Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
227
hayajonlanib tikildi. 
— Xo‘sh? Nima bo‘ldi? — deb so‘radi u, — momaqaldiroq bezovta qilyaptimi? Tinchlaning, 
hechqisi yo‘q... Hozir yordam ko‘rsatishadi sizga. Men doktorni chaqiraman. 
— Yo‘q, Pravskovya Fyodorovna, doktorni chaqir-ang, — dedi Ivanushka, Praskovya 
Fyodorovnaga emas, devorga hayajon bilan tikilarkan, — menga hech nima bo‘lgani yo‘q. Men o‘z 
ahvolimga tushunadigan bo‘lib qolganman, siz ko‘rqmang. Yaxshisi, ayting-chi, — deb dilkashlik 
bilan so‘radi Ivan, — yonimdagi yuz o‘n sakkizinchi xonada hozir nima bo‘ldi? 
— Yuz o‘n sakkizinchidami? — deb so‘radi Praskovya Fyodorovna va bezovta ko‘zlarini undan 
olib qocha boshladi, — hech nima bo‘lgani yo‘q. — Lekin ayolning ovozida dudmollik sezilib turardi, 
buni darhol sezgan Ivanushka dedi: 
— Qo‘ying, Praskovya Fyodorovna! Siz axir to‘g‘riso‘z odamsiz-ku... Nima, meni to‘polon qiladi 
deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q, Praskovya Fyodorovna, ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Siz gapning rostini 
aytavering. Men, baribir devor orqali his qilyapman. 
— Qo‘shningiz qazo qildi hozir, — deb pichirladi Praskovya Fyodorovna o‘zining hamgo‘yligi va 
oqko‘ngilligini tiyishga qurbi yetmay, aytishga aytdi-yu, yuragi taka-puka bo‘lib Ivanushkaga yalt etib 
qaradi, shunda Praskovya Fyodorovna yashin shu’lasidan bir zumga libos kiydi. Lekin Ivanushkaga 
hech narsa bo‘lmadi. U faqat barmog‘ini ma’nodor ko‘tarib shunday dedi: 
— O‘zimam biluvdim! Sizni ishontirib aytamanki, Praskovya Fyodorovna, hozir shaharda yana bir 
inson olamdan o‘tdi. Men hatto uning kimligini ham bilaman, — shunday deb Ivanushka xufiyona 
jilmayib qo‘ydi, — u ayol kishi. 
 
O‘ttiz birinchi bob
 
ChUMChUQTYePA
28
DA
Momaqaldiroq dag‘dag‘asidan asar ham qolmadi, bu mahal butun Moskva uzra ulkan gumbazday 
ko‘tarilgan rang-barang kamalak Moskva daryosidan suv ichardi. Baland tepalikdagi ikki daraxtzor 
oralig‘ida uchta qora sharpa ko‘rindi. Egarlangan qora otlarga mingan Voland, Korovyov va Begemot 
daryo ortidan to ufqqacha yoyilib ketgan shaharga, uning g‘arbga qaragan uylaridagi ming-minglab 
derazalarda aks etayotgan kechki shu’lasiga va Qizlar monastirining jimjimador, muhtasham 
gumbaziga tikilib turardilar. 
Havoda sharpa eshitildi, uzun qora rido kiygan Azazello, uning orqasidan izma-iz kelayotgan usta 
bilan Margarita uchovlari ularni kutib turgan uch suvori yaqinida yerga indilar. 
— Sizni, Margarita Nikolaevna, sizni ham, usta, bir oz bezovta qilishimizga to‘g‘ri keldi, — deb 
gap boshladi Voland bir oz sukunatdan so‘ng, — illo mendan gina qilmassizlar degan umiddaman. 
Zero bu yerga kelganingizdan afsuslanmaysiz. Qani, bo‘lmasa, — deb u yolg‘iz ustaga murojaat qildi, 
— shahar bilan vidolashing. Jo‘nashimiz kerak, — shunday deb Voland og‘zi karnaysimon qora 
qo‘lqop kiygan qo‘li bilan daryo ortiga ishora qildi; u yerda kun bo‘yi oftob taftida cho‘g‘dek qizigan 
shahardan ko‘tarilgan tuman, tutun, bug‘ quyosh shu’lasidan yaraqlagan behisob derazalar uzra 
muallaq turib qolgan edi. 
Usta otdan sakrab tushib, bir o‘zi jar yoqasiga yugurib ketdi. Egnidagi qora ridoning etagi orqasidan 
yerga sudralib borar edi. Usta shaharga tikilib turib qoldi. Avvaliga hasratdan uning yuragi zirqirab 
og‘ridi, lekin bu tuyg‘u bir zumda o‘tib ketib, o‘rnini ko‘ngilga totli g‘uluv soluvchi lo‘lilarga xos 
darbadarlik tuyg‘usi egalladi. 
— Mutlaqo qaytmayman! Buni fahmlash kerak, — deb pichirladi usta va qovjiragan labini yaladi. 
U o‘z qolbiga quloq solib, u yerda nima bo‘layotganini aniq qayd qila boshladi. Uning qalb hayajoni
28
Chumchuqtepa (Vorobev
ы
gor
ы
) — Hozir «Leninskie gor
ы
» deb ataladi. Moskva Davlat universitetining yangi binosi shu 
tepalikda joylashgan. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin