Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
hazmini ham tasavvur qilmag‘an uning me’dasi ketma-ket tushib turg‘an luqmalarni 
e’tirozsiz qabul qilmoqda edi. Bunday ishtihoni, ehtimolki, ul o‘z umrida birinchi martaba 
ko‘rgandir. Tomoq orasida uy egasining bergan savollariga yaxshi javob berganidek, o‘zi 
ham ba’zi so‘zlarni to‘qib yubormoqda, boyag‘i oz so‘zliliklar o‘rnini ezmalik bo‘lmasa 
ham mo‘’tadil bir hol olg‘an edi. 
Oshdan so‘ng lagan va dasturxonni yig‘ishtirib olg‘uchi uy egasiga sarxush va 
qizarg‘an ko‘zlari bilan uzoq qarab qo‘ydi. Bu qarash unga minnatdorliq va tashakkur  
qarashi    edi.    Uy  egasi    Otabekning    yonig‘a ikkita yostiq olib qo‘ydi va bittani o‘z 
yonboshig‘a ham oldi. 
— Yonboshlangiz bek, — dedi, boshlab o‘zi yonboshladi. Otabek ham unga ergashdi. 
Ikkisining orasidag‘i sham’ yel bilan o‘ynashibg‘ina nur separ, ikkisi ham so‘z 
qo‘yishqandek sham’ga ko‘z tikib qanday o‘yg‘adir berilgandek ko‘rinar edilar. Bir necha 
vaqtdan so‘ng uy egasi ko‘zini sham’dan oldi va yer ostidan Otabekni kuzatkach, so‘radi: 
— Uylanganmisiz, bek? 
Otabekning kayfi kuchlikmi edi yoki so‘zni onglamay qoldimi, haytovur shu onda 
javob berolmadi. 
— Uylanganman. 
So‘rag‘uchi bir oz to‘xtab olg‘ach, yana so‘radi: 
— Xotiningizga muhabbatingiz bormi? 
Otabek bu savol qarshisida garangsib qolg‘andek bo‘ldi, voqi’an orag‘a og‘ir savol 
tushkan edi, bilintirmaslik qilib uflab oldi. 
— Muhabbatim yo‘q. 
— Yaxshi ekan, — dedi uy egasi. Otabek uning bu so‘ziga tushuna olmay, «nega?» 
degandek qarab turar edi. 
— So‘zimga ajablandingiz shekillik? 
— Yo‘q, — dedi Otabek, lekin uning taajjubi uy egasiga ochiq ko‘rinib turar edi. 
— Balki muhabbat baxtlik kishilar uchun yaxshidir, lekin o‘z tajribamcha, baxtsiz kishi 
uchun badbaxtlikdir. Masalan, siz agar chindan ham xotiningizg‘a muhabbatsiz 
bo‘lsangiz, o‘zingiz ham iqror qila olasiz: uyga kirsangiz xotiningiz bordek, ko‘chaga 
chiqsangiz yo‘qdek, bas, sizga xotinning og‘irlik va yengilligi birdak. Shundoq emasmi? 
— Shundoq, — dedi Otabek, ammo muhabbat to‘g‘risida so‘zlangan bu so‘zlar uning 
kayflik ko‘zini ocha yozdilar. 
Uy egasi davom qildi: 
— Men bu so‘zlarni o‘z holimdan chog‘lab aytaman, ehtimolki men yanglisharman, — 
dedi va uzoq tin olg‘ach, so‘radi: — Siz uylanganda o‘zingiz yoqtirib uylandingizmi yoki 
oradag‘ilarning yoqtirishlari bilanmi? 
Otabek so‘rag‘uchining qanday muddaosi borlig‘ig‘a tushunmay qoldi. 
— Onamning yoqtirishi bilan. 
— Barakalla, — dedi uy egasi va, — manimcha, hamma balo o‘zing ko‘rib, suyib 
uylanishda, — dedi va eshitkuchisi kutmagan joyda sukutka ketdi. Otabek bir ko‘ynakni 
o‘zidan burun yirtkan kishi to‘g‘risida go‘yo o‘z sarguzashtining eski tarixini mulohaza 
qila bosh-lag‘an, qarshisida o‘lturg‘uchini-da, qayin ota eshigidan quvlang‘an kishi deb 
bilgan edi. Qayin otang sani ham quvladimi, deb aytmasa ham shunga yaqin bo‘lg‘an 
«suygan xotiningiz sizni tashlab ketdimi?» degan savolni berdi. Uy egasi boshini 
chayqadi: 
— Tashlab ketishka — ketdi, lekin o‘z ixtiyoricha emas, — dedi. Otabek bu so‘zdan 
so‘ng buning ham qayin otasi yoki qayin onasi tomonidan zulm ko‘rganiga ishong‘an edi. 
— Yomon odamning yuzi qursin, — deb qo‘ydi, bu so‘z uy egasiga tushunarlik 
bo‘lmadi shekillik, Otabekka savol nazari bilan qarab oldi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin