Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
87
G‘am-anduh to‘la kunlar boshlandi. Roman yozilib bo‘lgan, boshqa qiladigan ish yo‘q edi, endi 
ikkovimiz pechka oldiga yozilgan gilamchada olovga tikilib o‘tirardik, xolos. Biz endi tez-tez 
vidolashib turardik. U sayr qilgani chiqib ketadigan bo‘ldi. Mening hayotimda esa g‘aroyib hollar sodir 
bo‘la boshladi, to‘g‘ri, bunday hollar menda ilgari ham tez-tez bo‘lib turardi... Men kutilmaganda bir 
do‘st orttirdim. Ha, ha, ishonavering, umuman olganda mening juda bema’ni odatim bor: odamlar bilan 
til topishishim qiyin juda, hech kimga ishonmayman, sal narsaga shubhalanaveraman. Lekin — qizig‘i 
shundaki, shu odamoviligimga qaramay, kelib-kelib, mutlaqo faraz qilinmagan, kutilmagan bironta 
odam, garchi tashqi qiyofasi otni hurkitadigan tasqara bo‘lsa ham, albatta didimga o‘tirib qoladi. 
Xullas, o‘sha mash’um paytlarda bir kun bog‘chamizning ko‘cha eshigi ochilib, hovliga bir odam 
kirdi. Esimda, kuzning orombaxsh kunlaridan biri edi. Xotinim uyda yo‘q edi. Kelgan odamning uy 
sohibida biron ishi bo‘lsa kerak, unikiga kirib ketdi, so‘ng bog‘chaga tushib, men bilan hol-ahvol 
so‘rashdi-da, bir zumda tanishib ham oldi. U o‘zini muxbir deb tanitdi. U menga shu qadar yoqib 
qoldiki, bilasizmi, hanuzgacha ba’zida uni eslab, qo‘msab qo‘yaman. Bora-bora u uyimga tez-tez 
keladigan bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, u bo‘ydoq ekan, mendan sal nariroqda xuddi menikiga 
o‘xshagan mo‘‘jazgina kvartirada turarkan, ammo unga kvartira torlik qilayotganmish, hokazo va 
hokazo. Negadir u meni uyiga hech taklif qilmasdi. Xotinimga u sira ham yoqmadi. Ammo men uning 
yonini oldim. Shunda xotinim: 
— Bilganingni qil, — dedi, — lekin bu odam menda faqat nafrat uyg‘otyapti. 
Men kulib yubordim. Darvoqe, bu odam qay jihati bilan meni o‘ziga rom qilgan edi? Gap shundaki, 
o‘z g‘ilofi ichida bironta favqulodda xislati bo‘lmagan odamning, umuman, qizig‘i yo‘q. Lekin 
Aloiziyning (ha-ya, unutibman — yangi tanishimning ismi-sharifi Aloiziy Mogarich edi) g‘ilofida 
shunday xislat mavjud edi. Alalxusus, Aloiziydek donishmand odamni ilgari hech yerda 
uchratmaganman, aminmanki, bundan keyin ham aslo uchratmayman. Agarda gazetada bosilgan biron 
maqolaning ma’nosiga tushunolmasam, Aloiziy uni bir zumda tushuntirib berar, tushuntirgandayam 
hech qiynalmasdan, oson va ravon tushuntirardi. Hayotiy voqealar va masalalarni ham shunday oson 
izohlab berardi u. Lekin hali bu hammasi emas edi. Aloiziy adabiyotga bo‘lgan ishtiyoqi bilan meni 
o‘ziga rom qilgan edi. To uning iltimosiga ko‘ra romanimni boshidan-oxirigacha o‘qib 
bermagunimcha hech tinchimadi u. Keyin esa roman to‘g‘risida maqtov gaplar aytdi, lekin xuddi 
muharrirning romanim to‘g‘risidagi mulohazalarini o‘z qulog‘i bilan eshitgandek, u ham o‘sha 
fikrlarni aytib, og‘zimni ochirib qo‘ydi. Aloiziy muharrirning mulohazalarini bekamu ko‘st 
takrorlagandi. Bundan tashqari, nima sababdan romanim chop qilinmasligini ham nihoyatda aniq 
izohlab berdiki, bu fikrda hech xato yo‘qligini o‘zim ham anglay boshlagan edim. U, falon bobingiz 
o‘tmaydi, deb gapning ochig‘ini aytdi-qo‘ydi.Lekin maqolalarning keti uzilmasdi. Eng dastlabkilari 
ustidan kulgan edim. Biroq maqolalar soni ko‘paygan sari ularga nisbatan munosabatim ham o‘zgara 
bordi. Ikkinchi bosqich — ajablanish bosqichi bo‘ldi. Bu maqolalar tahdidona va dadil yozilgan 
bo‘lishiga qaramay, ularning deyarli har bir satrida o‘ta qalbakilik va dargumonlik ohangi sezilib 
turardi. Menga, ularning mualliflari o‘zlari aytmoqchi bo‘lgan gaplarni emas, boshqa fikrlarni bayon 
qilayotganday tuyular, ularning darg‘azabligiga sabab ham shu bo‘lsa kerak, deb o‘ylardimu shu 
fikrimdan hech xalos bo‘lolmasdim. Bundan keyin, men sizga aytsam, uchinchi bosqich — qo‘rquv 
bosqichi boshlandi. Yo‘q, yo‘q, u maqolalar emas, ishoning, balki ulargayam, romanimgayam taalluqli 
bo‘lmagan mutlaqo boshqa narsalar meni cho‘chita boshladi. Mana, masalan, qorong‘ilikdan 
qo‘rqadigan bo‘lib qoldim. Qisqasi, ruhiy betoblik bosqichi boshlangan edi. Kichkina xonamda uyqu 
oldidan chiroqni o‘chirishim bilan, nazarimda, go‘yo derazadan, garchi u yopiq bo‘lsa ham, qandaydir 
ro‘dapo uzun-uzun, sovuq paypaslagichlarini o‘ynatib kirib kelayotganday bo‘lardi. Oqibat, kechalari 
chiroq yorug‘ida uxlaydigan bo‘ldim. 
Mahbubam judayam o‘zgarib ketdi (turgan gapki, ro‘dapo to‘g‘risida unga churq etmadim. Lekin u 
ahvolimning chatoqlashayotganini seza boshlagan edi), ozib, rangi o‘chib, kulmay qo‘ydi, romandan 
parcha bostirishni maslahat bergani uchun qayta-qayta uzr so‘ray boshladi mendan. Endi u hamma 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin