Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
Zaynab bu yolg‘onlash natijasidan qo‘rqib, o‘ngu ters ishiga yopishdi. Kumush moddiy 
hayotidan ayrilg‘an jonivordek bo‘shashdi. Oybodoq ona tarafidan ikki kundash o‘rtasig‘a 
qo‘yilgan tushlik bir necha vaqt sovib yotdi. Zaynabning qo‘rqa-pisa «oling, opa»sidan 
so‘ng ikki taraf ham lagandan chimchigan bo‘lishdilar-da, birin-sirin qo‘lni dasturxon 
chetiga artishdilar... 
Shundan birar soat keyin Otabek qaytib Zaynab tomondan qarshi olindi. Ust to‘nini 
yeshib Zaynabka bergandan so‘ng, qaysi uyga kirish to‘g‘risida havli yuzasida bir oz 
taradudlanib qoldi. Tevaragida g‘ildirlab yurgan Zaynabning uyiga kiraberish uchun 
Kumushning mulohazasini qilar, Kumushning oldig‘a kirmak uchun Zaynabni o‘ylar edi. 
Kumush uyda ko‘rinmadi, shunga ko‘ra «uxlag‘andir», deb o‘ylab Zaynab bilan kirdi. 
Zaynab oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘lg‘an holda erini to‘rt qavat ko‘rpacha ustiga o‘tquzib, 
yoniga uchta par yostiqni uydi. Erining mahsisini artishka ko‘maklashib, yelpib qo‘ymoq 
uchun izn so‘radi. Otabek uzr aytib bunchalik mehribonchiliq ma’nosidan cho‘chib qo‘ydi. 
Otda kelgan bo‘lsa ham kunning issig‘lig‘idan bir piyola choyga muhtoj edi. Choy so‘zi 
og‘zidan chiqmasdanoq Zaynab o‘choq boshig‘a yugurib ketdi. Uning keti bilan 
Kumushning uyiga qaradi. Eshik va darichalar ochiq bo‘lsalar ham uyda birav ko‘rinmadi. 
Kumush kelgandan beri Otabek kun sayin o‘zini siqiqroq bir doiraga kirib borg‘anlig‘ini 
sezar edi. Adimini sanab bosish, bir cho‘qib sakkiz yoqqa qarash kabi ehtiyotlarga 
ta’limotsizoq o‘rganib qolg‘an, buning ustiga bir xil o‘ngg‘aysizlig‘i ham yo‘q emas edi... 
Uning o‘tkan kunlari, ya’ni Kumushka Marg‘ilonda qiladirg‘an muomala va aloqasi 
Zaynabka qorong‘i, shu qorong‘iliqdan foydalanib Zaynab bilan muomalasi o‘zi 
tilagancha. Ammo endi o‘sha holatni davom etdirish mumkin emas edi. Kumushka kulib 
qarasa, Zaynabka ham shundog‘ qilmoqqa, unga qandog‘ muomala qilsa, bunga ham 
shundog‘ qilishg‘a majbur edi. Biroq buning birinchisi yurakdan, ikkinchisi... Birinchisini 
tavsif qilib ko‘rsatish nuchukkim, biz shu o‘ringacha ko‘b qog‘ozlarni qoralab kelamiz
o‘qug‘uchini ham zeriktirmay orqamizdan ergashdirgandek bo‘lamiz, chunki Otabek va 
Kumush ishqlarida samimiyat, yana to‘g‘risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga 
o‘tib tahlil qilmoqchi bo‘lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hech gap topolmaymiz
topgan bilan o‘qug‘uchig‘a qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi 
«majburiyati» sabablarini muhtaram o‘qug‘uchilar yaxshi his etsalar ham yana biz bir 
daraja o‘z tomonimizdan ularni sanab ko‘rsatamiz: 
Din adolatka buyuradir va ota-onaning hurmatlari ko‘ndalang, majburiyatning eng 
kuchligi ham nozigi — mundan bir necha hafta ilgari Zaynab avval martaba yurak 
dardini ko‘z yoshlari ichida ochib berdi. Hammadan ham mana shu keyingisi Otabekni 
siqib tashlag‘an edi. Bu dard ayniqsa Otabekka uch yildan beri sinashta, ul bu dardning 
achchig‘-chuchugini uch yil bo‘yi totib kelar va shuning uchun ham boyag‘i og‘irliqni o‘z 
ustiga olmoqqa majbur edi...  
Zaynab unga ikki piyola choyni ichirgandan so‘ng so‘radi: 
Sizni kech qaytarsiz, deb osh qoldirmag‘an edik, sovug‘roq bo‘lsa ham ozroq olib 
qo‘yg‘an edim... yesangiz? 
Otabek ochiqib kelgan edi, «mayli, bering», dedi. Boyagi gap bilan yeyilmagan 
lag‘mon Otabekning oldig‘a keldi. Ustidagi qiymasi bilan laganning buzilma-g‘anini ko‘rib 
Otabek so‘radi: 
— O‘zlaring yemadinglarmi? 
— Yedik. Kumush opa ham shu yerda edilar... Lag‘monni uncha xushlamas ekanlar
shekillik, yaxshi yemadilar... U kishi yemaganlaridan keyin men ham yeb o‘lturg‘ali 
iymandim... 
— Yemagan bo‘lsangiz, siz ham olishing, — dedi bek. 
Zaynab eridan iymanmay birgalashdi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin