Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
xalqi Azizbekning hiylasiga aldanib, bizga yog‘iyliq qilg‘ani uchun pushaymon va uning 
zulmidan qutilg‘ani vajdan xursanddir. 
Men Yusufbek hojining bunchalik katta xizmati evaziga xon hazratidan ulug‘ bir 
martaba olib berishka va’da bergan edim. Ul bunga qarshi uzr aytib, Toshkandga insoflik 
bir bek belgulansa, manim uchun kifoya, dedi. Uning xon janobidan kutkan bir 
marhamati bor ekankim, shu yaqinda savdo bila Marg‘ilonda yurgan yolg‘iz o‘g‘lini 
nomalum bir sabab ila O‘tabboy qushbegining qamag‘anlig‘ini eshitibdir. Uning bu 
xizmatini birar mukofotka arzigulik ko‘rsalar, o‘shal qamoqda bo‘lg‘an o‘g‘lini ozod etmas 
uchun xon hazratlarining iladirg‘an inoyatlari har bir narsadan ham unga azizroq bir 
mukofot bo‘lur. Faqat qulingizcha ham Yusufbek hojining davlatimiz ustiga qo‘yg‘an bu 
minnati kichkina gap emasdir. Binoan alayhi uning o‘g‘li garchi o‘lim jazosig‘a sazovor 
bo‘lsa ham, marhamati shohonaning jo‘shg‘a keltirilishi biz navqarlariga ham muvofiq 
ko‘riladir. Vaqtincha Toshkand bekligiga Qo‘shdodqoni belgulab, yoniga bir muncha 
sipohlar berdim. O‘zim Azizbekni olib tezda xizmatlariga yursam kerak, Normuhammad 
qushbegi, muhr”. 
Musulmonqul maktubni tugatdi-da, uyatsiz ravishda Otabekka qarab iljaydi va 
hudaychiga buyurdi. 
— Ikkita zarrin to‘n keltir! 
Otabekning mo‘jiza qabilidan so‘ng daqiqalarida ikkinchi qayta qutilishni ko‘rgan 
O‘tabboy qushbegi beixtiyor yoqasini ushladi. Xudoyorxon ham yirtqich qayinotasining 
changalidan qutilg‘anini tabrik qil-g‘andek Otabekka kulib boqdi. 
Musulmonqul oqsoqlanib, o‘z qo‘li bilan Otabekka zarrin to‘n kiyguzar ekan: 
— Otangizning katta xizmati soyasida o‘limdan qutilg‘aningizdek zarrin to‘nliq ham 
bo‘ldingiz, — deb yana bir qayta uyatsizlandi. 
Tag‘in bir necha kun turib qaytmoq uchun Otabek Marg‘ilong‘a, Hasanali ota Yusufbek 
hojini tinchitish uchun Toshkandga jo‘nadilar. 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin