Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
93
Varenuxa teatr binosiga qaysi eshikdan kirganida ham, albatta tungi navbatchilardan birontasiga duch 
kelgan bo‘lardi, ularga esa, Grigoriy Danilovich o‘z kabinetida bir oz ushlanib qoladi, deb aytib 
qo‘yilgan edi. 
Lekin moliya direktori bu gumonlar ustida ko‘p bosh qotirib o‘tirmadi. Ko‘ngliga sig‘masdi. 
— Nega axir qo‘ng‘iroq qilmading? Anavi Yalta mashmashasining tagiga yetdingmi? 
— Ha, aytganim to‘g‘ri chiqdi, — deb javob qildi administrator, xuddi og‘riq tishi bezovta 
qilayotganday tamshanib, — uni Pushkinodagi restorandan topishipti. 
— Nima? Pushkinodan?! Moskva tashqarisidagi Pushkinodan? Telegrammalar Yaltadan keluvdi-
ku?! 
— E, Yaltaga balo bormi? Pushkinodagi telegrafchini ichirib mast qilibdi-da, keyin ikkalovi 
maynavozchilik qila boshlapti, shu jumladan: «Yalta» belgisi bilan telegrammalar ham yuborishgan. 
— Ihi... ihi... Ha, yaxshi, yaxshi... — deb Rimskiy gapirmadi, balki kuylagandek bo‘ldi. Ko‘zlarida 
sarg‘ish o‘t chaqnadi. Miyasida, Styopaning sharmandalarcha ishdan olinishining tantanavor manzarasi 
gavdalandi. Ozodlik! Moliya direktori axiyri Lixodeev timsolidagi baloofatdan ozod bo‘ladi! Balki 
Styopan Bogdanovichga ishdan olinishdan ham battarroq jazo nasib etar... — Tafsilotini gapir! — dedi 
Rimskiy bosmani stolga gurs etib urib. 
Varenuxa ham tafsilotni gapira boshladi. U moliya direktori yuborgan yerga boripti, borgan zahoti 
uni qabul qilishib, gaplarini diqqat bilan tinglashipti. Turgan gapki, Styopa Yaltada, degan fikr hech 
kimning xayoliga ham kelmapti. Lixodeev Pushkinodagi «Yalta» restoranida bo‘lishi kerak, degan 
Varenuxaning taxminiga hamma darhol qo‘shilipti. 
— Hozir qaerda u? — deb administratorning so‘zini bo‘ldi hayajonlanayotgan moliya direktori. 
— Qaerda bo‘lardi, — dedi administrator istehzoli ishshayib, — hushyorxonada-da, albatta. 
— Qoyiil! Barakalla, azamat! 
Varenuxa esa hikoyasini davom ettirdi. U gapirgan sari Lixodeevning behayoligu bezoriliklari 
moliya direktorining ko‘zi oldidan uzun zanjirning halqalaridek tizilib o‘ta boshladi, lekin zanjirning 
navbatdagi har bir halqasi oldingilaridan battarroq manzaralarni namoyon qilardi. Mana, masalan, 
uning Pushkino telegrafi oldidagi maysazorda g‘irt mast hodda telegrafchi bilan quchoqlashib, 
qandaydir sayoq garmonchining na’masiga raqs tushganini nima deb atash mumkin? Yoki qandaydir 
ayollarni chinqirtirib quvganini oling! Yana «Yalta»ning o‘zida bufetchi bilan yoqalashmoqchi 
bo‘lipti! O‘sha «Yalta»ning ichida to‘polon qilib, ko‘p piyozni yerga sochib tashlapti! «Ay-Danilya» 
degan oq musallasning sakkiz shishasini chil-chil qipti. Styopaki olib ketishni xohlamagan taksi 
shofyorining schyotchigini urib sindiripti. Uning bu qabihliklariga chek qo‘ymoqchi bo‘lgan 
odamlarga, qamataman, deb do‘q qilganini aytmaysizmi. Xullas, aql bovar qilmaydigan gaplar. 
Styopa Moskvaning teatr ahli davrasida «otning qashqasi» bo‘lib, uning g‘irt g‘urbat ekanligi 
hammaga ayon edi. Lekin shunga qaramay, administrator topib kelgan mish-mishlar hattoki shu 
Styopa uchun ham lof edi. Ha, o‘taketgan darajada lof edi... 
Rimskiy o‘tkir ko‘zlarini administratorning yuziga xuddi yeb qo‘ygudek bo‘lib tikdi, lekin bu 
ko‘zlar hikoya qancha ko‘p cho‘zilgan sari, shuncha ma’yuslasha bordi. Administratorning qissasidagi 
qabohatli tafsilotlar qanchalik hayotiyroq va yorqinroq bo‘lgan sari... moliya direktori unga shuncha 
kamroq ishona boshladi. Varenuxa Styopaning itday quturib, uni Moskvaga olib ketgani borgan 
odamlarga ham qarshilik ko‘rsatgani haqida hikoya qila boshlaganida moliya direktori yarim kechada 
qaytib kelgan administratorning hamma gaplari yolg‘onligiga batamom ishondi! Ha, gaplarining 
hammasi — boshidan to oxirigacha g‘irt yolg‘on edi. 
Varenuxa Pushkinoga bormagan, Styopa ham Pushkinoda yo‘q edi. Mast telegrafchi ham 
bo‘lmagan, resto-randa shisha ham sindirilmagan, Styopani ham hech kim arqon bilan bog‘lamagan... 
— bularning hech biri bo‘lmagan. 
Rimskiy administratorning aytayotganlari g‘irt olg‘on degan qat’iy fikrga kelishi bilan uning 
oyoqlaridan boshlangan qo‘rquv hissi butun vujudini qamrab oldi, shunda bezgak balchig‘ining hidi bir 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin