Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
— Bo‘lmasa bu yurak so‘zi emas. 
— Albatta yurak so‘zi. 
— Yuragingizning ishonma, deyishka birar vaji bordir? 
— Bor. 
— Bo‘lsa ayting. 
— Yuragim: quvlanishg‘a kim sazovor, deb sizdan so‘raydi... Siz o‘z yuragingizdan 
olib javob bering. 
Otabek maqsadga tushundi, daf’atan javob berishka hayron bo‘lib qoldi. Darhaqiqat, 
Kumush eng nozik joydan ushlag‘an edi. 
Kumush Otabekdan javob kutib o‘lturmay yana dedi: 
— Boshqalar yuragini sinab ko‘rishka qudratim yetmasa ham manim yuragim ikki 
narsani o‘z ichiga sig‘dira olmaydir... 
— Sening yuraging ikki narsani o‘z ichiga sig‘di-radir, demakchisiz. 
— Demakchi emasman, — dedi Kumush, — chunki hech vaqt bo‘ladirg‘an gap emas... 
Kumush hamon yuqorida aytilgan bir ma’nonigina ifoda qilmoqchi bo‘lar edi. Ammo 
Otabek Kumushning to‘sindan o‘zgarib ketkan xarakter qat’iyatiga va bir kundayoq, 
bunchalik masofani o‘tkan keskinlikka juda taaj-jubda, qarshisidag‘ining suratida emas, 
siyratida qiziq bir o‘zgarish ko‘rar edi. 
— Maqsadingizga yaxshi tushunaman, — dedi oxirda,— har jihatdan qaralg‘anda ham 
siz bu to‘g‘rida haqlisiz. Ammo o‘shang‘acha... balki buni o‘zingiz his etarsiz, deb 
o‘ylayman... 
Kumush indamay qo‘ydi. Ehtimolki, ul keyingi masala to‘g‘risida erining fikrini bilib 
qo‘ymoqchi edi... 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin