Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
91
shukur. Mana, yoz kirib kelyapti, Praskovya Fyodorovnaning va’da qilishicha, balkonimizni pechak 
gul burkab olarmish. Kalitlar imkoniyatimni oshirdi. Kechalari oy chiqadi. Ie, botib ketibdi! Salqin 
tushdi. Tun yarim kechadan og‘di. Men boray endi. 
— Ayting-chi, Ieshua bilan Pilatning taqdiri nima bo‘lgan edi, — deb so‘radi Ivan, — shuni 
bilmoqchiman, o‘tinaman sizdan, so‘zlab bersangiz. 
— E, yo‘q, yo‘q, — dedi mehmon g‘ijinib kiftini uchirarkan, — romanimni eslasam butun vujudim 
qaqshab ketadi. Anavi Patriarx ko‘lida tanishganingiz sehrgar buni mendan yaxshiroq so‘zlab berishi 
mumkin. Suhbat uchun tashakkur. Xayr. 
Ivan es-hushini yig‘ishga ulgurmasdan panjara ohista «shiq» etib yopildi-yu, mehmon g‘oyib 
bo‘ldi. 
 
O‘n to‘rtinchi bob
 
XO‘ROZGA TASANNO!
Rimskiyning asabi ortiq bardosh berolmadi, protokolni yozib bo‘lgunlaricha ham qanoat qilmay, 
o‘z kabinetiga otildi. U stodda uyulib yotgan sehrli pullardan qizargan ko‘zlarini uzolmay o‘tirardi. 
Miyasi g‘ovlab ketgan edi. Tashqaridan odamlar g‘ovuri bir maromda eshitilardi. Tomoshabinlar 
ko‘chaga oqib chiqa boshlagan edi. Moliya direktorining haddan ziyod ding bo‘lgan quloqlariga birdan 
militsiya hushtagining churillagani eshitildi. Turgan gapki, hushtak hech qachon o‘z-o‘zidan 
yaxshilikka churillamaydi. Churillash takrorlandi, shunda boshqa hushtak unga yordamga kelib
qattiqroq va cho‘zibroq churilladi, keyin shu hushtak ovoziga odamlarning qahqahasi, hatto qiyqirig‘i 
jo‘r bo‘ldiki, moliya direktori, ko‘chada yana bironta mashmasha, xunuk voqea sodir bo‘lganini va bu 
voqeaning albatta anavi jodugar bilan yordamchilari bajargan mash’um seansga bevosita daxldor 
ekanligini fahmladi. Ziyrak Rimskiy yanglishmagan edi, albatta. 
U Sadovaya ko‘chasiga ochiladigan derazadan tashqariga qaradi-yu, afti burishib ketdi va pichirlab 
emas, aniqrog‘i, vishillab dedi: 
— Biluvdim-a! 
U ko‘cha fonarlarining kuchli yorug‘ida, o‘z derazasi ostida, pastda, yo‘lkada bir xonimning ichki 
ko‘ylak va binafsharang uzun trusikda turganini ko‘rdi. To‘g‘ri, xonimning boshida yana shlyapa, 
qo‘lida shamsiyasi ham bor edi. 
Tamomila esankirab qolganidan, goh cho‘nqayib o‘tirishga, goh g‘izillagancha qayoqqadir 
qochishga shaylangan bu xonimning atrofini o‘rab olgan olomon g‘avg‘o ko‘targan, boya moliya 
direktorining etini jimirlatib yuborgan qahqahayu qiyqiriqlarning ijrochisi ham shu olomon edi. 
Ayolning atrofida bir grajdanin girdikapalak bo‘lib, egnidan avra paltosini yechishga urinar, lekin 
qattiq hayajonlanganidan, qo‘lini hech palto yengidan chiqara olmasdi. 
Shu payt boshqa yerdan — chap tomondagi eshikdan ham qiyqiriq va vahshiyona qahqaha eshitildi-
yu, Grigoriy Danilovich o‘sha yoqqa o‘girilib, pushtirang ichki ko‘ylakda turgan ikkinchi bir xonimni 
ko‘rdi. U o‘zini panaga olish maqsadida yo‘lkaga o‘tib, tezroq Varete darvozasiga kirmoqchi bo‘ldi, 
lekin ichkaridan chiqayotgan tomoshabinlar oqimi uning yo‘liga g‘ov bo‘ldiki, mal’un Fagotning 
firmasidan pand yegan, kiyim-kechakka shaydoligi va yengiltakligi oqibatida sharmanda bo‘lgan 
sho‘rlik ayol endi faqat bir narsani — yer yorilib, tezroq yerga kirib ketishni orzu qilardi. Militsioner 
hushtagini xuddi havoni parmalagandek churillatib, bu baxti qaro ayol tomon yugurdi, uning orqasidan 
kepka kiygan qandaydir xushchaqchaq yigitlar ergashdi. Shular ko‘chani boshlariga ko‘tarib qahqah 
urgan va qiyqirgan edilar. 
Qotmadan kelgan, shopmo‘ylov olatasir bir izvoshchi qirchang‘i otini uchirib kelib, birinchi 
yechingan ayol tepasida taqqa to‘xtadida, og‘zining tanobi qochib, tirjaydi, Rimskiy o‘z boshiga 
mushtlab, tupurdi-da, derazadan nari ketdi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin