Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
O‘zbek oyim ediki, buning sababi ham izzatlik o‘qug‘uchimizg‘a bir daraja ma’lum bo‘lsa 
kerak. Sut bilan kirgan jon bilan chiqar deganlaridek, O‘zbek oyimning o‘shal 
vaqtlardag‘i tash-viqotlari ham uning tarafidan faqat «kelinlik» majburi-yati ostida qabul 
qilinar, masalan, qayin ona — «falonchi domlag‘a borib mundog‘ qil, Zaynab», deb 
buyur-mag‘uncha o‘rnidan qo‘zg‘almas va shuning bilan birga erining tashlab qo‘yishi 
to‘g‘risida onasi, egachisi va boshqa yaqinlarig‘a churq etib og‘iz ochmas edi. 
Zaynabning bu holiga hukman — «erining qarash va qaramaslig‘i uning uchun farqsiz 
edi» deb aytish albatta to‘g‘ri bo‘lmaydir. Chunki kundashining Toshkandga kelish 
xabarini eshitkan Zaynabni biz yuqorida Otabek quchog‘ig‘a tashlang‘an holda ko‘rib 
edik. Xulosa, Zaynabning bolaliq vaqti bilan hozirgi holini chaqishdirib qarasaq ko‘ramiz; 
yosh Zaynab bir oy ilgari tikilib qo‘yilgan kiyimning o‘ziga yoqmag‘anini faqat arafa kuni 
aytib, yig‘laydir, bu kungi Zaynab o‘zining muhabbatini eriga faqat kundashi kelib yetar 
oldida e’lon qiladir. 
Biz yuqorida yosh Xushro‘y bilan o‘qug‘uchini bir darajada tanishdirgan edik. Endi 
uning oila hayoti bilan ham tanishdirishka majburmiz: 
Xushro‘yning erga tegishi ham o‘ziga o‘xshash fav-qulodda bo‘lg‘an edi. Masalan 
aksariyat qizlarimiz ota-ona kimni muvofiq ko‘rsa, shunga tegishka majburdirlar. Lekin 
Xushro‘yniki mundog‘ bo‘lmadi. Xushro‘y o‘n sakkiz yoshka yetkandan keyin unga 
sovchilar kela boshlaydirlar. Tabiiy Xushro‘yning fe’lini yaxshi bilgan ota-ona uning 
ra’yini olmasdan turib bir ish qilmoqdan qo‘rqadirlar. Olim ponsadboshig‘a ma’qul 
bo‘lg‘an necha yigitlar, Mohira oyimg‘a yoqg‘an qancha tegu taxtlik xonadonlar Xushro‘y 
tomonidan rad qilina boradir. «Falonchining o‘g‘limi?» deb so‘raydir Xushro‘y va 
onasidan javob kutmay: «xudoy ko‘tarsin erni. O‘shanga tekkanimdan ko‘ra, qaro yerga 
tekkanim yaxshi!» deydir. Bir necha vaqt shu yo‘sun Xushro‘yning ra’yiga qarab er-xotin 
zerikadirlarda, o‘zlaricha bir joyga qudalashmoqchi bo‘ladirlar. Ularning andishasini 
bilgan Xushro‘y boshda bunga qarshi bir narsa demaydir. Ammo uzil-kesil fotiha o‘qub, 
qudalashish uchun uyla-riga kelgan sovchi va quda xotinlarning oldilarig‘a kelib betlariga 
aytadir: «Hali men ersirab qolg‘anim yo‘q, fotiha o‘qub tashvish chekmay uylaringga 
jo‘nay beringlar». Mohira oyim bu yuzsizlikdan yer yorilsa yerga kirgundek bo‘ladir. 
Sovchilar ersa mundog‘ uyatsiz qizdan alhazar o‘qushib jo‘naydirlar. Albatta ota-onaning 
bunga qarshi choralari qarg‘ish va ranjishdan nariga o‘tolmaydir. Og‘asi Azimbekning 
Xushro‘y ustiga ko‘targan mushti ham «nega meni urasiz, men falonlik qildimmi?» 
degan haqlik so‘z bilan darmonsizlanadir. 
Shu voqi’adan so‘ng sovchilar oyoqi uziladir. Xush-ro‘y uchun hech kim og‘iz solmay 
qo‘yadir. Chunki boyag‘i sovchilar bu favqulodda muomalani ko‘ringan biravga doston 
qilib o‘quydirlar. Mohira oyim ta’naga til ochadir: «Endi dunyodan ersiz o‘tasan, qizim!» 
Lekin Xushro‘y hanuz pinagini buzmaydir: «Er qurib ketkan emasdir, xohlasam 
ertagayoq erga tega olaman», deydir. 
O‘rtadan bir necha vaqt o‘tib Azimbekning o‘rtoqla-ridan bo‘lgan Nusratbek otlig‘ bir 
beknikidan xotin ustiga sovchilar keladir. Mohira oyim eridan fikr so‘rash o‘rnig‘a qizig‘a 
arz qiladir va Xushro‘y munga qolganda quloq qoqmaydir. Bu roziliqni eshitib otasi va 
og‘asi juda so‘yinishadirlar. Zero Nusratbek beklar ichida obro‘likroq kishining o‘g‘li va 
hozirgi tutib turg‘an ishi ham ancha dong‘lik bo‘ladir. Shuning uchun uning xotinliq 
bo‘lish kamchiligi ham e’tiborg‘a olinmaydir. Fotihaning ikkinchi haftasi to‘y-nikohlari 
bo‘lib, Xushro‘yning Nusratbek bilan chodirda qilg‘an birinchi muomalasidan til biriktirib 
erga tekkani xotinlarg‘a ma’lum bo‘ladir. 
Xushro‘y chodirdan chiqmasdanoq choy tashib, xizmat qilib yurgan kundashiga 
kesatuq bilan hujum boshlaydir. Ikkinchi va uchunchi kunlarda to‘ppa-to‘g‘ri kundash 
ustiga sapchiydir. Hafta, o‘n kun o‘tmasdan erini o‘z tomonig‘a og‘ishdirib kundashi 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin