Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
80
Eshikdan Praskovya Fyodorovna mo‘ralab, Ivandan hol-ahvol so‘radi, so‘ng undan, qorong‘ida 
uxlashni xohlaysizmi, yo yorug‘dami, deb so‘radi. Ivan chiroqni o‘chirmaslikni iltimos qildi, shundan 
keyin Praskovya Ivanovna bemorga yaxshi tush ko‘rishni tilab, bu yerdan uzoqlashdi. Hammayoq 
sukutga cho‘mdi, shunda mehmon yana xonaga kirdi. 
— 119-xonaga baq-baqaloq, ikki yuzi qip-qizil yangi bir bemorni yotqizishdi, — dedi u pichirlab. 
— Qiziq, u nuqul ventilyatsiya tuynugiga qo‘yilgan allaqanday valyutalar haqida, yana Sadovaya 
ko‘chasidagi o‘zi yashab turgan uyni jinlar maskan qilib olgani haqida labi-labiga tegmay javrab 
yotipti. Pushkinni bo‘ralab so‘kyapti deng, keyin ikki gapning birida: «Kurolesov, bis-bis!» — deb 
baqirib qo‘yadi deng. 
U hayajonlanganidan bir seskanib qo‘ydi. Keyin ko‘ngli bir oz taskin topib, kursiga o‘tirdi-da: — 
Hay, havolasi xudoga, — deb Ivan bilan boshlagan suhbatini davom etdirdi: — Xo‘sh, bu yerga 
tushishingizga nima sabab bo‘ldi? 
— Sabab Pontiy Pilat, — dedi Ivan yerga xomush tikilarkan. 
— Nima?! — ehtiyotkorlikni ham unutib baqirib yubordi mehmon va darhol kafti bilan og‘zini 
to‘sdi.— Qanday g‘ayritabiiy o‘xshashlik! O‘tinaman, o‘tinib so‘rayman, bir boshdan aytib bering! 
Ivan negadir bu noma’lum odamga e’tiqod qildi va kecha Patriarx ko‘li bo‘yida yuz bergan 
hodisani, avvaliga cho‘chinqirab, tutila-tutila, so‘ng esa dadil, ravon hikoya qila boshladi. Ha, Ivan 
Nikolaevich mana shu kalit o‘g‘irlagan mavhum shaxs timsolida nihoyat muruvvatli tinglovchini 
uchratgan edi! Mehmon Ivanni jinniga yo‘ymadi, uning hikoyasini nihoyatda zo‘r qiziqish bilan 
tinglarkan, bora--bora bayonidan hayratga keddi. U dam-badam shunday xitoblar bilan Ivanning 
so‘zini bo‘lardi: 
— Xo‘sh, xo‘sh! U yog‘ichi, u yog‘ini ayting, o‘tinaman sizdan. Faqat, avliyoyu anbiyolar haqqi, 
hech nimani tushirib qoldirmay, mufassal hikoya qiling! 
Ivan ham mufassal hikoya qilardi, zero unga shu tarzda hikoya qilish qulayroq edi, mana, nihoyat u 
Pontiy Pilatning alvonrang astarli oq ridoda balkonga chiqqan yeriga yetdi. 
Shunda mehmon xuddi ibodat qilayotganday kaftini kaftiga qo‘yib pichirladi: 
— O, to‘g‘ri topgan ekanman! O, hammasi to‘g‘ri chiqyapti! 
Mehmon Berliozning mudhish o‘limi ta’rifini eshitgach, ko‘zlarida jaholat uchquni chaqnadi va 
shunday mubham gap qildi: 
— Faqat bir narsaga: o‘sha Berliozning o‘rnida tanqidchi Latunskiy yoki adabiyotchi Mstislav 
Lavr-vich bo‘lmaganiga taassuf qilaman, — so‘ng qattiq g‘ijinib, tovushsiz chinqirdi: — Davom eting! 
Konduktorga kira haqi uzatgan mushuk haqidagi hikoya mehmonning ko‘nglini chog‘ qilib 
yubordi, u o‘z qissaxonligidan zavqlanib ketgan Ivanning, mo‘ylovi ostida tanga pul tishlagan 
mushukni tasvirlab, o‘tirgan o‘rnida ohista sakrashini kuzatarkan, ichagi uzilgudek bo‘lib tovushsiz 
rosa kuldi. 
— Shu tarzda bu yerga kelib qoldim, — dedi Ivan Griboedovda yuz bergan voqeani so‘zlab bo‘lib 
va yana ruhi tushib, o‘shshayib oldi. 
Mehmon sho‘rlik shoirga achinib, uning yelkasiga qo‘lini qo‘ygancha dedi: 
— Baxtiqaro shoir! Ammo, azizim, hammasiga o‘zingiz aybdorsiz. U bilan bunchalik betakalluf, 
hatto surbetlarcha muomala qilmaslik kerak edi. Mana endi azobini tortyapsiz. Haliyam osongina 
qutulibsiz, shukur qiling. 
— Axir kim o‘zi u? — mushtlarini hayajon bilan silkib so‘radi Ivan. 
Mehmon unga tikilib turib savoliga savol bilan javob qildi: 
— Aytsam, hayajonlanmaysizmi? Bu yerda biz hammamiz shubhali odamlarmiz... Doktor 
chaqirish, ukol qildirishu yana shunga o‘xshagan dahmazalar bo‘lmaydimi? 
— Yo‘q, bo‘lmaydi! — dedi Ivan. — Aytaqoling, kim o‘zi u? 
— Ha, yaxshi, — javob qildi mehmon va har bir so‘zini keskin va dona-dona qilib dedi: — Kecha 
Patriarx ko‘li yoqasida siz shayton bilan uchrashgansiz. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin