Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
211
Baqaloq odam primusini qo‘ltig‘iga qistirdi-da, ehrom shaklida uyulgan mandarinlarning eng 
cho‘qqisidagisini olib, hash-pash deguncha po‘choq-mo‘chog‘i bilan yeb yubordi, so‘ng ikkinchisini 
yeyishga kirishdi. 
Dahshat og‘ushiga tushgan sotuvchi ayolning rangida qoni qolmadi. 
— Jinni-minni bo‘lganmisiz, bu nima qiliq? — deb chinqirdi u, — chek uzating! Chek! — uning 
qo‘lidagi konfet kurakchasi tushib ketdi. 
— Jonginam, azizim, dilbarim, — deb xirilladi Korovyov peshtaxta osha engashib, sotuvchi ayolga 
ko‘z qisarkan, — yonimizda valyuta yo‘q, bugun... xo‘sh, iloj qancha? Lekin sizga ont ichib 
aytamanki, kelasi gal, dushanbadan kechiktirmay, hammasini naqd to‘laymiz. Biz shu yaqin o‘rtada 
turamiz. Sadovaya ko‘chasida, yong‘in bo‘layotgan yerda. 
Begemot uchinchi mandarinni yutib yuborib, dastpanjasini shokolad plitkalaridan tiklangan antiqa 
istehkomga cho‘zdi va uning «poydevor»idan bitta shokolad olib (turgan gapki «istehkom» vayron 
bo‘ldi), uni zar qog‘ozi bilan birga chaynamay yutib yubordi. 
Baliq sotilayotgan peshtaxta ortidagi sotuvchilar qo‘llarida pichoq ushlagancha toshday qotib 
qoldilar, binafsha rang palto kiygan ajnabiy bosqinchilar tomon o‘girilgan edi, Begemotning boyagi 
fikri noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi: binafsha rang paltolining ruxsorida yetishmovchilik emas, ortiqchalik 
mavjud edi — uning lunjlari osilgan, ko‘zlari olazarak edi. 
Rangi quv o‘chgan sotuvchi ayol butun magazinni boshiga ko‘tarib hasratli ovoz bilan chinqirdi: 
— Palosich! Palosich! 
Gazmol bo‘limidagi olomon bu ovozni eshitib, shu yoqqa otildi, Begemot esa jozibali 
shirinliklardan uzoqlashib, «Kerchning sarxil seld balig‘i» deb yozilgan bochkaga panjasini tikdi-da, 
ikkita selyodka olib, hash-pash deguncha ikkovini yutib yubordi, faqat baliqlarning duminigina tuflab 
tashladi. 
— Palosich! — deb yana jon-jahdi bilan qichqirdi shirinlik sotuvchi ayol, baliq bo‘limidagi 
cho‘qqisoqol sotuvchi esa: 
— Hoy, gazanda, nima qilyapsan-a? — deb baqirdi. Bu payt Pavel Iosifovich (ya’ni Palosich) 
mojaro ko‘tarilgan yerga shoshib kelayotgan edi. Bu xuddi jarrohlardek oppoq, top-toza xalat kiygan, 
xalati cho‘ntagidan qalam turtib chiqib turgan juda basavlat kishi edi. U aftidan ko‘pni ko‘rgan odam 
bo‘lsa kerak, Begemotning og‘zida uchinchi selyodkaning dumini ko‘rishi bilan, darhol yuz bergan 
vaziyatga mukammal tushundi-yu, bu sullohlar bilan aytishib o‘tirmasdan, uzoqda turgan 
eshikog‘asiga qo‘l siltab buyurdi: 
— Chal! 
Eshikog‘asi ko‘chaga o‘kday otilib chiqib, hushtagini vahimali churillata boshladi. Xalq ikki 
muttaham atrofini o‘rab oldi, shunda Korovyov gapga aralashdi. 
— Grajdanlar! — darz ketgan ovoz bilan chiyilladi u, — nimalar bo‘lyapti o‘zi bu yerda, a? Men 
sizlardan so‘rayapman! Bu bechora, — Korovyov ovozida titroq hosil qilib, Begemotni ko‘rsatdi (u 
darhol yig‘lamoqchi bo‘lganday basharasini bujmaytirdi), — bu bechora uzzukun primus tuzatib, qorni 
ochib qolgan bo‘lsa... lekin qayokdan olsin valyutani? 
Odatda fe’li vazmin va bamaylixotir Pavel Iosifovich Korovyovga jaholat bilan: 
— Bas qil maynabozchilikni! — deb baqirdi va endi sabrsizlik bilan eshikog‘asiga qo‘l silkidi. 
Shunda magazin eshigi oldida hushtak yana ham balandroq churillay boshladi. 
Lekin Korovyov Pavel Iosifovichning gaplaridan hech xijolat bo‘lmay gapida davom etdi: 
— Qayokdan olsin — men sizlardan so‘rayapman! Uning ochlikdan, tashnalikdan sillasi qurigan! 
Issiqdan nafasi qaytgan! Hay, yegan bo‘lsa, bor-yo‘g‘i uch tiyin turadigan bitta mandarin yepti bu 
sho‘rpeshona. Shunga darrov bulbuligo‘yo bo‘lib hushtak churillatish, militsiyani bezovta qilib, ishdan 
qo‘yish shart ekan-chi? Anavi yesa maylimi? A? — Korovyov shunday deb binafsha rang paltoli 
baqaloqni ko‘rsatgan edi, uning chehrasida qattiq hayajon alomatlari paydo bo‘ldi, — kim o‘zi bu? A? 
Qayoqdan kelgan? Nega kelgan!
 
Nima, ko‘zimiz uchib turuvdimi unga? Yo uni yurtimizga taklif 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin