www.ziyouz.com kutubxonasi
209
olish uchun bir derazadan ikkinchi derazaga sakrab o‘tayotgan edi. Nihoyat u o‘sha muyulishga yetib
olib, tarnovga tirmashib tomga chiqib oldi.
U yerda ham, mo‘rkon oldida soqchilik qilib turganlar mushukni besamar o‘qqa tutdilar, lekin
mushuk butun shaharni o‘z yog‘dusiga g‘arq qilib botayotgan quyosh tomon uchib, ko‘zdan g‘oyib
bo‘ldi.
Bu payt kvartirada, odamlar oyog‘i ostida parket pol «lop» etib o‘t oldi va boya mushuk qalbaki
jarohat bilan mug‘ambirlik qilib yotgan joyda sobiq baron Maygelning iyagi tikkaygan, nigohi so‘lgan
jasadi kelganlar ko‘zi oldida asta-sekin namoyon bo‘ldi. Endi jasadni olovdan qutqarishning iloji yo‘q
edi. Bu yerdagi odamlar tutay boshlagan kiyimlariga «tap-tap» urib, yonayotgan parket kataklaridan
hatlab, narigi xonaga va undan dahlizga chekinardilar. Yemakxonadagilar ham dahlizga otilib chiqa
boshladilar. Mehmonxona butunlay o‘t va tutun og‘ushida qolgan edi. Kimdir yo‘l-yo‘lakay o‘t
o‘chiruvchi qismiga telefon qilishga va qisqagina qilib qichqirishga ulgurdi:
— Sadovaya, uch yuz ikkinchi-bis!
Ortiq gaplashishga imkon qolmagan edi, chunki alanga dahlizga ham otilib chiqqan, nafas olish
mushkullashgan edi.
Sehrli kvartiraning oynalari singan derazalaridan tutun buruqsib chiqa boshlashi bilan hovlidan
odamlarning jon holatda qichqirishgani eshitildi:
— O‘t ketdi, yonyapmiz!
Bu uydagi kvartiralarning ko‘pida odamlar telefon qilib chinqira boshlashdi.
— Sadovaya! Sadovaya ko‘chasi, uch yuz ikki-bis! Shaharning har yog‘idai o‘kdek uchib
kelayotgan uzunchoq qizil mashinalarning yuraklarni dahshatga soluvchi qo‘ng‘iroq sadolari Sadovaya
ko‘chasida eshitilgan payt, hovlida zir yugurib yurgan odamlar beshinchi qavatdagi derazadan uchta
erkakning va bitta yalang‘och ayolning qora sharpasi tutun bilan birga uchib chiqib ketganini ko‘rdilar.
Yigirma sakkizinchi bob