Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
qo‘rboshini bir sinab ko‘rish uchun hamma kuchini ikki ko‘ziga yig‘dida, unga qaradi. 
Favqulodda dahshat kasb etkan uning ko‘zlari qarshisida qo‘rboshining gunohkor ko‘zlari 
chiday olmadilar-da, yerga boqdilar, Otabekning bu sinashi o‘z fikrining to‘g‘ri bo‘lishi 
bilan natijalandi. 
Qushbegining buyrug‘i bilan ikki gunohkor tiz bukib o‘lturdilar. Qo‘rboshi ham 
to‘rbasini yo‘qotqan gadoydek qushbegining chap yonig‘a, Kumushbibining yuqorisig‘a 
borib o‘lturdi. Otabek va qutidorning ko‘zlari Kumushbibiga tushkan bo‘lsa ham o‘z 
qayg‘ulari bilan bo‘lib unga iltifot qilmag‘anlar, hokim mahkamasida paranjilik xotinning 
nima qilib yurganlig‘idagi favquloddalik ham eslariga kelmagan edi. Dor ostidan qaytish 
sirri, qo‘ldan kishanlarni olinish sababi ularni juda shoshirg‘an, shuning uchun 
qushbegining og‘zig‘a qarag‘an edilar. Qushbegi bo‘lsa negadir uzoq o‘ylab o‘lturar, 
tezda gap ochmas edi. Bu holda butun majlis ahli qabziyatda, qirq quloq bo‘lib uning 
og‘zig‘a tikilgan edilar. Ammo bu holga qo‘rboshi jonu dildan tarafdor, shu holda bir 
necha kunlab emas, yillab so‘zsiz qolishni tilar edi. 
— Otabek, — dedi qushbegi so‘z boshlab, — qo‘lg‘a oling‘an kuningiz menga o‘zingiz 
bilan otangizning qanday kishilar bo‘lg‘aningizni, ya’ni maslakingizni so‘zlag‘an edingiz. 
Ammo biz o‘shal so‘zlaringizga dalil va isbotsiz ishona olmaymiz. Sizni dor ostidan 
qaytarib kelishimiz ham o‘shal da’vonigizga birar isbotingiz bormi yoki quruq bir gapmi, 
deb hukmning ijrosini bir oz fursatka to‘xtatishdir. Endi siz o‘shal da’vongizni isbot qila 
olasizmi? 
— O‘shal kungi manim so‘zlag‘anlarim, otam bilan manim ichki sirlarimiz edi, — dedi 
bek, — albatta bunga guvoh va isbot topish qiyindir. Agarda otam kelib manim so‘zimni 
quvvatlag‘anda ham bari bir siz, o‘g‘lini qutqazish uchun so‘zlaydir, der edingiz-da, 
ig‘vogarlar-ning gapiga ishonib o‘z hukmingizni qila berar edingiz. 
Yashindek so‘qqan uning bu so‘zlaridan qushbegi o‘zini arang to‘xtatdi: 
— Demak, o‘sha so‘zlaringizni isbot qilish uchun hujjatingiz yo‘q? 
— Yo‘q... Isbot uchun vijdonimdan boshqa shohidim yo‘q. 
— Yaqin orada Toshkanddan birar narsa olg‘anmi-dingiz? 
— Ya’ni nima? 
— Masalan xat. 
Otabek ko‘b o‘ylay olmadi, butun borlig‘i bilan harakat qilib qichqirdi: 
— Oldim, oldim! Isbotim ham bor! 
A’yoni shahar uning bu holiga chidab turolmay ko‘zlariga yosh oldilar. 
Otabek yana dedi: 
— Odam qo‘shsangiz men keltiray guvohimni! 
— Tinchlaningiz, Otabek, — dedi qushbegi, Otabek bir oz o‘zini yig‘ib olg‘andan keyin 
so‘radi, — nima olg‘an edingiz? 
— Maktub. 
— Kimdan? 
— Otamdan. 
— Qachon? 
— Toshkandda isyon boshlanish oldidan. 
— Undan keyin-chi? 
— Olmadim. 
— Otangiz o‘sha xatida nimalardan bahs qilar edi? 
— Tushunmagan Toshkand xalqini Azizbekning makriga uchkanidan, eng oxirda... — 
asarlanib to‘xtab oldi, — manim shu holga tushmog‘imni karomat qabilidan so‘zlab, 
menga bir muncha nasihatlar ham qilgan edi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin