www.ziyouz.com kutubxonasi
229
dadil qaradi. Ana shunda Volandning dahshatli ovozi tepalik uzra xuddi Isrofilning suri' yanglig‘
baralla yangradi:
— Vaqt bo‘ldi! — shundan keyin Begemotning o‘tkir hushtagiyu xandon tashlab kulgani eshitildi.
Otlar olg‘a otildilar va suvorilar samoga parvoz qilib shamoldek uchib ketdilar. Margarita mingan
asov ot hadeb suvlug‘ini kemirib, jilovni tortqilardi. Volandning ridosi shamolda yoyilib zulmatga
burkanayotgan osmon gumbazi ostida hamma suvorilarga soyabon bo‘ldi. Qora soyabon bir lahzagina
yelpinib, fazo beti ochilgan payt Margarita otini uchirib keta turib orqasiga o‘girildi, o‘girildi-yu, endi
nainki rango-rang minoralar va ular tepasida charx urib uchib yurgan aeroplan, balki shaharning o‘zi
ham allaqachon g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi, shahar o‘rnida faqat tuman qolgan edi.
O‘ttiz ikkinchi bob GUNOHDAN O‘TISh VA MANGU MAKON O, tangrilar, tangrilarim mening! Oqshom chog‘ida zamin naqadar g‘amgin! Botqoqlar uzra
qalqqan tuman g‘oyat sirli. Buni o‘sha mash’um tumanlarda adashgan, o‘limi oldidan ko‘p uqubatlarni
boshidan kechirgan, ushbu zamin uzra nihoyatda og‘ir yuk bilan parvoz qilgan odamlargina biladi,
Buni yashashdan horigan odam biladi. Shu bois u zamin tumaniniyu uning botqoq va daryolarini aslo
afsuslanmay tark etadi hamda o‘zini ajal qo‘liga xotirjamlik bilan topshiradi, chunki u shu ajalgina
unga taskin berishini tushunadi.
Sehrli qora otlar ham yuguraverib horishdi, endi ular bazo‘r lo‘killab borardilar, zulmati haq
suvorilar ortidan quvib kelib qolgan edi. Hattoki tinib-tinchimas Begemot ham orqasidan quvib
kelayotgan qorong‘i tunni his qilib, gung bo‘lib qoldi; u o‘tkir tirnoqlarini egarga botirib, dumini
shamodda hilpiratgancha jiddiy qiyofada sukut saqlab uchib borardi. Tun o‘rmonu o‘tloqlar ustiga qora
ro‘mol yoparkan, olis-olislarda, pastda ma’yus va xira chiroklarni — Margaritaga ham, ustaga ham
endi qizig‘i qolmagan, nokerak va begona chiroqlarni yoqa boshladi. Mana, tun suvorilardan ham o‘zib
o‘tdi va ular ustiga zulmat elab, shumshuk samoning goh u, goh bu yeriga yulduzlar otib, oq dog‘lar
hosil qila boshladi.
Tun tobora quyuqlashar, suvorilar bilan yonma-yon parvoz qilib, ularning ridolarini yelkalaridan
yechib olar, soxtaliklarini fosh qilardi. Shu payt ishshi salqin shabbodaga tutib borayotgan Margarita
kuzlarini ochib, o‘z manzili sari uchib borayotgan bu suvorilarning qiyofalari o‘zgara boshlaganini
ko‘rdi. Osmon ortidan qirmizi to‘linoy suvorilarga peshvoz ko‘tarila boshlaganda esa barcha firiblar
barbod po‘ldi, muvaqqat jodugarlik liboslari botqoqlikka tushib, tuman ichida g‘arq bo‘ldi.
Hozir Margaritaning o‘ng qo‘lida, Voland bilan kiftma-kift uchayotgan maxluqqa qarab, uning
aslida tarjimonga muhtoj ham bo‘lmagan sirli konsultantning tarjimoni soxta Korovyov-Fagot
ekanligiga xech ishonib bo‘lmas edi. Juldur tsirk kiyimida Chumchuk, tepani tark etgan Korovyov-
Fagot o‘rnida endi to‘q binafsha rang sovut kiygan, chehrasi hamisha gumshaygan mahzun ritsar
otning oltin zanjirdan jalgan jilovini ohista shiqillatib yelib borardi. U iyagini ko‘ksiga tirab olgan,
oyga ham qiyo boqmay, poyidagi zaminga ham parvo qilmay, o‘zicha qandaydir xayollarga g‘arq
bo‘lib, uchib borardi.
— Voy, nega bunchalik o‘zgarib ketdi u? — deb ohista so‘radi Margarita shamolning g‘uvillashiga
jo‘r bo‘lib.
— Bu ritsar bir vaqtlar o‘rinsiz hazil qilib ko‘ygan edi, — deb javob qildi Voland yuzini
Margaritaga o‘girib — uning bir ko‘zi ohista yonardi, — uning ziyo va zulmat to‘g‘risida gapirib turib,
to‘qigan tajnisi
29
uncha yaxshi chiqmagan edi. Shundan so‘ng u mo‘ljalidan ortiqroq va uzoqroq hazil
qilishga majbur bo‘lgan. Lekin bugungi tun ayni hisob-kitob tuni. Ritsar ham orani ochdi qilib, hisobni
29
Tajnis — so‘z o‘yini.