Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
Otabekning bu so‘zidan keyin ponsadboshi — «endi bo‘lar» degandek qilib qushbegiga 
qaradi. Qo‘rboshi ersa Otabekning ustida hali bunchalik tergashlar borlig‘i uchun o‘zini 
bir oz to‘xtatib qoldi. Qushbegi ko‘rpacha ostidan xatni olib Otabekka ko‘rsatdi. 
— Bu qanaqa maktub, taniysizmi? 
Otabek ko‘rguchi ko‘zlariga ishonmag‘andek: 
— Taniyman, — dedi, — ta’rifini  sizga  so‘zlag‘a-nim, otam maktubi! Taajjub, buni 
sizga kim keltirdi, taqsir? 
Qushbegi yengilgina iljayib Kumushbibiga ishorat qildi: 
— Najot farishtasi, — dedi. Qutidor bilan bek yalt etib Kumushka qaradilar. Endi 
Kumush ortiq chidab turolmadi: 
— Otajon, men qizingiz! 
Otabekning qulog‘ig‘a eshitilgan bu tovush uning yuragini ingichka yeriga borib 
tekkan edi. Esini yo‘qotib turg‘an qayin otasig‘a qaramay: 
— Sizmi, Kumushmi? — deb so‘radi. 
— Men, men! 
Bu savol-javob ila ikki vujudning hamma hasratlari, alamlari bir-birlariga 
onglashilg‘an, ikki tovushning bir-birisiga kelib qo‘shilishidan ikkisiga ham til bilan ongla-
tib bo‘lmasliq bir hol yuz bergan edi. 
— Bu senmi, qizim? 
— Men, otajon! 
Bu o‘ringacha boshqa bir mulohazada o‘lturgan qushbegi ularning so‘zlarini bo‘lib, 
Otabekdan so‘radi: 
— Qulingiz Hasanalini nega shu kungacha topib bo‘lmadi? 
— Qamalg‘an kunimdan beriga undan xabarim yo‘q, taqsir, — dedi-da, Otabek 
Kumushka qaradi. 
— Bu kun o‘n ikki kun; Hasanali ota Toshkand ketmishdir, shundan beri undan darak 
bo‘lmadi, — dedi Kumush. 
— Toshkand ketishka uni nima majbur qildi? — deb o‘rinsiz bir savol bergan edi 
qushbegi, Kumushbibi uning nima uchun ketkanligini aytib qanoatlantirdi. 
Masala yana xat ustiga o‘tib, Otabek qushbegidan so‘radi: 
— Qo‘lingizdag‘i maktub bilan ehtimol biz oqlan-g‘an chiqarmiz? — Qushbegidan 
tasdiq ishorasini olib davom etdi. — Hozir biz sizning adolatlik hukmingizdan bir narsani 
so‘raymiz: ul shuldurkim, bizning to‘g‘rimizda yomon maqsad bilan sizga chaqimchiliq 
qilg‘uchi ig‘vogar va g‘arazgo‘lar bu majliska hozirlansinlarda, o‘zlarining mash’um 
kashflarini va yo ko‘rgan-eshitkanlarini isbot qilib bizni qayta boshdan dor ostig‘a 
yuborsinlar. Bil’aks isbot qilolmas ekanlar, bizga qazig‘an chuqurlarig‘a o‘zlari 
yiqitilsinlar! Ado-latingizdan bizning talabimiz shul! — dedi va qo‘rboshig‘a qaradi. Uning 
yuzida qo‘rqish va iztirob alomatlari ko‘rdi. 
— Talabingiz o‘rinlik, — dedi qushbegi, — ammo xasmingizni bu majliska hozirlash 
uchun vaqtimiz ozdir va lekin bu kun uni qo‘lg‘a olarmiz va birisi kun beshovingizni bir 
yerga jam’lab o‘z hukmimizni berar-miz, — dedi. Kumushbibiga yuzini o‘girdi. — Qizim, 
sizning bunchalik zakovat va jasoratingizga otangiz bilan eringiz har qancha tashakkur 
aytsalar va o‘zlarining mundan so‘ngg‘i umrlarini sizning baxshishingiz, deb bilsalar 
arzir. Men ham sizning bu xizmatingiz evaziga eringiz bilan otangizni hozirdan boshlab 
ozod qildim. Ammo Otabek ish bir taraflik bo‘lg‘uncha o‘zining qochmaslig‘i uchun kafil 
berishka majburdir. 
Hamma mol va mulki bilan qutidor Otabekka kafil bo‘ldi va qushbegining haqig‘a duo 
qilib, uchavlari mahkamadan birgalashib chiqdilar. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
— Ziyo aka bilan o‘g‘li Rahmatni bo‘shatingiz, so‘ngra anovini qo‘lg‘a olingiz! — degan 
amrni olib, qo‘rboshi ham siljidi. Shuning ila bu kungi hukm majlisi tamom bo‘lib, shahar 
a’yonlari taajjub ichida tarqala boshladilar. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin