Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix05.04.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#93692
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
522c4820b5c6e4cf78ed686631ff3529 Vulqonlarning Yer yuzida geografik tarqali

14-rasm. Kilauela vulqoni. 
 
Afrikada joylashgan mashhur vulqonlarga quyidagilar kiradi: 
Virunga — Sharqiy Afrikadagi hozirgi zamon vulkanizmi oblasti bo’lib, 
Kivu kulidan shimolga tomon yo’nalgan tektonik botiqda joylashgan. 8 ta yirik va 
ko’plab (400 dan ortiq) mayda harakatdagi va so’ngan vulqonlar guruhi mavjud. 
Virunga vulkanik maydoni bazalt va leystitli lavalardan tuzilgan bo’lib, 1800 m va 
undan ortiq balandlikda. Eng baland joyi — Karisimbi so’ngan vulqoni (4507 m); 
g`arbdagi Niragongo (3470 m) va Nyamlagira (3056 m) vulqonlari faol 
harakatdagi vulqonlar hisoblanadi.
 
Kilimanjaro — Sharqiy Afrikadagi vulqon tog`i, Tanzaniya hududida 
joylashgan. Suaxili tilida “sovuqlik xudosi” tog`i ma’nosini anglatadi. Afrika 


51 
materigidagi eng baland cho’qqi hisoblangan bu vulqonning balandligi 5895 m. 
O’zaro qo’shilib ketgan 3 ta so’ngan vulqon Kibo (5895 m), Mavenzi (5355 m) va 
Shira (4006 m)dan iborat. Kilimanjaro, asosan, traxibazalt va fonolitlardan 
tuzilgan.
Janubiy Amerikada joylashgan mashhur vulqonlarga quyidagilar kiradi: 
Kotopaxi — Ekvadordagi harakatdagi vulqon. And tog`larida, Sharqiy And 
tog`larining g`arbiy etagida. Balandligi 5897 m bo’lgan bu vulqon andezitlardan 
tuzilgan. 4700 m balandlikdan yuqorisi qor bilan qoplangan. So’nggi marta 1976-
yilda otilgan.
Shimoliy Amerikada joylashgan mashhur vulqonlarga quyidagilar kiradi: 
Katmay — Aleut tizmasining shimoliy qismidagi harakatdagi vulqon. 
Alyaska yarimorolida. Balandligi 2047 m. Andezit va dastitlardan tuzilgan. 1912- 
yil 6-iyunda portlash xarakteridagi kuchli otilish ro’y bergan; krateri o’rnida 
diametri 1,5 km, chuqurligi 1200 m bo’lgan ko’lli vulqon og`zi hosil bo’lgan. 
So’nggi marta 1921 yilda otilgan. Katmay milliy parki tarkibida. 
Kolima — Meksikaning g`arbiy qismidagi vulqon (Xalisko shtatida), 
Vulqonli Serra tog`larida, Tinch okean qirg`og`idan 80 km uzoqlikda joylashgan. 
Ikkita konussimon cho’qqidan iborat: yilning ko’p vaqti qor bilan qoplangan. Biri
Nevada-de-Kolima so’ngan vulqoni (bal. 4265 m) va ikkinchisi harakatdagi 
Kolima yoki Volkan-de-Fuego-de- Kolima vulqoni («Olovli vulqon») deb ataladi. 
Balandligi 3846 m bo’lib, Meksika Vezuviyi deb ham ataladi. Andezit va 
dastitlardan tuzilgan. 
Orisaba yoki Sitlaltepetl — Meksikadagi harakatdagi vulqon, Meksika 
tog`ligining janubi-sharqiy chekkasida joylashgan. Balandligi 5700 m bo’lib 
mamlakatdagi eng baland cho’qqidir. Andezit va bazalt jinslardan tuzilgan. 1545, 
1566, 1630, 1687-yillarda kuchli otilgan.
Popokatepetl — Meksikaning janubiy qismidagi so’nmagan vulqon, 
Ko’ndalang Vulqonli Serra toglarida joylashgan. Bazalt va andezitlardan tuzilgan
balandligi 5452 m. Doim tutun burqirab turadi. 16—17-asrlarda tez-tez otilib 
turgan. Cho’qqilarida doimiy qor va muzliklar bor.


52 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin