Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
— Tuzik. 
— Xudoyg‘a shukr, qo‘lingda xating bor, o‘lg‘anning ustiga chiqib tepkandek xat-
xabarsiz qo‘yma. Har bir o‘n besh kunda xat yozib eringga ber. 
— Albatta, siz ham unutmang. 
Bir oz jim qoldilar... Oftob oyim entikib og‘ir nafas oldi va ma’yusona Kumushka 
qaradi. Kumush o‘rinsizcha onasig‘a qarab iljaydi. Bu o‘rinsiz ishdan Oftob oyim 
achchig‘landi: 
Manim holim senga kulgimi, qizim? 
— Yo‘q, — deb yana kulimsiradi Kumush, — bir-ikki kundan beri siz aytadirgan... 
— Nima men aytadirgan? 
— Axir... — deb qizarindi Kumush, — ko‘nglim aynar edi, deb aytar edingiz-ku... 
Oftob oyimning ham yuzida bir kulimsirash ko‘rishdi: 
— To‘g‘rimi? 
— Bilmadim... — dedi, yerga qarab qizardi, — o‘tkan kundan beri ko‘nglim 
aynagandek bo‘ladi... Ayniqsa palov isidan ko‘nglim ketadi... Achchig‘ narsalar yegim 
keladi... 
— Muborak bo‘lsin, — dedi Oftob oyim, kuldi. Kumush ijirg‘anib o‘zicha allanarsa 
so‘zlandi. Oftob oyim engashib Kumushning qulog‘ig‘a shivirladi, — bu sirni eringdan 
boshqa hech kimga bildirma, qayin onang ham yengil xotin, ayniqsa kundashing seza 
ko‘rmasin. 
Kumush ma’qul ishorasini berdi. Ona-bola bir o‘rin yozib yotdilar. Ko‘b vaqtkacha 
Oftob oyimning ivir-shiviri nabira to‘g‘risida bo‘lib qoldi. Ko‘ziga uyqu kelmay «shuni 
ham ko‘rar kun bo‘larmikin?» deb edi. 
Sahar paytida turib choy ichdilar. Subh namozini o‘qub, arava qo‘shildi. Aravaga 
chiqadirg‘an mayda-chuyda tashilib bitdi. Ot jilovida Hasanali, arava yonida qutidor va 
hoji so‘zlashib turar edilar. Otabek arava orqasig‘a narvoncha chiqarib qo‘ydi. Xotin-xalaj 
hamma yo‘lakka yig‘ilib, Oftob oyim birin-birin kuzatkuchi xotinlar bilan ko‘rishib chiqdi. 
Eng so‘ng Kumushni bag‘rig‘a bosib yig‘lab yubordi. Kumush ham o‘zini tutib turolmadi. 
Boshqalar ham yig‘idan nasibasiz qolmadilar. 
— Xudoyg‘a topshirdim, Kumush, qazom yetib ko‘ralmay o‘lsam, mandan rozi bo‘l! 
— Siz ham, oyi!.. 
Qutidor ham ko‘chadan yo‘lakka kirib qizining manglayidan o‘pdi: 
— Ko‘rishkuncha, qizim. 
— Xayr, otajon. 
Yo‘lakka Yusufbek hoji yuzlanib umumiy duog‘a qo‘l ko‘tarildi. Duodan so‘ng Otabek 
to‘riq yo‘rg‘ani chiqarib qutidorg‘a tutdi. Oftob oyim yana bir qayta qizi bilan 
quchog‘lashg‘ach, Otabekning ko‘magi bilan yig‘lag‘an ko‘yi narvonchadan aravaga mindi 
va soyabon orqaliq olding‘a o‘tdi. Qutidor Yusufbek hoji bilan salomlashib 
quchoqlashg‘andan keyin Otabekning qo‘ltig‘lashi bilan otqa mindi. Otabek ham aravaga, 
Oftob oyim yonig‘a chiqib o‘lturgach, umumiy «Ollohu akbar!» dan so‘ng Hasanali otni 
yo‘lg‘a soldi. 
Kumush darboza yonig‘a chiqg‘an edi: 
— Xayr onajon! Manim uchun buvimni quchog‘lab qo‘ying. O‘rtoqlarimg‘a salom 
ayting! 
— Xudoyg‘a topshirdim, Kumush, yaxshi qoling, quda! 
Yaxshi boring, buv Oftob! 
— Yaxshi qoling, buv Zaynab! 
— Yaxshi boring, opoq oyi! 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
Arava ko‘chadan burilg‘uncha «yaxshi qoling, yaxshi boring, salom ayting» so‘zlari 
takrorlanib turdi. Arava katta ko‘chadan burilib, ko‘zdan yo‘qolg‘ach, eng keyinda qolib 
yig‘lag‘an ko‘yi Kumush ichkariga kirdi. Otabek bir necha bekatkacha mehmonlarni 
kuzatib borib, so‘ngra qaytmoqchi edi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin