Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
qoningiz oz, qimiz iching, xo‘rak oldidan maviz isti’mol qiling, deb kengash berdilar. 
Ularning kengashi bo‘yun-cha uch-to‘rt kun qimiz va maviz iste’mol qilib boqqan edim, 
voqi’an bir muncha foydasi ham ma’lum bo‘ldi. Sizga buni so‘zlab shuni 
aytmakchimanki, osh oldidan bir-ikki piyola maviz ichib yuborsam, albatta bunga siz-
ning qarshilig‘ingiz bo‘lmas-a? — dedi va kuldi. 
— Qanday qarshilig‘im bo‘lsin, siz ma’zursiz. 
Uy egasi iljaygan holda hujraga kirib, o‘zining ta’biricha may emas, bir ko‘vacha 
mavizni olib chiqdi, toqchadan piyola olg‘ach, kelib Otabekning yonig‘a o‘lturdi. Mavizni 
piyolaga chulduratib quyar ekan, mehmonga yer ostidan mo‘ralab kulimsirab qo‘ydi. 
— Sizning ham ichkaningiz bormi? 
— Yo‘q. 
To‘g‘risi ham Otabek ichkulukdan qattig‘ hazar qilar va bu kungacha mayni o‘ziga 
dushman kabi ko‘rib kelar edi. Uy egasi quygan piyolasini simirib yuborg‘ach, 
sezdirmaslik qilib seskanib qo‘ydi va: 
— Aniq ichmaganmisiz? — deb yana so‘rag‘an edi, Otabek boshni chayqash bilan 
kifoyalandi. 
— Qattig‘ uzr bo‘lmag‘anda ichmagan ham ma’-qul,— dedi va ikkinchi piyolani 
to‘ldirar ekan, davom qildi,— lekin bu narsa bir tomondan kishining salomatligiga foyda 
bersa, ikkinchi jihatdan tiriklikning qayg‘u va alamlarini-da unutdirib turar ekan. 
Boshimg‘a o‘lguncha unuta olmasliq qayg‘u-hasratlar tushdi, Shokirbek. Ayniqsa keyingi 
yillarda o‘zimga hech bir qayerdan ovinchoq topolmay, nihoyat shu achchig‘ suv bilan 
ovinaturg‘an xolg‘a kelib qoldim, — dedi va uzoq tin olib to‘lg‘izg‘an piyolasini oldig‘a 
qo‘ydi. Ikkisi ham bir necha vaqt sukutda qoldilar. Ul ikkinchi piyolani ichkach, Otabekni  
diqqat bilan kuzatib chiqdi. 
— Agar yanglishmasam, siz ham bir oz qayg‘uliroq ko‘rinasiz mehmon, bir piyolani 
ichib yubormaysizmi? 
— Rahmat, mulla aka, — dedi Otabek, ammo o‘zida ta’rifi so‘zlanib o‘tilgan narsaga 
bir ehtiyoj seza boshlag‘an va o‘zini ham ma’zurlar qatorig‘a qo‘yayozgan edi. Uning bu 
holini uy egasi sezdimi yoki sinab ko‘rmakchi bo‘ldimi, haytovur, uchunchi piyolani 
to‘ldirib Otabekka uzatdi: 
— Qo‘limni qaytarmang, mehmon. Ikkimiz ham ma’zur ko‘rinamiz. 
Otabek uzrini aytib, piyolani olmay turg‘an edi, ul ham piyolani uzatqancha kulib 
turaberdi. 
— Man mavizni tamom shar’iy qilib tayyorlayman, tunov kun mahallamizning oxunlari 
ham halollig‘iga fatvo berib ketdilar. 
Otabek piyolani olishg‘a majbur bo‘ldi. Uy egasining aytkanidek maviz juda ham tiniq, 
yaxshi chiqg‘an ko‘kchoy kabi musaffo edi. Piyolaga uzoq qarab turmay ichib ham 
yubordi. Och qoring‘a tushkan o‘tkir may vijj etdirib me’dani qaynatdi-da, tomoq ostini 
lovullatmoq-qa oldi. Otabekka birinchi piyolani ichirg‘andan so‘ng, uy egasi oshni 
suzishka ketdi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin