Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
209
olish uchun bir derazadan ikkinchi derazaga sakrab o‘tayotgan edi. Nihoyat u o‘sha muyulishga yetib 
olib, tarnovga tirmashib tomga chiqib oldi. 
U yerda ham, mo‘rkon oldida soqchilik qilib turganlar mushukni besamar o‘qqa tutdilar, lekin 
mushuk butun shaharni o‘z yog‘dusiga g‘arq qilib botayotgan quyosh tomon uchib, ko‘zdan g‘oyib 
bo‘ldi. 
Bu payt kvartirada, odamlar oyog‘i ostida parket pol «lop» etib o‘t oldi va boya mushuk qalbaki 
jarohat bilan mug‘ambirlik qilib yotgan joyda sobiq baron Maygelning iyagi tikkaygan, nigohi so‘lgan 
jasadi kelganlar ko‘zi oldida asta-sekin namoyon bo‘ldi. Endi jasadni olovdan qutqarishning iloji yo‘q 
edi. Bu yerdagi odamlar tutay boshlagan kiyimlariga «tap-tap» urib, yonayotgan parket kataklaridan 
hatlab, narigi xonaga va undan dahlizga chekinardilar. Yemakxonadagilar ham dahlizga otilib chiqa 
boshladilar. Mehmonxona butunlay o‘t va tutun og‘ushida qolgan edi. Kimdir yo‘l-yo‘lakay o‘t 
o‘chiruvchi qismiga telefon qilishga va qisqagina qilib qichqirishga ulgurdi: 
— Sadovaya, uch yuz ikkinchi-bis! 
Ortiq gaplashishga imkon qolmagan edi, chunki alanga dahlizga ham otilib chiqqan, nafas olish 
mushkullashgan edi. 
Sehrli kvartiraning oynalari singan derazalaridan tutun buruqsib chiqa boshlashi bilan hovlidan 
odamlarning jon holatda qichqirishgani eshitildi: 
— O‘t ketdi, yonyapmiz! 
Bu uydagi kvartiralarning ko‘pida odamlar telefon qilib chinqira boshlashdi. 
— Sadovaya! Sadovaya ko‘chasi, uch yuz ikki-bis! Shaharning har yog‘idai o‘kdek uchib 
kelayotgan uzunchoq qizil mashinalarning yuraklarni dahshatga soluvchi qo‘ng‘iroq sadolari Sadovaya 
ko‘chasida eshitilgan payt, hovlida zir yugurib yurgan odamlar beshinchi qavatdagi derazadan uchta 
erkakning va bitta yalang‘och ayolning qora sharpasi tutun bilan birga uchib chiqib ketganini ko‘rdilar. 
Yigirma sakkizinchi bob

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin