Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
226
balkondan kirib kelgan qora sharpaga sinchiklab tikildi va yostikdan boshini ko‘tarib, unga qo‘llarini 
uzatdi-da, shodlanib dedi: 
— Ie, sizmisiz? Men bo‘lsam qachondan beri kutib yotibman. Kelganingiz yaxshi bo‘ldi, 
qo‘shnijon. 
— Ha, shu yerdaman! — dedi unga javoban usta. — Lekin, taassufki, sizga ortiq qo‘shni bo‘la 
olmayman. Men butunlay uchib ketyapman, siz bilan vidolashgani keldim. 
— Men buni bilardim, sezgan edim, — ohistagina dedi Ivan va so‘radi: — Siz uni uchratdingizmi? 
— Ha, — dedi usta, — shuning uchun ham siz bilap vidolashgani keldimki, keyingi paytda faqat 
siz mening yagona suhbatdoshim edingiz. 
Ivanushkaning ko‘ngli yorishib dedi: 
— Xonamga uchib kirganingiz yaxshi bo‘ldi. Men albatta so‘zimning ustidan chiqaman, endi hech 
qachon she’r yozmayman. Meni endi boshqa narsa qiziqtirib qoldi, — Ivanushka jilmayib, telba 
ko‘zlarini qayoqlargadir tikdi, — boshqa narsa yozmoqchiman. Bilasizmi, bu yerda yotganimda ancha-
muncha narsaga tushundim. 
Usta bu so‘zlarni eshitib hayajonlandi va Ivanushkaning to‘shagiga omonatgina o‘tirib gap 
boshladi: 
— Bu gapingiz yaxshi, juda yaxshi. Demak, uning to‘g‘risidagi asarning davomini yozasiz! 
Ivanushkaning ko‘zlari chaqnab ketdi. 
— Nima, o‘zingiz yozmaysizmii? — shunday deb u boshini xam qildi va o‘ychanlik bilan ilova 
qildi: — Ha-ya... nimaga buni so‘radim, — Ivanushka ko‘z qiri bilan qo‘rqa-pisa yerga qaradi. 
— Ha, — dedi usta, uning bo‘g‘iq ovozini Ivaiushka taiimadi, — uning to‘g‘risida boshqa 
yozmayman endi. Men boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘laman. 
Uzokdan eshitilgan hushtak momaqaldiroq gumburini bosib ketdi. 
— Eshityapsizmi? — so‘radi usta. 
— Momaqaldiroq gumburlayapti... 
— Yo‘q, meii chorlashmoqda — ketadigan payt bo‘ldi, — deb izohladi usta va o‘rnidan turdi. 
— To‘xtang! Yana bir og‘iz so‘z, — dedi Ivan, — siz o‘sha ma’shuqangizni topdingizmi? Sizga 
vafodorligicha qoliptimi u? 
— Mana u, — deb javob qildi usta va devorga ishora qildi. Qora kiygan Margarita oppoq devordan 
ajralib, bemorning tepasiga yaqinlashdi. U karavotda yotgan yigitga mahzun ko‘zlarini tikdi. 
— Sho‘rlik yigit, — deb tovushsiz pichirladi Margarita va bemor ustiga engashdi. 
— Judayam go‘zal ekan, — dedi Ivan behasad, ammo bir oz hasrat va qandaydir ayanch bilan, — 
ana ko‘rdingizmi, hamma armoningiz ushalipti. Ammo menda unday bo‘lmadi, — shunday deb u 
o‘ylanib qoldi va o‘ychanlik bilan ilova qildi: — Balkim shunday bo‘lgani ma’quldir... 
— Ha, ha, — deb pichirladi Margarita bemor ustiga yana ham pastroq engasharkan, — mana, hozir 
men peshonangizdan o‘paman-u, keyin hamma narsa ko‘nglingiz tusagandek bo‘ladi... gapimga 
ishonavering, bularning hammasini o‘z boshimdan kechirganman, hammasidan voqifman. 
Karavotda yotgan yigit Margaritaning bo‘ynidan quchdi, shunda Margarita uni o‘pib oldi. 
— Alvido, shogirdim, — dedi usta eshitilar-eshitilmas va havoda eriy boshladi. U, u bilan birga 
Margarita ham g‘oyib bo‘lishdi. Balkon panjarasi yopildi. 
Ivanushka bezovtalana boshladi. U o‘rnidan turib o‘tirdi, atrofiga olazarak bo‘lib qarab, hatto 
ingrab ham qo‘ydi, o‘zicha bir nimalarni g‘o‘ldirab o‘rnidan turdi. Momaqaldiroq tobora zo‘raya 
borardi, chamasi uning qalbiga g‘uluv solgan narsa ham shu momaqaldiroq bo‘lsa kerak. Ivanni 
bezovta qilgan yana bir narsa shu bo‘ldiki, uning shifoxona yo‘lagidagi doimiy sokinlikka ko‘nikib 
qolgan qulog‘iga hozir eshik orqasidan bezovta oyoq tovushlari, g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar eshitilgan 
edi. 
— Praskovya Fyodorovna! — deb chaqirdi u asabiylashib va titrab-qaqshab. 
Shu zahotiyoq xonaga kirib kelgan Praskovya Fyodorovna Ivanushkaga savol ma’nosida 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin