www.ziyouz.com kutubxonasi
213
behudud iste’dodlar pishib yetishayotgani menga ulkan huzur bag‘ishlaydi.
— Parnikda o‘sgan ananasdek pishib yetilishadi degin, — ded Begemot va serustun, sarg‘ish binoni
durustroq ko‘rish uchun cho‘yan panjara o‘rnatilgan beton ioydevor ustiga chiqdi.
— Juda to‘g‘ri aytding, — deb Korovyov qadrdon xamrohining fikriga qo‘shilishdi, — hozir mana
shu binoda «Don Kixot»ning yoki «Faust»ning, yo bo‘lmasa, azbaroyi shifo, «O‘lik jonlar»ning
bo‘lg‘usi mualliflari yetilayotgani haqida o‘ylasang, vujudingni kandaydir bir totli vahima
qamraganday bo‘ladi! Nima deysai?
— O‘ylasang vahming keladi, — deb do‘stining fikrini tasdiqladi Begemot.
— Ha, — deb davom etdi Korovyov, — juda g‘aroyib narsalarning shohidi bo‘lish mumkin bu
uyning parniklarida, zero bu uy Melpomena*, Poligimniya* va Taliya*larga butun hayotini fido qilgan
bir necha ming jonbozlarni o‘z panohiga to‘plagan. Basharti shu jonbozlardan birontasi kitobxon
ahliga namuna sifatida «Revizor»ni, yo bo‘lmasa, «Yevgeniy Onegin»ni taqdim qilgudek bo‘lsa,
qanaqa shov-shuv ko‘tarilishini sen tasavvur qilsang kerak!
— Judayam-da, — deb yana tasdiqladi Bsgsmot.
— Ha, — dedi Korovyov va tashvishli qiyofada barmog‘ini ko‘tardi, — lekin! Men yana takror
aytaman — lekin! Agar bu nozik, chiniqmagan teplitsa o‘simliklariga biron-bir mikrob tushib, uning
ildizini kemirmasayu chiritib yubormasa! Bunday hol ananaslarda uchrab turadi.
— Aytganday, — dedi Begemot, dum-dumaloq boshini panjaradan tiqib, — anavilar nima
qilishyapti rovonda?
— Ovqatlanishyapti, — deb izohladi Korovyov, — senga yana shuni ham aytishim mumkinki,
azizim, bu yerning restorani yaxshigina va taomlari arzon. Lekin men hozir, sirasini aytganda, olis
safarga shaylangan har qanday sayyoh singari, miriqib ovqatlanish va kattakon bordoqni lim-lim
to‘ldirib muzdakkina pivo ichish ishtiyoqidaman.
— Men ham, — dedi Begemot, shundan keyin ikki muttaham jo‘ka daraxtlari ostidan o‘tgan asfalt
yo‘lkadan bo‘lg‘usi falokatdan g‘ofil restoranning rovoni sari ravona bo‘ldilar.
Rovonga kiraverishda, atrofiga yam-yashil o‘tlardan so‘ri qilingan eshikning bir chekkasiga
qo‘yilgan stulda oq paypoq, dumli oq beretka kiygan rangpar bir ayol zerikib o‘tirardi. Uning oldidagi
odmigina ovqat stoli ustida qalin bir daftar yotar va ayol nima uchundir restoranga kirganlarni shu
daftarga qayd qilib o‘tirardi. Mana shu ayol Korovyov bilan Begemotning yo‘lini to‘sdi.
— Guvohnomalaringiz bormi? — u Korovyovning pensnesiga, shuningdek, Begemotning primusi
va uning yirtiq tirsagiga taajjub bilan tikilardi.
— Bizni ming bor afv etgaysiz, qanday guvohnomani so‘rayapsiz? — deb so‘radi hayron qolgan
Korovyov.
— Sizlar yozuvchimisizlar? — deb ayol ham savol berdi o‘z navbatida.
— Shak-shubhasiz, — viqor bilan javob qildi Korovyov.
— Guvohnomalaringizni ko‘rsating unda! — takrorladi ayol.
— O, go‘zalim... — deb nazokat bilan gap boshladi Korovyov.
— Men go‘zal emasman, — deb uning so‘zini bo‘ldi ayol.
— O, afsus, — dedi Korovyov popugi pasayib va gapida davom etdi: — Nachora, biz uchun
sizning go‘zal bo‘lishingiz afzalroq edi, ammo siz bunday imtiyozdan yuz o‘girar ekansiz, mayli,
ixtiyoringiz. Gap shundaki, Dostoevskiyning yozuvchi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun nahot
undan guvohnoma talab qilish kerak bo‘lsa? Undan ko‘ra siz, uning qaysi romanidan bo‘lmasin
xohlaganingiz besh sahifani olib o‘qing, uning hech qanday guvohnomasiz ham haqiqiy yozuvchi
janligiga iqror bo‘lasiz-qo‘yasiz. O‘ylaymanki, Dostoevskiyda, umuman, hech qachon, hech qanday
guvohnoma bo‘lmagan! Sen nima deysan? — deb Korovyov Begemotga o‘girildi.
— Garov o‘ynayman, bo‘lmagan, — deb javob qildi Begemot, primusini stolga, qalin daftar yoniga
ko‘yib, qorakuya tekkan peshonasining terini kafti bilan artarkan.
— Siz Dostoevskiy emassiz, — dedi dovdirab qolgan ayol.