Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
bechorani zir qatnatib ovora qilsalar, Toshkand qishlog‘i bilan Marg‘ilonning orasi ozg‘ina 
yo‘lmi, axir? 
Otabek xaxolab yubordi: 
— Hamon aybni o‘z bo‘yningizga olmaysiz, astag‘-firulloh... 
Zaynab Kumushdan: 
— Bek otangiz bilan xon oyingiz kim? 
— Haligi men aytkan o‘rtog‘imning ota-onalari... Orzu-havas qidirib bechora qizlarini 
qaritib qo‘ydilar. 
— Nega siz tayyor kuyavdan o‘rtog‘ingizni aynatdingiz? 
— Davlati bo‘lsa ham o‘zi teri namoyish edi... Kishi davlat uchun erga tekkandan 
yerga teksin... 
— Albatta, — dedi Zaynab. 
Otabek Kumushning so‘z o‘yuniga ajablanar va xoy shayton, degandek unga qarar 
edi. 
Kumush yana tinchiy olmadi: 
— Bizning urishib qolishimiz uchun Karim sandiqchining ham daxli bor, — dedi. 
Otabek jo‘rttaga so‘radi: 
— Qanday daxli bo‘lsin. Sizga qolsa, butun shahar daxldor ekan-da? 
— Shoshmang jonim, — dedi Kumush, — nega o‘ylamay-netmay eshigiga bosh urib 
kelgan bir yigitni quvlab soladir? 
— Astag‘firulloh... uning quvlanishig‘a ham Homid sabab bo‘lg‘an. Homidning 
yomonlig‘ig‘a ersa siz sabab bo‘lg‘ansiz... 
Zaynab nimadir so‘ramoqchi bo‘lg‘an edi, Kumush unga yo‘l bermadi. 
— U ham emas, bu ham emas, — dedi, — hammasi xudoning taqdiri. 
Otabek: 
— Ana endi to‘g‘ri aytdingiz. 
Kumush: 
— Ikki o‘rtada dum qidirib quloqdan ham ajralg‘an puchuq oyimning holi ham 
xudoning taqdiri! 
Otabek kuldi. Zaynab keyingi so‘zlarga tushuna olmag‘an, shunga ko‘ra Kumushdan 
izohlar olmoqchi edi. Kumush unga izohlar uyushdirishni xohlamag‘anliqdan so‘zni 
chetka chalg‘itib yubordi: 
— Necha yoshqa kirdingiz, Zaynab opa? 
— O‘n to‘qquzg‘a shekillik. 
— Hali siz bola ekansiz, — dedi Kumush. 
— Siz nechaga kirdingiz? 
— Meni so‘ramang, men endi qarib qoldim... 
Zaynab unga hasadlanib qaradi va kuchlanib aytdi: 
— Hali yoshqa o‘xshaysiz-ku. 
— Necha yoshqa kirgan deb o‘ylaysiz? 
Zaynab Kumushning to‘lib yetmagan gavdasiga va o‘n olti yoshlar chamaliq g‘ubor 
tegmagan husniga hayron bo‘lib, mulohazasini aytishdan qo‘rqdi. Zaynabka qolsa 
ehtimolki Kumush o‘zidan ham yosh chiqar edi. 
— Men qayoqdan bilay... 
— Yigirmaga kirdim. 
— Mendan bir yosh katta ekansiz. 
— Sizdan albatta kattaman, — dedi Kumush. 
Kumushning «albatta kattaman» degan so‘zini Otabek ichidan tasdiqladi, uning 
husndagina emas, aqlda va boshqada Zaynabdan necha barobar yuqorida ekanini 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin