Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
«Siz omon bo‘lib osoyish o‘ltirsangiz, qipchoqqa yo‘l bermaymiz, taqsir! Qo‘rg‘on 
tuzatishka fotiha beringiz, taqsir!» 
Azizbek fotiha berdi. Xalq urush hozirlig‘ig‘a kirishdi. Ana, o‘g‘lim, bizning xalqning 
holiga yig‘lashni ham bilmaysan, kulishni ham! Har holda Toshkand ustiga yana qonliq 
bulutlar chiqdi, ishning oxiri nima bilan tinchlanar— bu bir xudog‘ag‘ina ma’lumdir. 
Boshqa so‘zlardan ham ortiqroq esingga shuni solib o‘tayki,  siyosat to‘g‘rila-rida 
o‘ylanibroq so‘zla! 
Arzimagan sabablar bilan talaf bo‘lgan jonlarni hamisha ko‘z oldingda tut! Sen bilan 
manim ko‘ngillari-mizdagi yaratg‘uchig‘ag‘ina ma’lum bo‘lib, ammo Farg‘onada meni 
Azizbekning sherikidir, deb o‘ylashlari va seni bir fitnachining o‘g‘li, deb tanishlari 
ehtimoldan yiroq emasdir, shu jihatlarni mulohaza qilib oyog‘ bos! Bu tinchsizlik vaqtida 
sen bilan manim hayotimizning tahlika ostida bo‘lg‘anlig‘ini unutma! Shuni ham aytib 
qo‘yayki, bu tinchliksiz bosilmag‘uncha Toshkandga kelmasliging maslahatdir. Toshkand 
tinchlangandan keyin (agar salomat bo‘lsam) o‘zim xabar yuborurman. Munda barcha 
yoru do‘st salomat, mendan Hasanaliga salom ayt! Addoi
 
otang Yusufbek hoji. Toshkand
27-dalv oyida 1264-yilda yozildi». 
Otabek maktubni tugatib, tushunmay o‘tkan jumlalarini qayta ko‘zdan kechirar ekan
Azizbek voqi’asi ustiga kelganda ixtiyorsiz «tulki» deb yubordi. 
«...bosilmag‘uncha Toshkandka kelmasliging masla-hatdir!» — bu jumlani o‘qug‘anda, 
— undog‘ bo‘lsa sira tinchimangiz, — dedi-da, yovoshg‘ina iljayib qo‘ydi...  
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin