Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   244
Usta va Margareta

Sakkizinchi bob 
PROFYeSSOR BILAN ShOIR O‘RTASIDA DAHANAKI JANG
Styopa Yaltada hushidan ketgan paytda, ya’ni soat o‘n bir yarimlarda, uzoq davom etgan qattiq 
uyqudan uyg‘ongan Ivan Nikolaevich Bezdomniy axiyri hushiga keldi. U anchagacha, devorlari 
oppoq, allaqanday yaltiroq metalldan yasalgan ajoyib tungi stoli bor, derazasiga oq darparda osilgan 
(darparda ortida quyosh porlab turgani sezilardi) bu notanish xonaga qanday qilib kelib qolganini 
o‘ylab yotdi. 
Ivan boshini bir silkitib, endi og‘rimayotganligini his qildi-yu, shu zahoti shifoxonada yotganligini 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
esladi. Esladiyu, ketma-ket esiga Berliozning o‘limi tushdi, lekin bu xotira endi uni kechagichalik 
qattiq iztirobga solmadi. Miriqib uxlagan Ivan Nikolaevich endi o‘zini ancha bosib olgan, mulohazalari 
ham ravonlashgan edi. U chinniday toza, yumshoq va orombaxsh prujinali karavotda ancha vaqtgacha 
qimir etmay yotdi, shunda ko‘zi yonboshidagi qo‘ng‘iroq tugmasiga tushdi. Kerak bo‘lsa-bo‘lmasa, 
har narsaga qo‘l uraveradigan qitmir Ivan tugmani bosdi. U biron nimaning chalinishini yoki biron 
kishining kirib kelishini kutgan edi, lekin butunlay boshqacha hol yuz berdi. Ivan yotgan karavotning 
oyoq tomonida sirlangan tsilindr chiroq yonib, unda: «Suv» degan yozuv paydo bo‘ldi. Bir ozdan 
keyin tsilindr aylana boshladi va oxiri unda: «Nyanya» degan yozuv paydo bo‘ldi. Turgan gapki, bu 
antiqa tsilindr Ivanning og‘zini ochirib qo‘ydi. Keyin «Nyanya» yozuvi «Doktorni chaqiring» degan 
yozuv bilan almashdi. 
— Hm... — deb qo‘ydi Ivan, endi buyog‘iga nima qilishini bilolmay. Lekin shu choq tasodifan ishi 
o‘ngidan kelib qoldi: «Feldsher ayol» degan so‘z chiqishi bilan u tugmani ikkinchi marta bosdi. Silindr 
ohista jingillab, aylanishdan to‘xtadi, chirog‘i o‘chdi va xonaga top-toza oq xalat kiygan
miqqidakkina, istarasi issiq bir ayol kirdi. 
— Xayrli kun! — deb salomlashdi u Ivan bilan. Ivan javob qaytarmadi, chunki hozirgi vaziyatda 
bunday salomlashishni o‘rinsiz deb topdi. Rostda axir, soppa-sog‘ odamni shifoxonaga tiqib qo‘yishsa, 
yana buning ustiga, o‘zlarini go‘yo savob ish qilganday tutishsa — buning nimasi xayrli? 
Bu asnoda ayol chehrasidagi muloyim jilvani saqlagan holda, bir tugmani bosib, deraza pardasini 
yuqoriga chiqarib yubordi. Shunda to polgacha tushib borgan jimjimador, yengil panjara orqali xonaga 
quyosh nuri yog‘ildi. Panjara ortida balkon, undan narida esa ilonday to‘lg‘anib oqayotgan daryo, 
daryoning narigi sohilida — shimolda mavjlanib turgan qarag‘ayzor ko‘rindi. 
— Vannaga marhamat qiling, — dedi ayol, so‘ng uning bir qo‘l harakati bilan ichki devor chetga 
surildi-yu, vannaxona va juda chiroyli jihozlangan hojatxona paydo bo‘ldi. 
Garchi Ivan bu ayol bilan gaplashmaslikka axd qilgan bo‘lsa ham, yaraqlagan jo‘mrakdan vannaga 
sharillab suv oqayotganini ko‘rib, tilini tiya olmay, kinoya bilan dedi: 
— Buni qara-ya! Xuddi «Metropol» deysan! 
— E, yo‘q, — faxrlanib dedi ayol, — undan ham yaxshiroq. Bu yerdagi uskuna-jihozlar chet elda 
ham topilmaydi. Atayin shifoxonamizni ko‘rgani olimlaru vrachlar kelib turishadi. Bu yerda har kuni 
chet ellik turistlar bo‘lishadi. 
Ivan «chet ellik turistlar» so‘zini eshitgan hamonoq kechagi konsultantni esladi. Kayfi buzilib, 
xo‘mraygancha so‘radi: 
— Chet ellik turistlar... Muncha yaxshi ko‘rmasangizlar o‘sha chet ellik turistlarni? Men sizga 
aytsam, ular orasida har xil odamlar bo‘ladi. Masalan, kecha men bitta shunaqasi bilan tanishdimki
asti qo‘yaverasiz! 
Shunday deb turib, sal bo‘lmasa Pontiy Pilat haqida gapirib yuboray dedi-yu, lekin gapini bu ayol 
uchun hech qanday hojati yo‘qligini, baribir undan hech qanday yordam kutib bo‘lmasligini tushunib, 
tilini tiydi. 
Cho‘miltirilgan Ivan Nikolaevichga vannadan chikdan erkak kishi uchun zarur bo‘lgan hamma 
narsa: dazmollangan ko‘ylak, ichki ishton, paypoq berildi. Bulardan tashqari, yana boyagi ayol shkaf 
eshigini ochib, quli bilan ishora qilib so‘radi: 
— Ustingizga nima kiyishni xohlaysiz — xalatmi yo pijamami? 
Bu yangi yotoqqa zo‘rlab joylashtirilgan Ivan ayolning andishasizligidan hang-mang bo‘lib, 
indamay barmog‘i bilan qip-qizil paxmoq pijamaga ishora qildi. 
Shundan keyin Ivan Nikolaevichni bo‘m-bo‘sh, sokin koridordan boshlab borib, judayam kattakon 
bir kabinetga olib kirdilar. Hayratomuz jihozlangan bu binodagi hamma narsaga istehzo bilan qarashga 
ahd qilgan Ivan kabinetiga kirgan hamonoq unga «oshxona-fabrika» deb nom qo‘ydi. 
Buning sababi bor edi. Bu yerda ancha-muncha shkaflar, nikellangan yaltiroq asboblar qo‘yilgan 
oynavand shkafchalar tizilib turardi. Nihoyatda murakkab mos-lamali kreslolar, soyaboni yaltiroq 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin