Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
— Masalan, biz otangiz bilan eringizni nima uchun osmoqchi bo‘ldiq? 
— Haqsiz, gunohsiz! 
— Bu maktub bilan eringizni o‘limdan qutila olishini sizga kim aytdi? 
— O‘zim bildim. 
— Bo‘lmasa ilgaridan eringizning o‘sha harakatini ham bilar ekansiz-da? 
— Yo‘q, taqsir, — dedi Kumush. Qushbegining maqsadig‘a endi tushunib olgan edi, — 
men onam bilan to shu kungacha ularning nima gunoh bilan qamalg‘an-larini bilalmay 
hasratda edik. Faqat bu kun kishilarning og‘zidan eshitib bildikki, siz uni Toshkanddan 
isyon chiqarg‘ali kelguchi, deb gunohkor qilur ekansiz. Onam bilan manim baxtimga 
kutmagan joydan mo‘’jizadek bu maktub topildi-da, men xizmatingizga yugirdim... — 
Kumush so‘zini tugata olmadi, chopishidan halloslagan Pirmat dahlizdan ko‘rinib, bekka 
qulluq qildi: 
— Dor yonidan qaytishdilar! 
Kumushbibi sachrab Pirmatning yuziga qaradi va uzoq tin olib qo‘ydi. Shu choqg‘acha 
xat o‘qub o‘lturgan ponsadboshi maktubdan yaxshi asarlangan edi. Maktubni 
yonidag‘ig‘a berar ekan, qushbegiga dedi: 
— Bu xat toshkandlik Yusufbek to‘g‘risidagi fikri-mizni tamom o‘zgartadir, taqsir! 
Uning Azizbek tomonliq bir kishi ekanligi Farg‘onaning har bir xos va omi og‘zida naql 
qilinsa ham ammo hech bir kimsa uning  ichiga kirib chiqmagandir. Har kimning ko‘ng-
lidagini yolg‘iz bir xudodan boshqa kim bilsin! 
«Yov qochsa botir ko‘payar» qabilidan shu choqg‘acha lom demay o‘lturgan shahar 
a’yonlari ham masalani onglab, so‘zga aralasha ketdilar: 
— Xudo haqni nohaq qilmadi, bechora yosh yigitning haqsizga qoni to‘kilmadi. 
— Qutidordek qo‘ymizoj bir odamning bunday zo‘r ishka oralashqanlig‘iga aql ham 
bovar qilmas edi. 
Go‘yo bu so‘zlar Kumushbibining o‘chkan charog‘ini qaytadan yoqarlar, umid 
osmonining yo‘qolib, yashi-rinib ketkan yulduzlari yana qaytadan o‘z o‘rinlariga kelib 
qo‘ng‘andek bo‘lurlar, uning ko‘z o‘ngida joy olgan qoraliqlar shu yoqila boshlag‘an najot 
sham’lari partavi bilan o‘z-o‘zlaridan yo‘qolg‘andek ko‘rinarlar edi. 
Dahliz eshigi ostida bir durkum oyoq tovushlari eshitilib qo‘rboshi ko‘rindi. 
— Kelishdilar, taqsir, kirsinlarmi? 
Qushbegi javob berish o‘rniga maktubni olib ko‘rpacha ostig‘a yashirdi va 
Kumushbibini tanbihladi: «Majlisda manim ruxsatimdan boshqa so‘zlashingiz otangiz 
bilan eringizning o‘limlarini tilashingizdir, tushundingizmi?» Kumush qabul ifodasini 
bergandan so‘ng qushbegi dahlizda qarab turg‘an qo‘rboshig‘a «Kirsinlar» dedi. 
Kumushbibi ularni boya yo‘l ustida, yigitlar orasida ko‘rgan bo‘lsa ham biroq dahshat 
ichida faqat o‘rdaga qarab yugira bergan edi. Endi «Kirsinlar» jumlasini eshitgach, 
yuragi ortiqcha sho-pirinib ketdi, uning istiqbolig‘a turishni va bo‘ynig‘a osilib yig‘lashni 
tilasa-da, qarshisidagi «olabo‘jilar» bunga moni’ edilar. Shu vaqt yigitlar oldida, 
qo‘llarida kishan bo‘lg‘ani holda Otabek bilan qutidor kirdilar. 
— Yigitlar, siz chiqingiz! Qo‘rboshi, siz kishanlarni yeshingiz! — deb buyurdi qushbegi. 
O‘zining mundan keyingi ko‘rguliklarini foji’alar vodiysida ko‘rgan qo‘rboshi boshlab 
kishan kalidini qutidor qo‘lig‘a soldi. Kalidni burar ekan, uning qo‘li dirdir qaltiramoqda 
edi. Homidning noma’lum bir g‘arazi yo‘lida qurbon qilinayozg‘an va bu g‘arazda o‘zining 
ham ishtirokining borlig‘ig‘a qoyil bo‘lg‘an qo‘rboshi ishni bu yanglig‘ akslanishidan 
sirning ochilg‘anini muqarrar bilib, o‘zini shu soat jallod qo‘lig‘a topshirilishini aniq 
kutmakda edi. Ming balo bilan qutidor qo‘lini bo‘shatib, gal Otabekka yetdi. Otabek 
qo‘llarini bo‘shatg‘uchi qo‘rboshining bunchalik titrab, qaltirashidan o‘z raqiblaridan 
bittasi shu kishi bo‘lg‘anini o‘yladi. Garchi o‘zining najoti hali qorong‘u ersa-da, 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin