Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
deb shunga ketkan ekan. Boradirg‘an joyi uzog‘roqda bo‘lib, kechikkan va yo‘ldan 
kelaturib bu gunohiga ikki mesh qimiz olg‘an... Hali qimizni menga berib: «Kirib ayting, 
juda uyatlik bo‘ldim kechirsinlar», deydir, — dedi va kuldi. 
Karima otin: 
— Kechirilmaydir, qimiz o‘zi nima degan gap, — dedi. 
Oftob oyim mehmonlarga qarab chiqg‘andan keyin Hasanaliga kulib javob berdi. 
— O‘zimiz juda cho‘llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik. 
— Balli-balli! — dedi Hasanali, — men kechirganingizni chiqib aytaman. 
— Chiqib ayting, — dedi Oftob oyim. 
— Siz-chi? — deb so‘radi Hasanali Kumushdan. 
Kumush baqadek qotib o‘lturgan Zaynabka qaradi va uyalinqirab javob berdi: 
— Men ham kechirdim... 
— Sizning ikki boshdan kechirishingizni o‘zim ham bilar edim, — dedi Hasanali. 
Bo‘g‘oz-qisir uy ichini kulgi bosdi. 
Kulgidan so‘ng O‘zbek oyim: 
— Nega o‘zi kirmadi? — deb so‘radi. 
— Qayin otasi bilan so‘zlashib o‘lturibdir... 
Hasanali ketkandan keyin O‘zbek oyim Oybodoqqa, qimizni mis tog‘orag‘a 
bo‘shatishka buyurdi. Qo‘y so‘yilib tayyor bo‘lg‘an edi. O‘zbek oyim qudachasining ra’yini 
so‘radi: 
— Nima buyurasiz? 
— Mendan so‘rab o‘lturmang, mehmonlar nimani xohlasalar biz ham o‘shanga yormiz. 
O‘zbek oyim tomoq buyurish uchun havliga tushdi. Zaynab mis tog‘orog‘a ag‘darilg‘an 
qimizni cho‘michlab kosalarga quyib mehmonlarga tutdi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin