Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
kutib turg‘andek, qo‘lig‘a bir choydish choy ko‘targani holda Zaynab kirdi va Otabekdan 
choy ichib, ichmasini so‘radi. Otabek ichmayman, deb javob bergan edi, Kumush orag‘a 
tushdi. 
— Men ichaman, o‘zingiz ham o‘lturing. 
Zaynab uncha qistatmadi, o‘lturib Kumushka choy quyib bera boshladi. Kumush uni 
so‘zga solib so‘radi: 
— Manim balo-qazodek yetib kelishim uchun xafa bo‘lgandirsiz? 
Zaynab Otabekka qarab oldi: 
— Nega xafa bo‘lay, — dedi, — siz kelmaganingizda ham o‘zlari borar edilar... 
— Bormas edilar! — dedi Kumush, — men bilan urishib kelgan edilar... 
Otabek Kumushka yer ostidan kulib qaradi, Kumush ham kulib javob berdi. 
— Shu kishi birav bilan urishadirlarmi? — dedi Zaynab, — ikki yildan beri menga bir 
og‘iz qattig‘ so‘z aytkanlarini bilmayman... 
— To‘g‘ri aytasiz, — dedi Kumush, — bu kishi emas, men urishkan edim... Bu kishida 
sira gunoh yo‘q va arazimizga bir to‘ng‘uz sababchi bo‘lg‘an edi. 
— Kim balo ekan ul? — dedi Zaynab. 
— Bizning shaharning eng yaramasi, — dedi Kumush va Otabekdan so‘radi, — siz 
eshitdingizmi, yaqinda o‘shani bir bek o‘ldiribdir? 
Otabek kulimsiradi: 
— Eshitdim... 
— O‘sha bekning haqiga eshitkan kunimdan beri duo qilib kelaman... 
Zaynab so‘radi: 
— Sizlarda qanday dushmanlig‘i bor ekan? 
Otabek «endi nima deysan» degandek qilib Kumushka qaradi. Kumush bo‘lsa parvosiz 
javob berdi: 
— O‘sha to‘ng‘iz uylanmakchi bo‘lib manim bir o‘rtog‘img‘a sovchi qo‘yib yurar edi... 
Men ersa o‘rtog‘imni unga tegishdan aynatkan edim. Aynatishim halig‘i to‘ng‘uzning 
qulog‘ig‘a yetib meni bu kishiga chaqibdir. Bu kishi bo‘lsa, nega biravni o‘rtasig‘a 
tushasan, deb mendan xafa bo‘ldilar... 
«Bu kishi» Kumushning yolg‘on uyushdirishidan kuldi, Zaynab ersa erini oqlab tushdi: 
Ayb sizda ekan, — dedi, — siz ham nega birav-ning o‘rtasig‘a tushasiz? 
— Ayb mendalikka menda, — dedi Kumush va Otabekka qaradi. — Nafsilamrga 
qarag‘anda ayb bizning oramizg‘a cho‘p bo‘lib tushkan xolamning qizi Zaynabda, 
shundog‘ emasmi? — deb so‘radi. 
Otabek sachrab Kumushka yuz o‘girdi: 
— Bu o‘rtag‘a Zaynabni nimaga kelturib tiqasiz, endi? 
Kumush kuldi va eski holini buzmadi: 
— Siz hovliqmang, bek, — dedi, — tunovi kun xolamnikiga borg‘an edim, xolam qizi 
Zaynabdan shikoyat qilib hamma gapni Homid cho‘chqaning qulog‘ig‘a yetkizguchi o‘z 
qizi Zaynab gumbaz bo‘lg‘anini birma-bir aytib berdi, bildingizmi? 
Otabek zo‘rg‘a-zo‘rg‘a  xaxolashdan o‘zini tutib qol-di: 
— Nima bo‘lg‘anda ham ayb sizda, nega boshda o‘zingiz bu ishka aralashdingiz, axir? 
— dedi. 
Zaynab: 
— O‘zingizning aralashishingiz chakki-da, — deb qo‘ydi. 
Kumush jiddiy tus oldi: 
— Siz aytkandek Zaynab gumbazda ham ayb yo‘q, menga qolsa hamma gunoh bek 
otam bilan xon oyimda,— dedi. — Orzu-havaslik joyni qidirmasdan qizlarini bir kishiga 
berib qo‘ya qolsalar — albatta bu savdolar yo‘q edi... Nahotki ikki yildan beri necha 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin