Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
72
o‘zlashtirganki, bu narsa sehrgarlik seansining eng qiziqarli qismida, ya’ni sehrgarlik texnikasini fosh 
etish paytida sizlarga oydinlashadi, ammo bizlar texnika va uning fosh etilishi tarafdori bo‘lganimiz 
sababli janob Volapdni sahnaga taklif qilamiz! 
Bengalskiy shu tuturiqsiz nutqini javrab bo‘lib, ikki kaftini bir-biriga chalishtirgancha, parda 
oralig‘iga tiqib silkiy boshlagan edi, parda ohista shirillab ikki tomonga ochildi. 
Sehrgarning o‘z daroz yordamchisi hamda orqa oyoqlarida yuruvchi mushugi bilan sahnaga chiqib 
kelishi xalqqa juda manzur bo‘ldi. 
— Menga kreslo qo‘ying, — deb buyurdi Voland sekingina, shu zahotiyoq sahnada qayokdandir 
kreslo paydo bo‘ldi-yu, sehrgar unga borib o‘tirdi, — ayt-chi menga, azizim Fagot, — deb yuzlandi 
Voland katak kamzulli masxarabozga (chamasi, uning «Korovyov»dan boshqa ham ismi bor bo‘lsa 
kerak), — sen nima deysan, Moskva nufuzi tabiatida ancha o‘zgarish sodir bo‘lgan-a? 
Sehrgar kresloning osmondan tushganini ko‘rib dong qotib qolgan olomonga qaradi. 
— Xuddi shunday, messir, — ohista javob qildi Fagot-Korovyov. 
— Gaping to‘g‘ri. Shahar aholisi zohiran juda o‘zgarib ketipti, ayni paytda, menimcha, shaharning 
o‘zi ham. Kiyim-boshlar to‘g‘risida-ku gapirmasa ham bo‘ladi, lekin men... haligi... nimaydi... 
tramvay, avtomobillarni nazarda tutyapman. 
— Avtobuslarniyam, — iltifot bilan ilova qildi Fagot. 
Xalq, bu suhbat — sehrgarlikning muqaddimasi bo‘lsa kerak, deb o‘ylab, uni diqqat bilan tinglardi. 
Sahna orqasida artistlar, sahna ishchilari g‘ij-g‘ij bo‘lib ketgan edi, ularning basharalari orasida 
Rimskiyning bo‘zday oqargan tajang yuzi ham ko‘zga tashlanardi. 
Sahna yoniga turib olgan Bengalskiyning chehrasida taajjub alomatlari paydo bo‘ldi. U bir qoshini 
xiyol chimirdi-da, pauzadan foydalanib gapira boshladi: 
— Xorijdan kelgan artist, texnika jihatidan rivojlangan Moskvamizga, shuningdek, Moskva 
aholisiga tahsin o‘qimoqda, — shunday deb Bengalskiy ikki marta: oldin parterdagilarga, keyin 
galereyaga qarab, jilmaydi. 
Voland, Fagot va mushuk konferanse tomonga o‘girildilar. 
— Nima, men tahsin o‘qidimmi? — so‘radi sehrgar Fagotdan. 
— Aslo, messir, siz hech kimga hech qanday tahsin o‘qimadingiz, — deb javob qildi u. 
— Bo‘lmasa, nima deb javrayapti manavi odam? 
— U shunchaki yolg‘on gapirdi! — butun teatr eshitadigan yangroq ovoz bilan dedi katak kamzulli 
yordamchi va Bengalskiyga o‘girilib ilova qildi: — Tabriklayman sizni, yolg‘onchi grajdanin! 
Galereyada kulgi ko‘tarildi, Bengalskiy bir seskanib, ko‘zlarini chaqchaytirdi. 
— Lekin meni ko‘proq qiziqtirgan g‘oyatda muhim masala, albatta, avtobuslar, telefonlar va 
hokazolar. 
— Apparatlar! — deya eslatdi katak kamzul. 
— Judayam to‘g‘ri, minnatdorman, — deb yo‘g‘on ovoz bilan ohista gapida davom etdi sehrgar, — 
... apparatlar emas, balki shahar aholisining doxilan qanchalik o‘zgarganligidir! 
— Ha, bu nihoyatda muhim masala, taqsir. 
Sahna orqasida turganlar bir-birlariga qarab qo‘yib, taajjubda yelka qisa boshladilar. Bengalskiy 
lavlagiday qizarib, Rimskiy dokaday oqarib ketdi. Lekin shu mahal sehrgar boshlanib kelayotgan 
hayajonni his qildi shekilli, bunday dedi: 
— Darvoqe, azizim Fagot, gapga berilib ketib, buyoqda xalqni zeriktirib qo‘yibmiz-u. Qani, 
boshlanishiga bironta odmiroq hunaringni ko‘rsatchi bizga.. 
Zal yengil tin olib, bir qo‘zg‘alib qo‘ydi. Fagot bilan mushuk rampa* yoqalab ikki tomonga 
ketishdi. Fagot barmokdarini shaqillatgancha: 
— U, to‘rt! — deb sho‘x qichqirdi-da, havodan bir dasta qarta ilib oldi, so‘ng uni chiylab turib, 
uzun lenta qilib mushukka uzatdi. Mushuk uni ilib olib, xuddi shu tarzda Fagotga qaytardi. Atlas qarta 
ilondek vishilladi, Fagot og‘zini xuddi polapondek ochgancha, bir dasta qartani bitta-bittadan yutib 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin