Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
208
Shu zahoti odamlar pardaga chang solishib, uni dor-pori bilan birga yulib tushirishdi, natijada xona 
oftob nuridan yorishib ketdi. Lekin lo‘gtiboz mushuk ham, primus ham pastga tushmadi. Mushuk 
primusni mahkam changallagancha, bir sakrab, xona shiftining qoq o‘rtasiga osilgan qandilga sakrab 
o‘tdi. 
— Narvon! — deb qichqirishdi pastdagilar. 
— Duelga chaqiramai! — deb baqirdi mushuk odamlarning boshi uzra qandilni arg‘imchoq qilib 
ucharkan, ptu payt yana uning panjasida to‘pponcha paydo bo‘ldi, u primusni qandilning shoxlari 
orasiga joylab qo‘ydi. Keyin, odamlarning boshi uzra soatning kafgiri singari silkinarkan, ularga qarata 
tasirlatib o‘q uzib, butun kvartirani larzaga keltirdi. Billur qandilning siniqlari «duv» etib yerga 
to‘kildi, kamin ustida turgan toshoyna o‘rgimchak iniga o‘xshab darz ketdi, shift va devorning suvog‘i 
ko‘chib, chang ko‘tarildi, otilgan o‘q gilzalari yerga tushib har qayoqqa sochildi, deraza oynalari 
chirsillab sindi, o‘q teshgan primusdan benzin tizillab oqa boshladi. Endi mushukni tiriklayin qo‘lga 
olish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi, shunga ko‘ra, klegan odamlar uning boshini, qornini, 
ko‘kragi, yelkasini nishonga olib, mauzerlaridan patirlatib o‘q ota boshladilar. Bu otishma hovlidagi 
odamlarni vahimaga soldi. 
Lekin otishma juda oz vaqt davom etdi va o‘z-o‘zi-dan so‘na boshladi. Gap shundaki, bu 
otishmadan na mushuk, na uni tutgani kelgan odamlar shikastlandilar. Biron kimsa nainki o‘ldi, hatto 
jarohatlanmadi ham: odamlarning, shular qatori mushukning ham biron yeri aqalli tirnalgani ham yo‘q. 
Bu holdan odamlar hang-mang bo‘lishib, qandilda arg‘imchoq uchib, to‘pponchasining og‘ziga 
puflayotgan mushukka tikilgancha lol bo‘lib qoldilar. Bu — otishma mutlaqo ziyon yetkazmagan 
dunyodagi yagona hodisa edi. To‘g‘ri, masalan, mushukning to‘pponchasini o‘yinchoq to‘pponcha deb 
faraz qilish mumkin edi, lekin odamlarning qo‘llaridagi mauzerlar haqida sira-sira bunday o‘ylash 
mumkin emas. Mushukning birinchi jarohati, shuningdek, uning benzin ichishi g‘irt nayrangbozlik va 
mug‘ambirlik bo‘lganiga endi hech shubha qolmagan edi. 
Mushukni qo‘lga tushirishga yana bir marta urinib ko‘rdilar. Unga qarata sirtmoqli arqon otishdi, 
lekin sirtmoq qandilning bir shamdoniga ilindi-yu, qandil uzilib gursillab tushdi. Natijada, butun uy 
larzaga kelgandek bo‘lib tuyuldi, lekin bundan ham naf chiqmadi. Odamlar boshiga qandil siniqlari 
duv etib to‘kil-di, mushuk esa bir sakrashda kamin ustida turgan toshoynaning zarhal ramkasi ustiga 
uchib o‘tdi. U qochishni xayoliga ham keltirmas, aksincha, bexavotir joyga chiqib olib, yana bir marta 
nutq so‘zlay boshladi. 
— Hecham tushunolmayapman, — derdi u shift ostida turib, — nima uchun menga bunday qo‘pol 
muomala qilyapsizlar... 
Xuddi shu payt mushukning endi boshlangan nutqini allaqaerdan eshitilgan salobatli, yo‘g‘on bir 
ovoz bo‘ldi: 
— Nima bo‘lyapti o‘zi bu yerda? Mashg‘ulotimga kim xalal beryapti? 
Boshqa bir xunuk va manqa ovoz unga javob qildi: 
— La’nati Begemotdan boshqa kim bo‘lardi! O‘shada! 
Echkinikiga o‘xshash titroq uchinchi ovoz dedi: 
— Messir! Bugun shanba. Kun botmoqda. Vaqt bo‘ldi. 
— Kechirasizlar, ortiq suhbatlasha olmayman, — dedi toshoyna ramkasida o‘tirgan mushuk, — 
vaqtimiz ziq. — U to‘pponchani uloqtirib derazaning ikki qavatli oynasini sindirdi. Keyin pastga 
benzin sepgan edi, benzin o‘z-o‘zidan pov etib yonib, alangasi shu zahoti shiftga yetdi. 
Hattoki benzin yonganda ham bunchalik jadal va kuchli o‘t olmaydi. Gulqog‘ozlar tutay boshladi, 
yerga tortib tushirilgan deraza pardasi yonar, oynasi sindirilgan derazalar buruqsirdi. Mushuk 
miyovlab, g‘ujanak bo‘ldi va bir sakrashda toshoyna ustidan uchib derazaga borib tushdi va qo‘ltig‘ida 
primusi bilan tashqariga otilib chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Tashqaridan o‘q ovozlari eshitildi. Zargar 
bevasining derazasi ro‘parasida, o‘t o‘chiruvchilar uchun mo‘ljallangan temir zinada o‘tirgan odam 
mushukni o‘qqa tutdi, bu mahal mushuk «P» shaklidagi bu imoratning muyulishidagi tarnovga yetib 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin