Yigirma yettinchi bob
50-KVARTIRANING TUGATILIShI
Margarita «... nison oyining o‘n beshinchi tongini shunday qarshi olgan edi Iudeyaning beshinchi
prokuratori Pontiy Pilat» degan jumla bilan yakunlanuvchi bobning nihoyasiga yetganida tong otgan
edi.
Chumchuqlar galasi hovlidagi oqtol va jo‘ka shoxlariga qo‘nib olib, sho‘x va hayajonli suhbat
boshlagan edi.
Margarita oromkursidan turib kerishdi, shundagina butun vujudi qaqshayotganini va uyqu
elitayotganini his qildi. Biroq uning ruhi g‘oyatda tetik edi. Fikrlari parishon emas, bugungi tunni
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
201
g‘ayritabiiy tarzda o‘tkazgani uni aslo bezovta qilmas edi. Margaritaning shaytonlar bazmida bo‘lgani
ham, qandaydir mo‘‘jizaviy tarzda ustani qaytarib berishgani ham, quyib kul bo‘lgan romanning qayta
paydo bo‘lgani ham, podvaddagi ikki xonalik kvartiradan badkirdor Aloiziy Mogarich quvilib, hamma
narsa yana o‘z joyida qaror topgani ham uni aslo hayajonga solmagan edi. Xullas, Voland bilan
tanishuv unga hech qanday ruhiy ziyon yetkazmadi. Hamma narsa xuddi risoladagidek bo‘ldi.
Margarita narigi xonaga o‘tib, ustaning orombaxsh, mast uyquda yotganini ko‘rdi, bekorga yonib
turgan stol ustidagi chiroqni o‘chirdi-da, qarama-qarshi devor tagidagi ustiga eski va yirtiq choyshab
yozilgan divanchaga cho‘zildi. Bir daqiqadan keyin uxlab ketdi, ammo o‘sha kuni ertalab u hech
qanday tush ko‘rmadi. Podvaldagi ikki xona sukutda, podval ustidagi mo‘jazgina uy ham sukutga
tolgan, xilvat tor ko‘cha ham suv quygandek jimjit edi.
Ammo bu mahal, ya’ni shanbaga o‘tar kuni tong pallasida Moskvadagi bir muassasa joylashgan
binoning butun bir qavati bedor edi, uning asfalt yotqizilgan keng maydonga (maxsus mashinalar
ohista yurib suv sepayotgan va supurayotgan maydonga) ochiladigan derazalarida chiroqlar endigina
bosh ko‘tarib kelayotgan quyosh shu’lasi bilan bas boylamoqchi bo‘lganday charaqlab yonib turardi.
Butun qavat Voland ishi yuzasidan boshlangan tergov bilan mashg‘ul va bu yerdagi o‘nta xonaning
hammasida tuni bilan chiroq yonib chiqqan edi.
Sirasini aytganda, faqat kecha, juma kuni, Varete teatrining ma’murlari g‘oyib bo‘lish oqibatida
hamda undan bir kun oldin o‘tkazilgan jodugarlik seansi paytida yuz bergan har xil noma’qulchiliklar
tufayli teatrni yopishga to‘g‘ri kelgandan keyingina masala oydinlashdi. Lekin gap shundaki, shundan
keyin ham idoraning uyg‘oq qavatiga yangidan-yangi materiallar to‘xtovsiz kelib turdi.
Tergov olib borayotganlar endilikda g‘irt maynavozchilikning (yana allaqanday sehrli fokuslar va
mutlaqo oshkora jinoyatlar bilan omixta bo‘lgan maynavozchilik) hidi kelib turgan bu o‘ta g‘aroyib
ishga Moskvaning turli tomonida yuz bergan turli xil, chalkash ishlarni bog‘lab, yagona hodisa sifatida
ish ko‘rishlari lozim edi.
Elektr chiroqlari bilan charog‘on bu uyg‘oq qavatga birinchi bo‘lib chaqirilgan odam akustika
komissiyasining raisi Arkadiy Appollonovich Sempleyarov bo‘ldi.
Uning Toshko‘prik yaqipidagi uyga joylashgan kvartirasida juma kuni tushlikdan keyin telefon
jiringlab, bir erkak ovozi Arkadiy Appollonovichni so‘radi. Telefon trubkasini ko‘targan Arkadiy
Lpollonovichping xotini ma’yus ohangda erining betob bo‘lib yotgani va telefonga kela olmasligini
aytdi. Lekin shunga qaramay Arkadiy Apollonovich trubkani olishga ajbur bo‘ldi. Arkadiy
Apollononichni kim, qaerdan so‘rayapti, deb berilgan savolga telefonda juda qisqa javob qilishdi.
— Mana, hozir... bir zumgina... bir daqiqa sabr qiling... — deb g‘o‘ldiradi akustika komissiyasi
raisining odatda o‘ta takabbur xotini va Arkadiy Apollonovichni o‘rnidan turg‘azish uchun
yotoqxonaga o‘qday otilib kirdi: Sempleyarov kecha teatrda berilgan seans va seansdan so‘ng uyida
kechasi boshlangan mash-mashadan (bu mashmasha bahonasi bilan saratovlik qiz-jiyani kvartiradan
haydab chiqarildi) ichini it tirnab, iztirob chekib yotardi.
To‘g‘ri, bir zumda ham emas, lekin bir daqiqada ham emas, balki chorak daqiqa deganda Arkadiy
Apollononich ichki ko‘ylak-ishtonda, chap oyog‘ida bir poy tufli oilan telefon oddida paydo bo‘lgan
va:
— Ha, bu men... eshitaman, xo‘p bo‘ladi... — deb g‘o‘ldiray boshlagan edi.
Bu mahal uning umr yo‘ldoshi, sho‘rlik Arkadiy Apollonovichnipg oshkor bo‘lgan jirkanch
bevafoligini ham unutib yuborib, dahlizga ochiladigan eshikdan qo‘rqa-pisa mo‘ralarkan, erining bir
poy tuflisini havoda silkigancha:
— Tuflingni kiyib ol, tuflingni... Oyog‘ingdan zax o‘tadi, — deb pichirlardi, bunga javoban
Arkadiy Aiollonovich yalangoyog‘i bilan shattalab xotinini haydar, unga o‘qrayib qo‘yarkan, trubkaga
g‘o‘ldirab derdi:
— Ha, ha, ha, bo‘lmasam-chi, tushunaman... Hozir yetib boraman.
Arkadiy Apollonovich bugun oqshomni tergov borayotgan qavatda o‘tkazdi. Suhbat nihoyatda
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
Dostları ilə paylaş: |