www.ziyouz.com kutubxonasi
64
— Ha, o‘yladim! Buniyam o‘yladim! Temir yo‘l bilan Sevastopolgacha bir yarim ming kilometrcha
keladi. Yaltagacha yana sakson kilometr qo‘sh. Lekin samolyotda kamroq bo‘ladi, albatta..
Hm... Ha... Poezd haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Xo‘sh, unda qanday borib qoldi?
Qiruvchi samolyotdami? Kim ham qiruvchi samolyotga chiqarardi sarpoychan Styopani? Nima uchun?
Balkim u Yaltaga uchib borgandan keyin etigini yechgandir? Yana: Nima uchun? Keyin, etigi
bo‘lganida ham uni qiruvchi samolyotga chiqarmagan bo‘lardilar! Shoshmang, qiruvchi samolyotning
bunga nima daxli bor o‘zi? Axir, aniq qilib yozilgan-ku: jinoiy qidiruv bo‘limiga kunduz o‘n biru
o‘ttizda kirib keldi deb, lekin u Moskvada telefon orqali gaplashganida soat... ie, qiziq-ku... Shu chog‘
Rimskiyning ko‘zi oldida o‘z soatining tsiferblati ko‘rindi... U soat millarining qay alfozda turgapini
eslay boshladi. Yo tavba! Esiga turgandi: o‘n birdan yigirma minut o‘tgan edi. Bu qanaqasi bo‘ldi?
Agar Styopa telefondagi suhbatdan keyii, aerodromga yugurib, u yerga, aytaylik, besh minutda yetib
borgan deb faraz qilinsa (lekin sirasini olganda, bunga ham hech aql bovar qilmaydi), unda samolyot
besh minut ichida ham havoga ko‘tarilib, ham ming kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tib, Yaltaga
qo‘ngan bo‘ladimi? Bundan chiqdi, samolyot soatiga o‘n ikki ming kilometrdan ham ko‘proq masofani
uchib o‘tarkan-da!!! Bu aslo mumkin emas, demak, Styopa ham Yaltada emas.
Xo‘sh, yana qanday yo‘l qoldi? Gipnozmi? Odamzodni birvarakayiga ming kilometr masofaga
uloqtirib yubora oladigan hech qanday gipnoz yo‘q dunyoda! Demak, Styopa o‘zini Yaltadadek
tuygan! Hay, unga shunday tuyulgan bo‘lishi mumkin, lekip Yalta jinoiy qidiruv bulimiga ham
shunday tuyulgan deb o‘ylaysizmi?! E, yo‘k,, kechirasiz-u, bunday bo‘lishi mumkin emas!.. Axir
gelegrammalar o‘sha yoqdan kelyaptimi?
Moliya direktorining yuzida dahshat aks etgan edi. Shu payt tashqaridan eshik bandini burab, torta
boshlashdi, kur’er ayolning jon-jahd bilan chirqillagani niitildi:
— Mumkin emas! O‘ldirsangiz ham kiritmayman! Majlis bo‘lyapti!
Rimskiy, baholi qudrat, o‘zini qo‘lga olib, telefon trubkasini ko‘tardi:
— Shoshilinch Yalta bilan ulang.
«Oqilona fikr», — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Varenuxa.
Lekin Rimskiy Yalta bilan gaplasha olmadi. U trubkani ilib, dedi:
— Aksiga yurib, liniya shikastlangan.
Negadir liniyaning shikastlangani uni, ayniqsa, qattiq ranjitdi, hattoki o‘ylantirib ham qo‘ydi. U bir
oz o‘yga tolib turgach, bir qo‘li bilan yana trubkani oldi, ikkinchi qo‘li bilan esa trubkaga aytayotgan
so‘zini yoza boshladi:
— O‘ta shoshilinch telegramma qabul qiling. Varete. Ha. Yalta. Jinoiy qidiruv bo‘limiga. Ha.
«Bugun soat o‘n bir yarimlarda Lixodeev Moskvada men bilan telefon orqali gaplashdi, nuqta.
Shundan keyin xizmat joyiga kelmadi va uni telefon orqali axtarib topa olmayapmiz, nuqta. Dastxatni
tasdiqlayman, nuqta. Zikr etilgan artistni kuzatish chorasini ko‘ryapman. Moliya direktori Rimskiy».
«Juda ma’nili fikr!» — deb o‘yladi Varenuxa, lekin o‘yini oxiriga yetkazmay, miyasidan boshqa
so‘zlar «lip» etib o‘tdi. «Bema’nilik! U Yaltada bo‘lishi mumkin emas!»
Bu payt Rimskiy bunday qildi: hamma olingan telegrammalarni, ularga qo‘shib o‘z
telegrammasining nusxasini yaxshilab taxtlab paketga soldi, paketni konvertga solib, uni yelimladi,
konvert ustiga bir necha so‘z yozib, uni Varenuxaga tutqazar-kan, dedi:
— Sen, Ivan Savelevich, hoziroq shaxsan o‘zing olib borib ber. O‘zlari bosh qotirib ko‘rishsin.
«Mana bu haqiqatan ham bama’ni fikr bo‘ldi!» — deb o‘yladi Varenuxa va konvertni portfeliga
solib qo‘ydi. Keyin, u har ehtimolga qarshi, Styopaning te-lefoni nomerini yana bir marta terib ko‘rib,
bir oz quloq solib turdi-da, birdan xursand bo‘lib sirli tarzda ko‘zini qisa boshladi. Rimskiy hushyor
tortib bo‘ynini cho‘zdi.
— Artist Voland kerak edi! — muloyimlik bilan dedi Varenuxa.
— U kishi bandlar, — deb javob qildi trubkada bir qaltiroq ovoz, — kim so‘rayapti?
— Varete administratori Varenuxa.