Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
207
— Zinadan oyoq tovushlari eshitilyaptimi? — deb so‘radi Korovyov chashkasidagi qahvani 
qoshig‘i bilan kavlab o‘tirarkan. 
— E, bizni qamoqqa olgani kelishyapti, — deb javob qildi Azazello va qadahchadagi konyakni 
ichib yubordi. 
— Qani, qani, ko‘raylik-chi, — dedi Korovyov bunga javoban. 
Bu mahal pod’ezd eshigidan kirganlar zinadan uchinchi qavat maydonchasiga chiqib kelgan edilar. 
Bu yerda ikki nafar vodoprovodchi isitish quvuri oldida g‘ivirsirdi. Zinadan chiqib kelganlar 
vodoprovodchilar bilan ma’nodor ko‘z urishtirib olishdi. 
— Hammalari uyda, — deb pichirladi vodoprovodchilardan biri bolg‘achasi bilan quvurga urib-urib 
qo‘yarkan. 
Shunda oldinda kelayotgan odam paltosi ichidan qora mauzer chiqardi, uning yonidagi ikkinchi 
odam — qo‘ynidan temir ochqich oldi. Umuman, 50-kvartiraga chiqib kelayotganlar puxta qurollangan 
edilar. Ikki kishining cho‘ntagida oson yoyiluvchi ingichka ipak to‘r bor edi. Yana bittasida — arqon, 
bittasida — doka niqoblar bilan xloroformli ampulalar bor edi. 
50-kvartiraning eshigini tez va oson ochishdi, hamma kelganlar dahlizga kirishdi, ayni paytda 
oshxonada eshik «qars» etib ochildi, bu — xufiya yo‘ldan chiqqan ikkinchi to‘daning ham o‘z vaqtida 
yetib kelganidan darak berdi. 
Bu gal qisman bo‘lsa ham omad yurishi aniq edi. Odamlar bir zumda hamma xonalarga tarqalishdi-
yu, lekin hech yerda hech kimni uchratishmadi, faqat yemakxonada hozirgina yeyilgan nonushtaning 
qoldig‘ini, mehmonxonada esa kamin tokchasida billur ko‘za yonida primus ushlab cho‘qqayib 
o‘tirgan bahaybat bir qora mushukni ko‘rishdi. 
Mehmonxonaga kirganlar bu mushukka mahliyo bo‘lib uzoq vaqt sukutga cho‘mib turib qoldilar. 
— X,a-a... chindanam antiqa hol — deb shipshidi kirganlardan biri. 
— Sho‘xlik, qitmirlik qilmayman, primus tuzataman, — dedi mushuk tumshaygancha, — yana, 
mushuk zoti eng qadimiy va daxlsiz maxluq, deb ogoxlantirib qo‘yishni ham o‘z burchim deb bilaman. 
Nihoyatda nozik ishlangan, — deb pichirladi xonaga kirganlardan biri. 
— Qani, og‘zi qimirlamay so‘zlovchi daxlsiz mushuk janoblari bu yoqqa marhamat qilsinlar. 
Shu zahoti ipak to‘r «shuv» etib havoda yoyildi, lekin to‘r otgan odam nishonni mo‘ljalga ololmay, 
hammani hayratda qoldirdi, to‘r billur ko‘zaga ilindi, ko‘za yerga tushib chil-chil sindi. 
— Yutqizdingiz, — deb baqirdi mushuk, — ura! — shundan keyin primusni bir chetga qo‘yib, 
orqasidan to‘pponcha chiqardi-da, zum o‘tmay o‘ziga yaqin turgan odamni nishonga oldi. Lekin 
mushuk o‘q otishga ulgurmasdan oldin u odamning qo‘lidagi mauzerdan o‘t chaqnadi va shu onning 
o‘zida mushuk panjasidan to‘pponchani tushirib yuborib, primusni tashlab, pastga sho‘ng‘idi va «tap» 
etib yerga tushdi. 
— Adoyi tamom bo‘ldim, — dedi mushuk zaif ovoz bilan va o‘z qoniga belanib chalqancha yotdi, 
— bir zumgina menga yaqinlashmanglar, zamin bilan vidolashishimga imkon beringlar. O, qadrdonim 
Azazello! — deb ingradi qoniga belanib yotgan mushuk. — Qaerdasan? — Mushuk so‘nib borayotgan 
ko‘zlarini yemakxona eshigi tomon qaratdi, — g‘irrom jang paytida menga yordamga kelmading. Sen 
bir stakan asl nav konyak deb bechora Begemotdan yuz o‘girding! Ha, mayli, mening o‘limimga 
zomin bo‘lsang ham, senga to‘pponchamni vasiyat qilib qoldiraman... 
— To‘r, to‘r, to‘r tashlanglar, — bezovta bo‘lib pichirlashdi mushukning atrfoida turganlar, lekin 
aksiga yurib, to‘r kimningdir cho‘ntagiga ilinib qolgan va hadeganda chiqmasdi. 
— Og‘ir jarohatlangan mushukka faqat, — dedi mushuk, — bir qultumgina benzin najot berishi 
mumkin... — Shunda u odamlarning sarosimada qolganida foydalanib, primusning doira teshigiga 
og‘zini olib bordi va ichidagi benzinni qultullatib ichdi. Shu zahotiyoq uning chap qo‘ltig‘idan 
oqayotgan qon taqqa to‘xtadi. U tetik, sog‘lom bo‘lib «dik» o‘rnidan turdi va primusni qo‘ltig‘iga 
qistirgancha, yana kamin ustiga sakrab chiqdi, so‘ng devorga yopishtirilgan gulqog‘ozlarni timdalab 
yirtib, hash-pash deguncha parda ilingan karniz ustiga chiqib oldi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin