lunjini osiltirib va
dabdurustdan Margaritaga ko‘z qisdi.
— Qani, menam bir urinib ko‘ray-chi, yoshlikni eslab, — dedi Korovyov, qo‘l/\arini ishqashab,
barmoqlariga tuflarkan.
— Lekin ehtiyot bo‘l, — dedi Voland jiddiy ohangda, — bironta ham shaxsga hech qanday ziyon-
zahmat yetmaydigan bo‘lsin!
— Messir, ishoning, — dedi Korovyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, — bu hazil, faqat hazil bo‘ladi... —
Shunda uning vujudi xuddi rezinadan yasalgandek birdan yuqoriga cho‘zildi, o‘ng qo‘lining
barmoqlarini bukib g‘aroyib bir shakl yasadi-da, oldi parma singari chir-chir aylanib, bir o‘ram sochga
o‘xshab qoldi, so‘ng qayta yechilib, birdan hushtak chalib yubordi.
Margarita bu hushtakni eshitmadi, balki uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi: u o‘zining o‘ynoqi oti bilan birga
gaz nariga borib tushgan edi. Ayni paytda shu yerda qad ko‘targan azim tup eman ildiz-pildizi bilan
ko‘porilib, qulab tushdi, to daryo bo‘yigacha bo‘lgan yer tors-tors yorilib ketdi. Qirg‘oqning katta bir
bo‘lagi yerga joylashgan bandargohu restoran bilan birga sindirilib, daryoga quladi. Daryo ko‘pirib
toshdi va daryo tramvayini ichidagi yo‘lovchilar bilan birga narigi yashil past qirg‘oqqa beshikast
chiqarib qo‘ydi. Margaritaning hurkib pishqirayotgan oti oyog‘i ostiga Fagotning hushtagidan nobud
bo‘lgan bir olaqarg‘a gup» etib kelib tushdi. Bu hushtak ustani cho‘chitib yubordi. U boshini
changallagancha, hamroxlari tomon chopib kela boshladi.
— Xo‘sh, — deb murojaat qildi unga ot ustidan Voland, — barcha hisob-kitob qilib bo‘lindimi?
Vidolashuv vojib bo‘ldimi?
— Xa, vojib bo‘ldi, — deb javob qildi usta, so‘ng ko‘ngli taskin topib, Volandning yuziga tik va