Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
83
Nastarin hidi gupillab kirardi! Miyamning charchog‘i ham qolib, o‘zimni qushday yengil his 
qilardim, Pilat haqidagi romanim ham shig‘illagancha oxirlab borayotgan edi... 
— Qizil astarli oq rido! Tushunaman! — dedi Ivan. 
— Topdingiz! Shtlat shig‘illagancha oxirlab, ha, oxirlab borayotgan edi va men endi uning: «... 
Iudeyaning beshinchi prokuratori, chavandoz Pontiy Pilat», degan so‘zlar bilan yakunlanishini 
bilardim. Tabiiyki, men sayr qilgani ham chiqib turardim. Yuz ming — hazilakam pul emas, o‘zimga 
juda ajoyib kulrang kostyum sotib olgan edim. Yo bo‘lmasa, tushlik qilgani bironta arzon restoranga 
yo‘l olardim. Arbatda ajoyib bir restoran bor edi, hoziram bormikin, bilmadim. 
Shu yerga kelganda, mehmon ko‘zlarini katta-katta ochib, oyga tikilgancha hikoyasini pichirlab 
davom ettirdi: 
— U dilbar bir dasta jirkanch va fojiali gul ko‘tarib ketayotgan edi. Baytalmonning oti nima 
baloyam edi, har nechuk Moskvada birinchi bo‘lib shu gul paydo bo‘ladi negadir. Uning qora tusdagi 
yengil paltosi fonida bu gul ko‘zga yaqqol tashlanardi. Ha, u sariq gul ko‘tarib borardi! Bexosiyat rang. 
U Tverskaya ko‘chasidan borib, bir tor ko‘chaga burildi, burila turib orqasiga o‘grilib qaradi. 
Tverskaya ko‘chasini bilasiza? Bu ko‘chada odam doim g‘ij-g‘ij, ammo ishontirib aytamanki, u 
shuncha odam ichida faqat menga qaradi, qaragandayam nainki hayajon, hatto iztirob bilan bokdi. 
Shunda meni uning husni jamolidan ham ko‘ra, ko‘zlaridagi hech kimning boshiga tushmagan 
g‘ayritabiiy yolg‘izlik anduhi o‘ziga rom qilgandi! 
Men ham shu sariq rangga qul bo‘lib, tor ko‘chaga burildimu juvonning orqasidan ketaverdim. Biz 
bu qing‘ir va diqqinafas ko‘chadan (men uning bir tomonida, u esa ikkinchi tomonida) churq etmay 
ketib borardik. Buni qarangki, ko‘chada bironta tirik jon uchramasa-ya. Men u bilan gaplashishim 
lozimligini his etib qiynalardim va ayni paytda, unga churq etib ham og‘iz ocha olmaydiganga 
o‘xshayman, bunaqada, u ketib qoladi-yu, uni boshqa ko‘rish menga nasib etmaydi, deb 
hayajonlanardim. 
Shunda, bir tasavvur qiling-a, to‘satdan uning o‘zi gap boshladi: 
— Gullarim yoqdimi sizga? 
Uning xiyla yo‘g‘on, ammo sal hirqiroq ovozining aks sadosi, tentaklik bo‘lsa ham aytay, 
nazarimda, bu tor ko‘chadagi sarg‘ish rang isqirt devorga urilib qaytgandek bo‘ldi. Men shu zahoti 
ko‘chaning u ketayotgan tomoniga o‘tib olib, unga yaqinlashdim-da: 
— Io‘q, — deb javob qaytardim. 
U menga taajjub bilan boqdi, men esam birdan va mutlaqo kutilmaganda butun umr aynan shu 
ayolni sevib kelganligimni angladim. Ajab savdolar, labbay! Siz, albatta, telba odam ekan, dersiz 
meni? 
— Hech nima demayman, — dedi Ivan va: — O‘tinaman, davom eting! — deb ilova qildi. 
Mehmon hikoyasini davom ettirdi: 
— Ha, u menga hayron bo‘lib qaradi, so‘ng ko‘zimdan ko‘zini uzmay so‘radi: 
— Siz, umuman, gullarni yoqtirmasangiz kerak-a? Uning ovozida adovat ohangini his qilganday 
bo‘ldim. Men u bilan baravar qadam tashlashga urinib yonma-yon borarkanman, hech tortinmay 
o‘zimni bemalol tutayotganimdan o‘zim hayron edim. 
— Yo‘q, men gullarni yaxshi ko‘raman, lekin bunaqasinimas, — dedim. 
— Qanaqasini? 
— Atirgulni xush ko‘raman. 
Shunday deganimga pushaymon bo‘ldim, negaki, u gunohkor odamday jilmaydida, gulini yo‘lka 
yoqasidagi ariqqa tashlab yubordi. Men bir oz o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim-u, lekin gulni olib, yana unga 
uzatdim, lekin u jilmaygancha gullarni yana uloqtirdi, natijada ularni buyog‘iga o‘zim ko‘tarib bordim. 
Shu zaylda biz bir oz vaqt sukut saqlab ketaverdik, keyin u qo‘limdan gullarni olib, ko‘chaga otib 
yubordi-da, qora qo‘lqop kiygan qo‘lini mening qo‘lim ostidan o‘tkazdi-yu, bundan buyog‘iga biz 
qo‘ltiqlashib keta boshladik. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin