Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
— Qaramang bo‘lmasa, — dedi Kumush yeshinar ekan, — «bo‘lg‘ani yo‘q, bo‘lg‘ani 
yo‘q» degan so‘zni besh-olti qayta takrorladi va o‘ringa kirib olg‘andan keyin ham 
«bo‘lg‘ani yo‘q, bo‘lg‘ani yo‘q» deb kular edi. 
Otabek nihoyatsiz «bo‘lg‘ani yo‘q» dan zerikib qaradi: 
— Aldamchi. 
— Bu aldashlar — aldash emas, siz hali qarab turing, qochqoq. 
— Aniq qo‘rqmaysizmi yolg‘iz? 
— Nega qo‘rqay, ikki yil yolg‘iz yotib, endi juda o‘rgandim... Ehtimol siz yolg‘izliqdan 
qo‘rqarsiz. 
— Kinoyangiz... 
— Bu kinoya emas, to‘g‘ri so‘zim, — dedi Kumush,— men bu holda yolg‘iz ham 
emasman... 
— Bu nima degan so‘zingiz tag‘in? 
— Ya’ni hamrohim bor, deganim — mendan qo‘rqmang, deganim... 
Otabek yana tushunmadi... 
— Hamrohingiz... 
— Hamrohimmi? — dedi Kumush, — hamrohim biravning xayoli, biravning fikri. Bas, 
bundan ham yaxshi rafiq bormi? Ba’zi vaqtlarda bu yo‘ldosh uyqudan ham shirin. 
Otabek «hamroh»ga tushundi va yotib Kumushning yuzidan o‘pdi: 
— Lekin men bu so‘zingizga ishonmayman. 
— Nega ishonmaysiz? 
— Negaki, siz anovi... kechasi hamrohsiz edingiz... Pish-pish uxlar edingiz... 
Kumush Otabekning yelkasiga qo‘lini tashladi: 
— O‘shal vaqtlarda hamrohsiz uxlag‘anim to‘g‘ri, — dedi, — chunki biravlardan 
butunlay umidim kesilgan, hamrohim menga hamisha umidsizlikgina berar, dah-
shatimnigina ortdirar edi. Ammo o‘sha kunlarda uyqu menga juda shirin bir narsa bo‘lib 
qolg‘an, men uyqudag‘ina biravlarni ko‘rar va kunduzlari ham uyqu qidirar edim. Endi 
bo‘lsa yana yo‘ldoshim xayol... Tag‘in nima deysiz? 
— Hech narsa demayman... Lekin siz ikki yil burung‘i Kumush emassiz. 
Kumush ko‘rpaga burkanib oldi: 
— Chiqing... uyqum keldi. 
Otabek zo‘rg‘agina o‘rnidan turdi... Ul uzog‘lash-qandan keyin Kumush sekingina 
yuzidan ko‘rpani oldi va mudroq ko‘zlari bilan Otabekka kulimsirab qaradi. Otabek 
havlidag‘i oyog‘ tovshini eshitib, tokchadag‘i sham’lardan uchtasini o‘chirg‘an edi, 
darichadan Zaynab ko‘rindi: «Hali ham shu yerda ekansiz, men sizni tashqarig‘a 
chiqg‘ansiz, deb o‘ylabman...» dedi. Otabek javob bermay qolg‘an sham’larni o‘chirdi. 
Zaynabning «hali ham shu yerda...» so‘zi bilan Kumushning ko‘zi uyqudan ochilib ketkan 
edi... Otabek eshikni yopib chiqdi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin