Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

*  *  * 
Oy tug‘ib, mo‘ljal yaqin yetdi. Marg‘ilondan ham Oftob oyimning yo‘lg‘a chiqish xabari 
keldi. Lekin Kumushda ma’lum og‘riq boshlang‘an edi. Og‘riqning  birinchi kuni Kumush 
hech kimga sezdirmay yurdi. Ammo ikkinchi kun buni boshlab Otabek, undan keyin 
O‘zbek oyim sezdi. Otabek ma’lum xavf ostida bu sirdan kishiga og‘iz ochish uchun 
o‘zida majol topmasa ham, O‘zbek oyim darrav Hasanalini mundan olti oy ilgari 
belgulanib qo‘yilg‘an doya xoting‘a yugurtirdi. 
Doya kelgandan so‘ng ichkari havli erkak zotidan tozalandi. Kumushni o‘qtin-o‘qtin 
og‘riq ushlamakda, doya xotin va O‘zbek oyim unga o‘zlari bilgan udimlar bilan 
yordamlashmoqda edilar. Kechka tomon dard juda kuchayib ketdi, o‘qtin-o‘qtin dam-
badamga alishindi. 
Tashqarida Otabek yo‘q edi. Hasanali darboza bilan mehmonxona orasida qo‘lini-
qo‘lig‘a ishqab yurinib turar va qayta-qayta axtaxonag‘a kirib to‘riq yo‘rg‘aning u yer, bu 
yerini supirar edi. Hoji bo‘lsa xursand va xafaligi noma’lum bir qiyofatda «Daloyil» o‘qur 
edi, har besh daqiqada ichkari tomong‘a quloq solib to‘xtar, goho darichadan Hasanalini 
chaqirib «tinchlikmi» deb so‘rar edi. 
Ular masjiddan shomni o‘qub kirgach, ichkaridan Oybodoq kechlik olib chiqdi. Undan 
na Hasanali va na hoji og‘iz ochib hol so‘ramadilar. Taom ustida Otabekning yo‘qlig‘i 
ham his etilmadi. So‘zlashmasdang‘ina lagandan bir muncha cho‘qig‘an bo‘ldilar-da, qo‘l 
artishdilar. 
— Xuftan aytildimi? — deb so‘radi hoji. 
— Eshitmadim... Chiqa bersak ham bo‘lar, — dedi Hasanali. Shu vaqt ichkaridan 
xotinlarning favqulodda qiy-chuv tovushlari eshitilib, ikkisining ham quloqlari tikkaydi va 
qo‘rqa-pisa bir-birlariga qarashdilar. Qiy-chuv orasidan zaif yig‘i tovshi ham kelib 
qo‘ydi... Ikkisi bir muncha kulimsirab oldilar, lekin shundog‘ bo‘lsa ham yana churq etib 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin