Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
101
iomini har kuni bir necha martalab quyidagi mazmunda tilga olib turardi: «Kvartira haqini siz uchun 
Pushkin to‘laydimi?» yoki: «Nima, zinadagi lampochkani Pushkin ilib ketiptimi, bo‘lmasa?» — «Balki 
siz, neft uchun Pushkin pul to‘laydi, deb o‘ylarsiz?» 
Mana endi Nikonor Ivanovich shoirning asarlaridan biri bilan tanishib, ma’yus bo‘lib qolipti, 
yetimcha bolalari bilan yomg‘irda tiz cho‘kib turgan ayolni ko‘z oldiga keltiripti-da, beixtiyor: 
«Ablahning o‘zi ekan-ku bu Kurolesov!» — deb ko‘nglidan o‘tkazipti. 
U esa tobora ovozini balandlatib tavba qilishda davom etarkan, bora-bora Nikonor Ivanovichni 
gangitib qo‘yipti, chunki artist birdan sahnada yo‘q kdndaydir odamga murojaat qilib, o‘sha yo‘q odam 
tilidan o‘ziga-o‘zi javob qaytara boshlabdiki, shu gaplari paytida u o‘zini goh «siz»lab, goh «sen»lab, 
o‘ziga-o‘zi bir «janob», bir «baron», bir «ota», bir «o‘g‘lim» deb muojaat qila boshlapti. 
Nikonor Ivanovich faqat bir narsani — artistning: «Kalitlar! Kalitlarim mening!» — deb jonholatda 
chinqirib, axiyri mash’um o‘lim topganini tushunipti, chunki artist «gurs» yiqilib, xirillagancha 
bo‘ynidagi galstugini ohista yecha boshlabdi. 
Kurolesov o‘lib bo‘lgach, o‘rnidan turipti, shimining changini qoqipti, soxta jilmayib, ta’zim 
qilipti-da, siyrakkina qarsak ostida sahnadan chiqib ketipti. Keyin konferanse bunday deb gap 
boshlapti: 
— Siz bilan biz Savva Potapovichning mohirona ijrosida «Xasis ritsar» asarini tingladik. O‘sha 
ritsar sho‘x ilohalar uchib kelib atrofimda parvona bo‘lishadiyu yana juda ko‘p shunga o‘xshash 
ko‘ngil ochuvchi hollar yuz beradi, deb umid qilgan edi. Lekin, hozir o‘zingiz ko‘rdingiz, hech qanday 
ilohalar ham uchib kelmadi, muzalar ham uni madh etmadi, u hech qanday koshona ham qura olmadi, 
aksincha, juda yomon o‘lim topdi, valyuta va qimmatbaho toshlar to‘ldirilgan o‘z sandig‘i ustida 
yuragi yorilib to‘ng‘iz qavmida ketdi. Bilib qo‘yinglar, valyutalarni topshirmasangiz sizlarning ham 
boshingizga shunday falokat, — balki undan ham beshbattari — tushishi mumkin. 
Shunda yo Pushkinning nazmiy asari, yo konferansening nasriy nutqi kor qilgan bo‘lsa kerak — 
zaldan tortinchoq bir ovoz eshitilipti: 
— Men topshiraman valyutamni. 
— Sizni lutfan sahnaga taklif qilaman! — depti konferanse qorong‘i zalga tikilib qararkan, 
muloyim ovoz bilan. 
Shunda sahnaga past bo‘yli, oq-malla soch bir grajdanin chiqipti, u uch haftalardan beri soqolini 
olmagan odamga o‘xsharmish. 
— Afv etasiz, familiyangiz? — deb surapti konferanse. 
Kanavkin Nikolay, — qimtinibgina javob qilipti u. 
— Ha! G‘oyat xursandman, grajdanin Kanavkin, qulog‘im sizda! 
— Topshiraman, — depti Kanavkin sekingina. 
— Qancha? 
— Ming dollaru yana yigirmata o‘n so‘mlik oltin tanga. 
— Bravo! Hammasi-a? 
Programmani olib borayotgan artist Kanavkinning ko‘zlariga qattiq tikilib qarapti, shunda Nikonor 
Ivanovichning nazarida, artistning ko‘zlaridan hatto shu’la otilib chiqib, xuddi rentgen nurlari kabi 
Kanavkinning vujudini teshib o‘tganday bo‘lipti. Zalda o‘tirganlarning nafaslari ichiga tushib ketipti. 
— Ishonaman! — depti nihoyat artist va ko‘z nurini o‘chiripti, — ishonaman! Bu ko‘zlar 
aldamaydi. Sizlarga qayta-qayta aytyapmanki, asosiy xatolaringiz — inson ko‘zi qudratini qadriga 
yetmayotganingizdadir. Tushuning axir, til haqiqatni yashirishi mumkin, ammo ko‘z — hech qachon! 
Masalan, sizga dabdurustdan bir savol berishdi deylik, lekin siz bundan hatto seskanmaysiz ham, bir 
zumda o‘zingizni tutib olasizu, haqiqatni yashirish uchun nima deb javob qilishni bilasiz, keyin qat’iy 
ishonch bilan javob qaytara boshlarkansiz, yuzingizda gapingizning yolg‘onligini sezdiruvchi bironta 
ham ishora ko‘rinmaydi, lekin taassufki, berilgan savoldan halovatini yo‘qotgan haqiqat bir lahzaga 
qalbingiz tubidan ko‘zingizga «lip» etib sakrab chiqadiyu, vassalom, ish tamom. Haqiqat fosh bo‘lib, 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin