Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
204
solmay qo‘ygan edi. 
— Ayting-chi, Ivan Nikolaevich, Berlioz tramvay tagiga yiqilib tushganida siz turniketdai 
uzoqdami-dingiz ? 
Ivan negadir beparvolik bilan sezilar-sezilmas jilmayib qo‘ydi-da, javob qildi: 
— Men uzoqda edim. 
— Anavi katak kamzul kiygan turniket oldida turganmidi? 
— Yo‘q, u sal nariroqdagi skameykada o‘tirgan edi. 
— Berlioz yiqilib tushganida uning turniket oldiga bormaganini aniq eslaysizmi? 
— Eslayman. Borgani yo‘q. U yastanib o‘tirgan edi. Tergovchi boshqa savol bermadi. U Ivanushka 
bilan qo‘l berib xayrlasharkan, tezroq tuzalib keting, dedi va tez kunlarda uning yangi she’rlarini 
o‘qishiga umid bildirdi. 
— Yo‘q, — ohista javob qildi Ivan, — men endi hech qachon she’r yozmayman. 
Tergovchi muloyim jilmayib qo‘yib dedi: 
— Hozir siz bir oz ruhan siqilgansiz, lekin aminmanki, bu hol hademay o‘tib ketadi. 
— Yo‘q, — dedi Ivan tergovchiga emas, so‘nib borayotgan olis ufqqa tikilib, — bu hol endi hech 
qachon tugamaydi. Men yozgan she’rlar — yomon she’rlar, buni men endi tushundim. 
Tergovchi g‘oyat muhim dalillar olib jo‘nab ketdi. Yuz bergan voqealar tizmasining oxiridan 
boshiga qarab birma-bir tekshirish natijasida, nihoyat hodisalarning sarchashmasi topildi. Bu 
hodisalarning hammasi Patriarx ko‘lida yuz bergan qotillikdan boshlanganiga endi shubha qolmagan 
edi. To‘g‘ri, Ivanushka ham, anavi katak kamzulli ham MASSOLITning baxtiqaro raisini tramvay 
tagiga itarib yubormagan, xullas, hech kim uning tramvay ostiga dumalab tushishida jismoniy hissa 
qo‘shmagan edi. Lekin tergovchi, Berlioz gipnoz qilingan bo‘lgani uchun o‘zini tramvay tagiga 
tashlagan (yoki yiqilib tushgan) deb qat’iy ishonardi. 
Ha, material yetarli darajada edi, endi kimlarni qaerdan tutish kerakligi ham ma’lum edi. Biroq 
hamma balo shundaki, aybdorlarni hech tutib bo‘lmayotgan edi. O‘sha xudo qarg‘agan 50-kvartirada, 
shubhasiz, kimlardir bor edi. Ba’zi-ba’zida telefon qo‘ng‘irog‘iga u kvartiradan kimdir g‘ijirlovchi 
manqa ovoz bilan javob qilardi, ahyon-ahyonda kvartiraning derazalari ochilib qolar, hattoki, u yerdan 
patefon ovozi ham eshitilardi. Lekin har gal tekshirgani borishganda, u kvartirada zog‘ni ham uchrata 
olmasdilar. Holbuki, u yerga bir emas, bir necha marta, kunduzi ham, kechasi ham borib ko‘rishgan 
edi. Buning ustiga, kvartira ichida to‘r ko‘tarib yurishib, uning burchak-burchaklarini ham sinchiklab 
tekshirishdi. Bu kvartira o‘zi ko‘pdan shubha ostiga olingan edi. Shu bois nainki darvozaxona va hovli 
orqali unga kiradigan yo‘lni, shuningdek, orqa eshikni ham qo‘riqlay boshlashdi, bundan tashqari, 
tomdagi mo‘rkon og‘ziga ham soqchi qo‘yildi. Ha, 50-kvartira beboshlik qilar, ammo uning tanobini 
tortib qo‘yishning hech iloji bo‘lmayotgan edi. 
Vaziyat hech o‘zgarishsiz, shunday qolaverdi, nihoyat, jumadan shanbaga o‘tar kechasi qoq yarim 
tunda egniga bazm libosi, oyog‘iga loklangan tufli kiygan baron Maygel 50-kvartiraga tantanali 
vaziyatda mehmon bo‘lib keldi. Eshikni ochib, baronni kvartiraga kiritishgani eshitildi. Shu voqeadan 
so‘ng rosa o‘n daqiqa o‘tgach, hech qanday qo‘ng‘iroq qilmay, kvartiraga bostirib kirishdi, ammo u 
yerda nainki uy sohiblarini uchratishdi, balki (bunisi endi aql bovar qilmaydigan hol edi) baron 
Maygelning arvohi ham qolmaganiga shohid bo‘lishdi. 
Shunday qilib, yuqorida aytganimizdek, vaziyat shanba kunning sahariga dovur hech o‘zgarishsiz 
qolaverdi. Bu paytga kelib, yangi va juda qiziqarli ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Moskva aerodromiga 
Qrimdan uchib kelgan olti o‘rinli passajir samolyoti qo‘ndi. Boshqa yo‘lovchilar qatori undan juda 
antiqa yo‘lovchi ham tushdi. Bu uch-to‘rt kundan beri yuziga suv tegmagan, soqol-mo‘ylovi o‘sib 
tikanak bo‘lgan, yallig‘langan ko‘zlari olazarak boquvchi, qo‘lida hech qanday yuki yo‘q va nihoyatda 
alomat kiyingan yigit edi. U boshiga papoq, egniga tungi ko‘ylagi ustidan charm chakmon, oyog‘iga 
ko‘k rangli, endigina sotib olingan yap-yangi shippak kiygan edi. Samolyot zinasidan tushib ikki 
qadam yurar-yurmas uni kutib olishdi va yana bir oz vaqtdan so‘ng Varetening butun Moskvaga 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin