Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
o‘yladi. Orag‘a bir necha daqiqaliq so‘zsizlik kirdi. Otabek yer ostidan Kumushka nigoh 
tashlar, Zaynab gilamning popugini chirmab nimaningdir xayolini surar, Kumush bo‘lsa 
hech kimga ham qaramay mudrag‘an sumol o‘lturar edi. Kumushni bu holda ko‘rib 
Otabekning yuragi achidi... 
— Yo‘lda charchag‘an ko‘rinasiz, Kumush. 
Zaynab gilamdan ko‘zini oldi, Kumush mudrashdan cho‘chidi... 
— Qaydam... 
— Biz ketaylik, siz tinchib uxlang, — dedi Otabek. 
— Mayli... Xuftanni ham o‘quy olmaydirg‘an o‘xshayman. 
— Zarari yo‘q, — dedi, — yolg‘iz qo‘rqmaysizmi... Yoningizda Zaynab yotsinmi? 
— Zaynabnisa siz bilan yotsin... Men yolg‘izliqg‘a o‘rganganman... 
— Onangizni chaqirib beraylik bo‘lmasa. 
— Rahmat. 
— Yolg‘iz yotib qolgangizni ayniqsa oyim eshitsa... 
— Siz bilan Zaynabnisa yolg‘iz yotib qolg‘animni aytmasangiz, hech kim bilmaydir... 
O‘rin o‘shami? 
Zaynab nimagadir juda ham quvonib ketdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Kumushni 
o‘rin yozishg‘a qo‘ymay o‘zi par to‘shakni olib yerga soldi. Kumush mudrag‘an ko‘yi 
Zaynabka tashakkur aytib to‘rdagi burchakka o‘lturib oldi. Otabek berigi burchakdan 
turib uni qo‘li bilan yanar va kulimsirab xo‘mrayar edi. Kumush mudrag‘an ko‘yi, 
suzilgan ko‘yi iljayib javob berar edi... 
O‘rnini solib bitirgandan keyin, Zaynab qanoatlanib uydan chiqmoqchi bo‘lg‘an edi, uni 
Kumush to‘xtatdi: 
— Zaynabnisa, — dedi, Zaynab qaradi, — bu kishini tashqarig‘a chiqib yotishg‘a 
qo‘ymang, tuzikmi? 
— Nimaga? 
— Nimagaki, dadamning ko‘ngliga gap keladir. 
— Xo‘b, — dedi Zaynab va eshitdingmi degandek qilib eriga qarab olg‘andan keyin 
uydan chiqdi. Uning keticha Kumush Otabekka qattig‘ qilib aytdi: 
— Qani, siz ham uyingizga!.. 
Zaynab juda ishong‘an holda o‘z uyiga borib yetdi. 
— Chindan aytib yotibman, eshitasizmi? 
Otabek o‘zini g‘aflatka solib Kumushning yonig‘a bordi: 
— Siz... 
— Men? 
— Siz quvsiz... 
— Men quv emasman, — dedi kulib Kumush, — men hali urushig‘liq holdaman, 
yarashqanim yo‘q. 
— Boya nimalarni so‘zladingiz, sir ochiladimi, deb jonim bo‘g‘zimg‘a keldi. 
— Nega sir ochilsin? — dedi, — men siz bilan o‘tkan ishlar haqida so‘zlashmoqchi 
bo‘lib turar edim — o‘zi jo‘rttaga kirib keldi. Men ham so‘zimni to‘xtatmay jo‘rttaga 
boshqa yo‘lda aytib chiqdim. Nima, bir narsa payqadimi? 
— Payqamadi-ku... Shundog‘ bo‘lsa ham men juda qo‘rqdim. 
— Hali shu yuragingiz bilan uch kishini o‘ldirdingizmi, men ishonmayman, — dedi 
Kumush va Otabekning xanjar tekkan qo‘lining chizig‘ig‘a ko‘zi tushdi. — Pichoq yomon 
kesipti... Chumchuq so‘ydingizmi? Qani chiqing, men yotaman. 
— Yota beringiz. 
— Sizning oldingizda yeshinaymi? 
— Uyalsangiz men yuzimni o‘girib turay, — dedi va yuzini chetka burdi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin