Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga qaytib kirdilar. Kundashining so‘zsiz, 
nesiz o‘z uyiga kirib ketkani uchun o‘ylanib, bir oz havli yuzida to‘xtadi, so‘ngra bu ham 
o‘z uyiga burildi. 
Kundan-kunga Zaynabning susayib, o‘ziga begonalashib borg‘anini ul yaxshi onglar 
edi. Bu kun bo‘lsa o‘ynab aytkan so‘zi javobsiz ham qoldirilib, bu hol yana uning miyasini 
qotirdi. Ko‘nglida bir xiralik bilan borib daricha yonig‘a o‘ltirdi. Zaynabning hasadini qo‘z-
g‘atmas uchun Otabek bilan muomalada qilg‘an ehtiyotlari zarracha foyda bermaganiga 
hayron, endi qaysi yo‘sunda mirosani sozlash yo‘llarini o‘ylar edi. O‘n besh kun ichidayoq 
buncha keskinlashkan Zaynabning ichki adovatining bir oyda qaysi darajalarga borib 
yetishini o‘ylar va mirosa bu holda ketgan taqdirda bu uyda uzoq qola olmasini fahmlar 
edi. Lekin bu uydan chiqib ketishni, bir-ikki oylab Otabekni Zaynab qo‘lig‘a topshirib 
qo‘yishni yana muvofiq ko‘rmas, ya’ni Kumushda ham bir qizg‘anchiqlik hissi 
uyg‘ong‘an... Fikri shu yerga yetkanda qaysi kunidir Otabekning Zaynabka boshqa-
charoq qilib kulib qarag‘ani va Zaynabning shu vaqtdag‘i oydek jozibalik to‘la yuzi 
ko‘ringandek bo‘ldi... Bu ko‘rinishdan so‘ng ul sakrab o‘rnidan turdi-da, tokchadag‘i 
oynani oldi va o‘ziga qaradi... 
Ma’lumki, kishi oynaga boqqanda nechog‘liq aybsiz bo‘lsa ham o‘zini bir kamchiligi 
orqaliq ko‘radir. Shunga o‘xshash bir qarashda Kumush ham o‘z-o‘zidan rozi qolmadi. 
Shahlo ko‘zlar, o‘siq jinggila kipraklar, qunduz qosh va qora xollar va boshqa latofatlar 
o‘ziga pisand bo‘lmadilar... O‘zini Zaynabka qarag‘anda siqiq, yosh, bolasifat ko‘rdi... 
Oynani tokchag‘a qo‘yib Zaynabka chinlab hasadlangan holda kelib boyag‘i o‘rniga 
o‘lturdi. Anchagina o‘ylab o‘lturg‘andan keyin ko‘ngliga «u meni suysa bo‘ldi-da», degan 
gap keldi... O‘zining bu hukmiga rozi bo‘lmadi, go‘yo o‘zining suyilishi bir necha 
oyliqqag‘ina o‘xshar, Zaynabning to‘lg‘an oydek yuzi bu suyilishka shu besh-o‘n kunning 
ichidayoq xotima beraturg‘andek ko‘rinar edi. Shu ko‘rinish orasida Zaynabni yana o‘z 
ko‘zidan yaxshilab o‘tkarmakka va uning husn kuchini sinamoqqa qaror berib o‘rnidan 
turdi... 
Kumush kirganda Zaynab daricha yonida to‘ppi tikib o‘lturar edi. 
Oyim aytkandek, — dedi kulib Kumush, — siz bilan yulishqali keldim. 
Zaynab to‘ppisini qo‘yib o‘rnidan turdi: 
— Men ham oldingizg‘a chiqaymi, deb turg‘an edim... 
Kumush istehzo bilan kuldi: 
— To‘ppi tikib o‘lturibsiz-ku, manim oldimg‘a chiqarmidingiz, barakalla sizga, — dedi. 
Zaynab bir sabab ko‘rsatalmay o‘ngg‘aysiz holda qoldi. Darhaqiqat, uning bu ishi 
ochiqdan-ochiq bolalarcha ketgan edi. Kumush uni o‘ngg‘aysiz holdan chiqarish uchun 
tikilgan to‘ppini yerdan olib ko‘rgan bo‘ldi. 
— Chokni yaxshi tikar ekansiz, kimga? 
— Biravga atag‘anim yo‘q, axir bittasi kiyar... O‘ltu-ring. 
Ikki kundash qarshima-qarshi o‘ltirishdilar. Kumush unga tikilib-tikilib qarar edi... 
Zaynab boyag‘i o‘ng-g‘aysizliqdan hali chiqib yetmagan, qizarinqirab yerga boqqan edi. 
Bir-ikki daqiqani so‘zsiz kechirdilar. 
— Chiqmag‘animni ham ko‘nglingizga olibsiz-da, — dedi nihoyat Zaynab. 
— Nega ko‘nglimga olay, men yosh bolamanmi, — dedi,— kelganimga o‘n besh kun 
bo‘lmasdan o‘zingizni chetka tortib boshladingiz... Men siz bilan egachi-singil bo‘larmiz, 
deb o‘ylag‘an edim... 
— Hali nima bo‘libmiz... Arzimagan gapni ham ko‘nglingizga olabersangiz... 
— Bu arzimagan gapmi? — dedi Kumush, — uyda hech kim yo‘qlig‘ini bilaturib 
o‘zingizni chetka tortasiz... Bu esa yuzingni ko‘rishga toqatim yo‘q  deganingiz bo‘ladir. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin