www.ziyouz.com kutubxonasi
6
«Yo‘q, ko‘proq frantsuzga o‘xshab ketadi...» — deb o‘yladi Berlioz.
«Polyak shekilli?..» — dedi ichida Bezdomniy.
Shuni ilova qilish kerakki, bu ajnabiy birinchi aytgan so‘zidanoq shoirda nafrat uyg‘otdi, Berliozga
esa u yoqib qolgan edi, ya’ni yoqqan edi deb ham bo‘lmaydi-yu, aniqrog‘i... qanday ifoda etsa
bo‘larkan... uni qiziqtirib qolgai edi, deymizmi.
— Maylimi sizlar bilan o‘tirsam? — muloyim ohangda so‘radi ajnabiy, shunda ikki do‘st beixtiyor
ikki tomonga surildi; ajnabiy kishi epchillik bilan ular o‘rtasiga o‘tirdi-yu, shu zumdayoq suhbatga
aralashdi.
— Agar yanglish eshitmagan bo‘lsam, siz Isoni dunyoga kelmagan deb aytdingiz shekilli? —
so‘radi ajnabiy ko‘m-ko‘k chap ko‘zini Berliozga tikib.
— Yo‘q, yanglish eshitmadingiz, — nazokat ila javob qildi Berlioz, — men aynan shunday dedim.
— O, g‘oyatda qiziq! — dedi ajnabiy.
«Nimaga hadeb tumshug‘ini tiqaveradi bu?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Bezdomniy va qovog‘ini
solib oldi.
— Siz hamsuhbatingizning fikriga qo‘shildingizmi? — deb so‘radi notanish ajnabiy o‘ngga,
Bezdomniyga o‘girilib.
Shoir o‘z fikrini tumtaroq va majoziy iboralar bilan ifodalashni yaxshi ko‘rardi, shuning uchun:
— Yuz foiz! — deb javob qildi.
— Voajab! — deb yubordi chaqirilmagan ham-suhbat, so‘ng negadir atrofga o‘g‘ri qarash qilib,
so‘ng shundoq ham bo‘g‘iq ovozini yanayam pasaytirib dedi: — Sinchkovligim uchun meni kechiring,
lekin fahmimcha, siz hali xudogayam ishonmaysizmi deyman? — u ko‘zlarida vahima zuhur etdi va
ilova qildi: — Ont ichaman, qech kimga aytmayman.
— Ha, biz xudoga ishonmaymiz, — javob qildi Berlioz ajnabiy kishining cho‘chib ketganidan xiyol
jilmayib turib, — ammo bu haqda mutlaqo oshkora gapiraverish mumkin.
Chet ellik skameykaga suyandi va sinchkovligi qo‘ziganidan chiyillab so‘radi:
— Sizlar — ateistmisiz?!
— X,a, bizlar — ateistmiz,— jilmaygancha javob qildi Berlioz, achchig‘i chiqqan Bezdomniy esa:
«Muncha xira bo‘lmasa bu ajnabiy sulloh!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.
— O, qanday maroqli! — deb chinqirib yubordi antiqa ajnabiy goh u, goh bu adibga o‘girilib
qararkan.
— Bizning mamlakatda ateizm hech kimni ajablantirmaydi, — diplomatlarga xos nazokat bilan
dedi Berlioz, — aholimizning ko‘pchiligi xudo haqidagi afsonalarga anchadan beri ongli ravishda
ishonmay qo‘ygan.
Shunda chet ellik nojo‘ya bir harakat qildi: o‘rnidan turib, taajjublangan muharrirning qo‘lini
siqarkan, shunday dedi:
— Ijozatingiz bilan sizga chin qalbimdan minnatdorchilik izhor etaman!
— Nima uchun minnatdorchilik izhor etyapsiz unga? — deb so‘radi Bezdomniy ko‘zlarini
pirpiratgancha.
— Kamina — sayyoh uchun favqulodda qiziqarli bo‘lgan g‘oyatda muhim ma’lumot uchun, — deb
izohladi chet ellik barmog‘ini ma’nodor ko‘tarib.
Chamasi, muhim ma’lumot sayyohga chindanam kuchli ta’sir ko‘rsatgan edi, shuning uchun ham u
atrofdagi uylarga qo‘rqa-pisa ko‘z yugurtirib chikdi — u har bir derazada bittadan ateistni ko‘rishdan
xavotirlanayotganday edi.
«Yo‘q, u ingliz emas...» — deb o‘yladi Berlioz, Bezdomniy esa: «Qiziq, bunaqa ruscha gapirishni
qaerda o‘rgana qoldiykin?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi-da, yana o‘shshayib oldi.
— Lekin ijozatingiz bilan sizdan bir narsani so‘ramoqchiydim, — deb yana gapira boshladi ajnabiy
mehmon bir oz hayajonli xayolga berilib o‘tirgandan keyin, — xudolarning mavjudligi borasidagi
dalillar nima bo‘ladi? Axir u dalillar, ma’lumingizki, rosa beshta...