Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

11. KUMUSHNING SO‘Z O‘YUNI 
Shomga yaqin mehmonlar tarqalishdilar. Mehmon-xonada hoji, qutidor, Hasanali va 
Otabek qolg‘an edilar. 
Ichkarida O‘zbek oyim mehmonlarni kuzatib bo‘lib, Kumush bilan onasidan ho‘ppak 
olar edi. 
— Men sizlardan juda xafa bo‘lg‘an edim. Sizlarni churuk lattaga tugib, tokchag‘a 
tashlash darajasiga yetgan edim. Nahotki uch yil bo‘lsayu — bir yo‘li o‘z bilgularingizcha 
kelmasalaringiz. O‘g‘lim bechora oy o‘tmasdan bo‘zchining mokisidek qatnab tursa... 
Axir manim ham o‘zimga yarasha obro‘m bor. Toshkandda kimsan, Yusufbek hoji 
deganing ko‘chiman. Xudoyorxon ham bir kun kechasi kelib bizga mehmon bo‘ldilar... 
Qushbegining uy ichlari bo‘lsa, bir ishni manim kengashimsiz qilmaydirlar... Shuncha 
obro‘ ko‘rgan bir kishi kelib-kelib nahotki o‘z qudasidan va kelinidan munchalik 
obro‘sizlik ko‘rsa... Shahardagi kattadan kichik ertayu kech quloq-miyamni yeydirki
hoy, marg‘ilonliq keliningiz keldilarmi, nega shundog‘ keliningiz bo‘laturib Marg‘ilong‘a 
tashlab qo‘yibsiz? Men bo‘lsam hech so‘z topolmag‘animdan aytaman: — Kelinimning 
onasi kasal emish... Ikkinchi vaqtda: — Kelinim bechora munglug‘... deyman. Endi 
ko‘rsam miltiqning o‘qidek, pushti gulning to‘qidek kelinim bor ekan... Men bu adabsizga 
tag‘in o‘zim o‘lturgan uyimni bo‘shatib beribman-a, — der edi. 
O‘zbek oyimning dali-g‘ulilig‘idan Oftob oyim va Kumush unga juda o‘zlashib olg‘anlar, 
uning so‘ziga goh kulib, goh uzr aytar edilar. Hozir uyda Otabek bo‘lmag‘ani uchunmi, 
nimadan bo‘lsa ham har nuchuk Zaynab o‘z uyida kuymalanishib yotar va mehmonlarni 
O‘zbek oyimning tanho o‘ziga tashlag‘an edi. 
Tokchalarga sham’lar yoqilib, vaqt xuftanga yaqinlashib qolg‘andan so‘ng uyga 
Otabek kirdi. Ul kirgandan keyin Oftob oyim bilan O‘zbek oyim ular oldida o‘ltirishni eb 
bilmadilar-da, sirlashish uchun boshqa uyga chiqib ketdilar. Ularning chiqib ketishini 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin